Reyimov Azimbay Fayzullaevichning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon 

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «To‘qimachilik materiallari uchun kollagenning olinishi va uning fizik-kimyoviy xossalari», 02.00.06 – Yuqori molekulyar birikmalar (kimyo fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.3.PhD/K419.
Ilmiy rahbar: Abdusamatova Dilfuza Ozotovna, kimyo fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent to‘qimachilik va engil sanoat instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Chirchiq davlat pedagogika universiteti, DSc.03/30.09.2020.K.82.02.
Rasmiy opponentlar: Adilov Ravshan Irkinovich, texnika fanlari doktori, professor; Vaxidova Noira Raximovna, kimyo fanlari doktori, katta ilmiy xodim. 
Yetakchi tashkilot: Bioorganik kimyo instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: kollagenni xom teridan ajratib olish reaksiyalarini, sharoitlarini, muhim fizik-kimyoviy xossalarini va to‘qimachilik materiallari bilan adsorbsion va adgezion ta’sirlashuvini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
oshlanmagan qoramol terisi chiqindilarini suyultirilgan ishqor eritmasi bilan qisman gidroliz qilish orqali 6-14%-li kollagen saqlovchi eritma tayyorlashning konsentratsiya-vaqt-temperatura rejimlari aniqlangan;
kollagen eritmasini elektrolitlardan tozalash maqsadida qo‘llanilgan dializ membranasining tabiati, dializ vaqti va takroriyligi aniqlangan, jarayonning tugallanganlik darajasini eritma zichligi, sindirish ko‘rsatkichi, qovushqoqligi, konsentratsiyasi, solishtirma elektr o‘tkazuvchanligi orqali aniqlash usuli ishlab chiqilgan;
kollagen eritmasining paxta, tabiiy ipak, lavsan va aralash paxta-lavsan matolariga sorbsiyasining kinetikasi psevdo-ikkinchi tartibli model bo‘yicha Freyndlixning polimolekulyar adsorbsion nazariyasiga bo‘ysunishligi aniqlangan;
jarayonning termodinamik parametrlari asosida tabiiy tolalar bilan kollagenning molekulalararo kompleksi hosil bo‘lishligi, lavsan tolasiga kollagenning fizik adsorbsiya bo‘lishligi aniqlangan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Kollagen saqlovchi eritmani olish, fizik-kimyoviy va amaliy xossalarini aniqlash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
paxta iplarini oxorlash usulini ishlab chiqishga O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligining foydali modelga patenti olingan (FAP 01391, 2019 y). Natijada, usulning qo‘llanilishi to‘qish sifatini yaxshilash imkonini bergan;
yigirish jarayonida paxta tolalarini emul`siyalash uchun kollagen saqlovchi kompozisiya “Ro‘zmatjon ota”  MChJ korxonasida paxta kalavasini ishlab chiqarish jarayonida joriy etilgan (“O‘zto‘qimachiliksanoat” Uyushmasining 2022 yil 12 sentyabrdagi 03/25-2643-son ma’lumotnomasi). Natijada, yigirilgan iplardagi notekislikni 0,56% ga, ingichka joylarini 39% ga, qalin joylarini 26% ga, nepslar sonini 27,7% ga kamaytirish, iplarning uzilish kuchini 3,5 cN ga, solishtirma uzilish kuchini 0,15 cN ga, uzilishdagi uzayishni 11% ga, uzilish ishini 6,5% ga orttirish imkonini bergan;
teri mahsulotlarining chiqindisidan tayyorlangan kollagen asosidagi kompozisiya bilan tanda iplarini oxorlash usuli “Urganch Baxmal” MChJ korxonasida joriy etilgan (“O‘zto‘qimachiliksanoat” Uyushmasining 2022 yil 12 sentyabrdagi 03/25-2643-son ma’lumotnomasi). Natijada, to‘qish jarayonida uzilishlarni kamaytirish va qayishqoqligini oshirish, oxor pardasini sinib to‘kilib ketmaslik, kompozisiya tannarxini kamaytirish imkonini bergan. 

Yangiliklarga obuna bo‘lish