Begimov O‘ktam Ibrogimovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Gidroinshootlardagi kavitatsiya va pul`satsiya jarayonlarning shakllanishini modellashtirish va gidroinshoot turg‘unligiga ta’sirini baholash», 05.01.07 – Matematik modellash. Sonli usullar va dasturlar majmui (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.4.PhD/T1946
Ilmiy rahbarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Xudaykulov Savet Ishonkulovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent axborot texnologiyalari universiteti, DSc.13/30.12.2019.T.07.01.
Rasmiy opponentlarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni:
Aripov Mirsaid Mirsidikovich, fizika-matematika fanlari doktori, professor;
Xujaev Ismatulla Kushaevich texnika fanlari doktori, professor, bosh ilmiy xodim.
Yetakchi tashkilot nomi: “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” milliy tadqiqot universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: suv omborlari suv chiqarish quvurlarida vujudga keladigan kavitatsiya jarayonlarining matematik modellari, ularning sonli usullari va hisoblash algoritmlarini ishlab chiqish, shu bilan birga hisoblash tajribalari sonli natijalarini vizual formada ikki o‘lchovli (2D) grafiklarda taqdim etishning dasturiy majmuasini yaratish.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
suv omborlarining suv chiqarish quvurlarida kavitatsiya jarayonlari paydo bo‘lishining matematik modeli ishlab chiqilgan va zaruriy kinematik va dinamik shartlar shakllantirilgan;
kavitatsion pufakcha konfiguratsiyasining bir qismi berilgan hol uchun gidrodinamikaning to‘g‘ri masalasi va konfiguratsiyaning shakli aniq bo‘lmagan qismi uchun bosim berilganida teskari masala shakllantirilgan va uni echish algoritmi ishlab chiqilgan;
kavitatsiyaning oldini olib, statsionar oqim tashkil etish uchun kavitator oldiga qo‘shimcha kiritiladigan havo tezligi bilan oqim tezligi orasida munosabatlar olingan va bunda havoning zaruriy sarfi va hosil bo‘luvchi kuch baholangan;
oqimdagi kavitatsion buzilishlar natijasida gidrotexnik inshoot turg‘unligiga ta’sirini aniqlash algoritmlari yaratilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: Bir va ikki fazali oqimlarda kavitatsiya hosil bo‘lishining matematik modellari, ular asosida gidrotexnik inshootlar turg‘unligini baholash masalalarning echimlarini qurish usullari quyidagi ob’ektlarga joriy etildi:
suv ombori suv chiqarish quvurlarida kavitatsiyaning paydo bo‘lishi va inshoot xavfsizligini ta’minlash modeli, «Gidrotexnik inshootlardagi oqimlarda kavitatsiya jarayonining rivojlanishi dinamikasini modellashtirish» hisoblash algoritmi va “Gidroinshootlardagi kavitatsiya jarayonlarining shakllanishini modellashtirish va gidroinshoot turg‘unligiga ta’sirini baholash” bo‘yicha tavsiyalar Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti va Pachkamar suv omboridan foydalanish boshqarmasiga taqdim etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligining 2021yil 1 martdagi №04/20–702 sonli ma’lumotnomasi). Natijada taklif etilgan matematik modellashtirish usuli asosida Pachkamar suv omborining suv tashlash tizimi quvurlarida kavitatsiya jarayonining boshlanish vaqti hamda davomiyligini aniqlash usullarini ishlab chiqish imkoniyati yaratilgan;
ko‘p fazali o‘zaro kirishuvchan va ta’sirlanuvchan suyuqliklar modeli va «Gidroinshootlardagi kavitatsiya va pul`satsiya jarayonlarining shakllanishini modellashtirish va gidroinshoot turg‘unligiga ta’sirini baholash dinamikasini modellashtirish» hisoblash algoritmi va dasturiy majmua Pachkamar suv omboridan foydalanish boshqarmasi tomonidan amaliyotga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunisayalarini rivojlantirish vazirligining 2021 yil 27 apreldagi №33-8/2961-sonli ma’lumotnomasi). Natijada nasos stansiyasidagi gidravlik zarbaning vujudga kelishi va uning kavitatsiyaga bog‘liqligini hisoblash usuli yaratilgan, oqim energiyasi o‘zgarishi qonuniyati ifodalangan, aralashmalar oqimidagi massa va energiya o‘zgarishi qonuniyatlari aniqlangan, suv omborlari quvurlarida kavitatsiya jarayonining hosil bo‘lishini hisoblash usullarini ishlab chiqish imkoniyati yaratgan.