Baltabaev Omirbay Oserbaevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Qoraqalpog‘iston Respublikasi oykonimlarining ijtimoiy-geografik tahlili», 11.00.02 - Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya (geografiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1.PhD/Gr181.
Ilmiy rahbar: Turdimambetov Izimbet Raxmetovich, geografiya fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Nukus davlat pedagogika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat universiteti, PhD.03/30.12.2021.Gr.02.07.
Rasmiy opponentlar: Urazbaev Abdukarim Kendirbaevich, geografiya fanlari doktori, dotsent; Xakimov Ko‘chqor Maxkamovich, geografiya fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Namangan davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Qoraqalpog‘iston Respublikasi oykonimiyasining turli mezonlar bo‘yicha hududiy tabaqalanish qonuniyatlari va ularga ta’sir qilgan ijtimoiy-geografik omillarni aniqlash asosida uni rayonlashtirish hamda respublika oykonimlari orasidan alohida tarixiy-madaniy ahamiyatga ega bo‘lgan toponimik meros ob’ektlarini ajratib olishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
hududiy oykonimik tizimlari tarkibi (strukturasi)ning yo‘nalishlari (spektral-stratigrafik, leksik-semantik, so‘z yasalishi bo‘yicha, xronologik, integral (hududiy)) va ularga ta’sir etuvchi ijtimoiy-geografik omillar majmui nazariy jihatdan asoslangan;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va uning tarkibidagi ma’muriy-hududiy birliklari oykonimiyasi (jami 1151 ta joy nomi)ning spektral-stratigrafik (til), leksik-semantik (mazmuniy) va so‘z yasalishi bo‘yicha (topoterminologik) tarkibi miqdoriy jihatdan aniqlanib, bu boradagi hududiy tafovutlar va ularga ta’sir ko‘rsatgan ijtimoiy-geografik omillar aniqlangan;
ilk bor Qoraqalpog‘iston oykonimiyasi til, leksik-semantik hamda topoterminologik tarkibidagi ichki tafovutlarining kompleks tahlili asosida respublikaning ikki pog‘onali (2 ta rayon va 7 ta kichik rayon) oykonimik rayonlashtirish sxemasi ishlab chiqilgan;
Qoraqalpog‘iston oykonimlari shakllanish davridan kelib chiqqan holda 3 ta xronologik qatlamga (sovet davridan oldin (jumladan, Mustaqillik yillarida qayta tiklangan), sovet davrida va Mustaqillik yillarida shakllangan) ajratilgan hamda shu asosda respublika va uning tarkibidagi tumanlar oykonimiyasining tarixiy turg‘unligi baholangan;
«toponimik meros» tushunchasining mohiyati va uning elementlarini belgilash mezonlari (joy nomlarining tarixiyligi, ramziyligi va tarixiy-madaniy qadriyati bilan bog‘liq jami 9 ta mezon) ishlab chiqilgan va shu asosda Qoraqalpog‘iston Respublikasining toponimik merosi ob’ektlari tariqasida tan olishga tavsiya etilayotgan oykonimlarning ma’muriy-hududiy birliklar kesimidagi reestri shakllantirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi oykonimlarining kompleks ijtimoiy-geografik tahlili bo‘yicha olingan natijalar asosida:
nazariy jihatdan asoslangan hududiy oykonimik tizimlari tarkibi (strukturasi)ning yo‘nalishlari (spektral-stratigrafik, leksik-semantik, so‘z yasalishi bo‘yicha, xronologik, integral (hududiy)) va ularga ta’sir etuvchi ijtimoiy-geografik omillar majmui Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi huzuridagi Davlat tilini rivojlantirish departamenti amaliyotida ma’muriy-hududiy birliklar bo‘yicha aholi punktlari nomlari yagona reestrining shaklini takomillashtirishda foydalanilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashining 2022 yil 29 avgustdagi 11-06/5-08/642-son ma’lumotnomasi). Natijada, reestrga kiritiladigan ma’lumotlarning tizimliligi va axborotliligini oshirish imkonini bergan;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va uning tarkibidagi ma’muriy-hududiy birliklari oykonimiyasi (jami 1151 ta joy nomi)ning spektral-stratigrafik (til), leksik-semantik (mazmuniy) va so‘z yasalishi bo‘yicha (topoterminologik) tarkibining miqdoriy tahlili orqali aniqlangan hududiy tafovutlar va ularga ta’sir ko‘rsatgan ijtimoiy-geografik omillardan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi huzuridagi Davlat tilini rivojlantirish departamenti amaliyotida foydalanilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashining 2022 yil 29 avgustdagi 11-06/5-08/642-son ma’lumotnomasi). Natijada, respublika oykonimlarining turli tillar va semantik tiplarga mansub guruhlari hamda toponimik terminlarning tarqalish areallarini aniqlashtirish va ilmiy jihatdan izohlashga imkon bergan;
Qoraqalpog‘iston oykonimiyasi til, leksik-semantik hamda topoterminologik tarkibidagi ichki tafovutlarining kompleks tahlili asosidagi respublikaning ikki pog‘onali (2 ta rayon va 7 ta kichik rayon) oykonimik rayonlashtirish sxemasidan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi huzuridagi Davlat tilini rivojlantirish departamenti amaliyotida qo‘llanilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashining 2022 yil 29 avgustdagi 11-06/5-08/642-son ma’lumotnomasi). Natijada, respublikaning turli tumanlarida aholi punktlari nomlarini o‘zgartirish va qayta tiklash jarayonini tizimli asosda olib borish imkoni oshirilgan;
tumanlar oykonimiyasining tarixiy turg‘unligiga oid xulosalar Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi huzuridagi Davlat tilini rivojlantirish departamenti amaliyotiga joriy etilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashining 2022 yil 29 avgustdagi 11-06/5-08/642-son ma’lumotnomasi). Natijada, aholi punktlarini qayta nomlashda hududlarning tarixiy-geografik xususiyatlarini saqlash va yanada yaqqol aks ettirish imkonini bergan;
ishlab chiqilgan «toponimik meros» tushunchasi va uning elementlarini belgilash mezonlari (joy nomlarining tarixiyligi, ramziyligi va tarixiy-madaniy qadriyati bilan bog‘liq jami 9 ta mezon) va shu asosda shakllantirilgan Qoraqalpog‘iston Respublikasining toponimik merosi ob’ektlari tariqasida tan olishga tavsiya etilayotgan oykonimlarning ma’muriy-hududiy birliklar kesimidan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi huzuridagi Davlat tilini rivojlantirish departamenti amaliyotida foydalanilgan respublikadagi chuqur tarixiy ildizlarga ega bo‘lgan joy nomlarini muhofaza qilishga qaratilgan chora-tadbirlarni ishlab chiqishda foydalanilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashining 2022 yil 29 avgustdagi 11-06/5-08/642-son ma’lumotnomasi). Natijada, Qoraqalpog‘iston Respublikasi nomoddiy madaniy merosining ajralmas elementlari hisoblanadigan toponimlar muhofazasining samaradorligini oshirish imkonini bergan.