To‘raev Quvonchbek Tagirovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «O‘zbekistonda diniy turizmni rivojlantirishning ijtimoiy-geografik asoslari», 11.00.02 - Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya (geografiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.2.PhD/Gr65.
Ilmiy rahbar: Qurbonov Shuxrat Bekmetovich, geografiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Termiz davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat universiteti, PhD.03/30.12.2021.Gr.02.07.
Rasmiy opponentlar: Turdimambetov Izimbet Raxmetovich, geografiya fanlari doktori; Mahmudov Muhammadicmoil Muxitdinovich, geografiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Namangan davlat universiteti. 
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: O‘zbekistonda diniy turizmni rivojlantirishning ijtimoiy geografik asoslarini ishlab chiqish va respublika hududlaridagi turizmning mazkur yo‘nalishini rivojlantirish imkoniyatlardan oqilona foydalanish bo‘yicha ilmiy taklif va tavsiyalarni ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
turizm turlarining ko‘p mezonli (maqsadi, ob’ekti, davomiyligi, mavsumiyligi, ijtimoiy maqomi va boshqa belgilarga ko‘ra) klassifikatsiyasi taklif qilingan, diniy va ziyorat turizmining undagi o‘rni va ularning o‘zaro munosabatlari aniqlangan; 
O‘zbekistondagi diniy turistik ob’ektlarning ko‘p pog‘onali (ijtimoiy-madaniy va ijtimoiy-tabiiy yo‘nalishlardagi) klassifikatsiyasi ishlab chiqilgan;
O‘zbekistonning 6 ta asosiy iqtisodiy rayoni (Toshkent, Farg‘ona, Mirzacho‘l, Zarafshon, Janubiy va Quyi Amudaryo) kesimida ichki ziyorat turizmi hamda respublikamiz va qo‘shni davlatlar hududini qamrab oladigan transchegaraviy ziyorat turizmi xalqa marshrutlari, ularning namunaviy dasturlari ko‘p variantli (boshlang‘ich punktlari bo‘yicha) ko‘rinishda ishlab chiqilgan va tegishli mazmundagi turkum xaritalari yaratilgan;
diniy turistik ob’ektlar joylashgan aholi punktlarining ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi va aholi bandligiga ziyorat turizmining zanjirsimon ta’siri hamda uni belgilab beruvchi ijtimoiy geografik omillar (transport geografik o‘rin, yirik shaharlarga yaqinligi, boshqa turistik ob’ektlar bilan birikishi, hududning aholi soni va zichligi) nazariy jihatdan asoslangan;
O‘zbekiston va xorijiy davlatlarda yashovchi o‘zga din (islomdan tashqari, xususan, Rus pravoslav cherkovi, buddizm, yahudiylik) vakillari uchun respublika hududidagi diniy turistik resurslar aniqlangan va “O‘zbekiston diniy bag‘rikenglik makoni” turistik brendi ostida tegishli diniy turistik marshrutlar ishlab chiqilgan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
O‘zbekistonda diniy turizmni rivojlantirishning ijtimoiy geografik asoslarini ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
taklif qilingan turizm turlarining ko‘p mezonli (maqsadi, ob’ekti, davomiyligi, mavsumiyligi, ijtimoiy maqomi va boshqa belgilarga ko‘ra) klassifikatsiyasi, diniy va ziyorat turizmi turlarning undagi o‘rni va ularning o‘zaro munosabatlarini aniqlashtirish yuzasidan olingan xulosalarO‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbekiston Islom sivilizatsiyasi markazi amaliyotiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazining 2021 yil 11 sentyabrdagi №740/21-son ma’lumotnomasi). Natijada, turizm atamashunosligi yo‘nalishida turizm turlari va yo‘nalishlari, turizm ob’ektlari va ziyorat turlarini maqsadga ko‘ra tasniflash imkonini bergan;
iqtisodiy rayonlar kesimida ko‘p variantli ko‘rinishda ishlab chiqilgan ichki ziyorat turizmi xalqa marshrutlari va ularning namunaviy dasturlari O‘zbekiston Respublikasi Turizm va sport vazirligi amaliyotida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Turizm va sport vazirligining 2021 yil 30 sentyabrdagi 3-17-02/7381-son ma’lumotnomasi). Natijada, ziyorat sayohatlarini tashkil etish bilan shug‘ullanuvchi turoperatorlar faoliyatini rivojlantirishga, joylarda yangi ziyorat turizmi marshrutlarini yo‘lga qo‘yish imkoniyatlari yaratilgan;
respublikamiz va qo‘shni davlatlar hududini qamrab oladigan transchegaraviy ziyorat turizmi xalqa marshrutlari, ularning namunaviy dasturlaridan O‘zbekiston Respublikasi Turizm va sport vazirligi amaliyotida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Turizm va sport vazirligining 2021 yil 30 sentyabrdagi 03-17-02/7381-son ma’lumotnomasi). Natijada, xalqaro turizm yo‘nalishida ishlayotgan turoperatorlar faoliyatini Markaziy Osiyo davlatlari bo‘ylab o‘tgan ziyorat turizmi marshrutlari hisobiga yanada diversifikatsiyalash imkonini bergan;
diniy turistik ob’ektlar joylashgan aholi punktlarining ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi va aholi bandligiga ziyorat turizmining zanjirsimon ta’siri va uni belgilab beruvchi ijtimoiy geografik omillar (transport geografik o‘rin, yirik shaharlarga yaqinligi, boshqa turistik ob’ektlar bilan birikishi, hududning aholi soni va zichligi)ga oid nazariy xulosalardan Surxondaryo viloyatidagi “Alouddin Attor”, “Mavlono Muhammad Zohid”, Qashqadaryo viloyatidagi “Darvesh Muhammad Vaxshivoriy” ziyoratgohlar atrofidagi hududlarda ziyoratchilarga xizmat ko‘rsatish shahobchalari hududiy majmualarini tashkil etishni rejalashtirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Turizm va sport vazirligining 2021 yil 30 sentyabrdagi 03-17-02/7381-son ma’lumotnomasi). Natijada, mahalliy aholining bandligi va ijtimoiy-iqtisodiy farovonligini oshirishga amaliy imkoniyatlar yaratilgan;
O‘zbekiston va xorijiy davlatlarda yashovchi o‘zga din (islomdan tashqari, xususan, Rus pravoslav cherkovi, buddizm, yahudiylik) vakillari uchun respublika hududida tadqiqotchi tomonidan aniqlangan diniy turistik resurslar asosida ishlab chiqilgan “O‘zbekiston diniy bag‘rikenglik makoni” turistik brendi ostidagi diniy turistik marshrutlar O‘zbekiston Respublikasi Turizm va sport vazirligi amaliyotiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Turizm va sport vazirligining 2021 yil 30 sentyabrdagi 03-17-02/7381-son ma’lumotnomasi). Natijada, respublikada yangi “O‘zbekiston diniy bag‘rikenglik makoni” turistik brendi ostidagi diniy turistik marshrutlarini shakllantirishga imkoniyat yaratilgan. 

Yangiliklarga obuna bo‘lish