Kuldashov G‘olibjon Obbozjonovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Paxta xomashyosini g‘aramlarda saqlashni nazorat qilish va boshqarishning avtomatlashtirilgan tizimi” 05.02.03 - Texnologik mashinalar. Robotlar. Mexatronika va robototexnik tizimlar.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/T2865.
Ilmiy rahbar: Daliev Xojakbar Sultanovich, fizika-matematika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent shaxridagi “MEI” milliy tadqiqot universiteti federal davlat byudjeti oliy ta’lim muassasasining filiali, Namangan muhandislik-texnologiya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Namangan muhandislik-texnologiya instituti PhD.03/30.12.2019.T.66.01.
Rasmiy opponentlar: Djuraev Anvar Djuraevich, texnika fanlari doktori, professor; Mo‘minov Mansurbek Raximovich, texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), katta ilmiy xodim.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston tabiiy tolalar ilmiy tadqiqot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi TRACE MODE dasturiy paketi va TRM138 universial sakkiz kanalli o‘lchash - boshqarish qurilmasi asosida paxta xomashyosini g‘aramlarda saqlashni nazorat qilish va boshqarishning avtomatlashtirilgan tizimini ishlab chiqishdan iboratdir.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
g‘aramlardagi quruq va nam paxtaning IQ nurlanish oqimlari farqini taqqoslash va paxtaning o‘zining issiqlik nurlanish oqimini o‘lchashga asoslangan namlik va haroratni nazorat qiluvchi samarador optoelektron usullari aniqlangan;
yuqori aniqlikga ega raqamli infraqizil namlik o‘lchagich orqali paxta xomashyosi g‘aramini nazorat qilish, o‘lchov ma’lumotlarini monitoring tizimining WEB Server orqali ma’lumotlar bazasiga (Data Base) uzatish va paxta xomashyosi sifati saqlash va o‘z-o‘zidan qizishni oldini olish tizimi ishlab chiqilgan;
namligi 11,0 % gacha bo‘lgan I-II nav, namligi 13,0 % gacha bo‘lgan past navli paxtani uzoq vaqt saqlashda, harorati 35 0S dan yuqori bo‘lganda g‘aramdagi tunnellar orqali issiq havoni chiqarib tashlab sovutishning avtomatlashtirilgan tizimi ishlab chiqilgan;
TRACE MODE dasturiy paketi va TRM138 universial sakkiz kanalli o‘lchash-boshqarish qurilmasi asosida paxta g‘aramlarida xomashyoning haroratini ortib ketishini oldini olish, saqlashda haroratni monitoring qilish va vaqt bo‘yicha arxivlash tizimi ishlab chiqilgan;
paxta xomashyosining o‘z-o‘zidan qizib ketishini oldini olishda tunellarga o‘rnatilgan issiq havoni so‘ruvchi qurilmaning 273 millimetrli metall quvurining yon va tunelning orqa tomonlarini to‘suvchi mexatron qurilma ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Paxta xomashyosini g‘aramlarda saqlashni nazorat qilish va boshqarishning avtomatlashtirilgan tizimi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
g‘aramlardagi paxtaning harorati va namligini nazorat qiluvchi infraqizil o‘lchagichlar hamda favqulotda vaziyatlarni bartaraf etuvchi avtomatik tizim Andijon viloyati «KHANTEX GROUP» ma’suliyati cheklangan jamiyatiga qarashli «KHANTEX COTTON» ma’suliyati cheklangan jamiyati paxta tozalash korxonalarida ishlab chiqarishga joriy etilgan (O‘zbekiston paxta – to‘qimachilik klasterlari uyushmasi № 02/35-523, 31. 08. 2022 yil ma’lumotnomasi). Natijada paxta g‘aramlarda vaqtinchalik saqlanuvchi paxta xomashyosini qizib ketishini o‘z vaqtida nazorat qilish hisobiga tolalalarni birlamchi sifat ko‘rsatkichlarini saqlab qolish imkoniyatini bergan.
VA 5-035 “Zaryadlangan zarralar oqimi detektorini tadqiq etish va uning asosida er silkinishini bashorat qilish uchun o‘lchov axborot kompleksini yaratish” (2017-2018) mavzusidagi loyihada haroratni nazorat qilishning optoelektron usulidan foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalar va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vazirligi 33-8/3518. 08. 06. 2022 yil ma’lumotnomasi). Natijada foydalanish yuqori aniqlikga ega bo‘lgan infraqizil o‘lchagichlar asosida o‘lchov axborot kompleksini yaratish imkonini bergan.