Mirashirova Nargiza Anvarovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Ijtimoiy psixologik portret talaba-psixolog kasbiy kamolotini belgilovchi omil sifatida», 19.00.05 – Ijtimoiy psixologiya. Etnopsixologiya (psixologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.4.PhD/P217.
Ilmiy raxbar: Safaev Nuriddin Salixovich, psixologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat pedagogika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat pedagogika universiteti, PhD.03/30.12.2021.P.26.02.
Rasmiy opponentlar: Umarov Baxriddin Mingboevich, psixologiya fanlar doktori, professor; Lutfullaeva Nigora Xalimbaevna, fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi psixolog ijtimoiy-psixologik portretining talaba-psixolog kasbiy shakllanishidagi ahamiyatini ochib berish asosida yetakchi omillarni aniqlash va ularni tavsiflovchi ijtimoiy-psixologik portret xaritasini shakllantirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
talaba-psixologlar ijtimoiy-psixologik portretining kasbiy shakllanishida ijtimoiy-psixologik munosabatlarni belgilovchi kasbiy muhim sifatlarni autent baholashning differensial namoyon bo‘lishi orqali rasmiy-dinamik va shaxs xususiyatlari bilan bog‘liq ijtimoiy komponentlar asoslangan;
«talaba-psixolog»ning (») ijtimoiy profilini shakllantirishda kommunikativ, intellektual, emotsional va shaxsning tartibga soluvchi xususiyatlarini o‘zaro integrativ namoyon bo‘lishi muhimligiga ko‘ra talaba-psixologlarning ijtimoiy-psixologik portretini xarakterlavchi omillarning ustuvor ta’siri dalillangan;
talaba-psixologlar ijtimoiy-psixologik portretining tarkibiy tuzilmalarini kasbiy kamolotni belgilashda ifodalanishiga ko‘ra kasbiy tasavvurlarni qadriyatlar tizimi hamda shaxs yo‘nalganligi (o‘ziga, muloqot, faoliyat) bilan uyg‘un rivojlanganligi tufayli «Men» va ijtimoiy munosabatlar mutanosibligini ta’minlash yetakchi omil ekanligi asoslangan;
talaba kasbiy tasavvurlarining shakllanganlik darajasini shaxs profilida ifodalanishiga ko‘ra ijtimoiy-psixologik portretning psixologlarda kasbiy o‘zlikni anglashni motivasion soha bilan o‘zaro adaptiv rivojlanishi orqali «Talaba-psixologlar ijtimoiy-psixologik portreti xaritasi» ishlab chiqish zarurati dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Ijtimoiy psixologik portret talaba-psixolog kasbiy kamolotni belgilovchi omillari yuzasidan olingan ilmiy tadqiqot natijalari asosida:
talaba-psixologlar ijtimoiy-psixologik portretining kasbiy shakllanishida ijtimoiy-psixologik munosabatlarni belgilovchi kasbiy muhim sifatlarni autent baholashning differensial namoyon bo‘lishi orqali rasmiy-dinamik va shaxs xususiyatlari bilan bog‘liq ijtimoiy komponentlarni asoslashga oid tavsiyalar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv ilmiy markazining 2020 yil 26 avgustdagi PM-9-son buyrug‘i asosida «Konsul`tativ psixologiya va psixokorreksiya» moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv ilmiy markazining 2020 yil 26 avgustdagi PM-9-son ma’lumotnomasi). Natijada psixolog-talabalarda psixolog kasbining muhim jihatlarini egallashlari va ijtimoiy psixologik muhit haqida bilim, tushunchalarining ortishiga erishilgan;
«talaba-psixolog»ning (») ijtimoiy profilini shakllantirishda kommunikativ, intellektual, emotsional va shaxsning tartibga soluvchi xususiyatlarini o‘zaro integrativ namoyon bo‘lishi muhimligiga ko‘ra talaba-psixologlarning ijtimoiy-psixologik portretini xarakterlovchi omillarning ustuvor ta’siri dalillanganligini asoslashga oid tavsiyalar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv ilmiy markazining 2020 yil 26 avgustdagi PM-9-son buyrug‘i asosida «Umumiy psixodiagnostika» moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv ilmiy markazining 2020 yil 26 avgustdagi PM-9-son ma’lumotnomasi). Natijada, psixologlarning shaxsni psixologik profilini tahlil va talqin qilishi bo‘yicha uslubiy ta’minoti shakllantirilgan;
talaba-psixologlar ijtimoiy-psixologik portretining tarkibiy tuzilmalarini kasbiy kamolotni belgilashda ifodalanishiga ko‘ra kasbiy tasavvurlarni qadriyatlar tizimi hamda shaxs yo‘nalganligi (o‘ziga, muloqot, faoliyat) bilan uyg‘un rivojlanganligi tufayli «Men» va ijtimoiy munosabatlar mutanosibligini ta’minlash yetakchi omil eknligini asoslashga oid tavsiyalar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv ilmiy markazining 2020 yil 26 avgustdagi PM-9-son buyrug‘i asosida «Umumiy psixologiya» moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv ilmiy markazining 2020 yil 26 avgustdagi PM-9-son ma’lumotnomasi). Natijada, psixologlarni qayta tayyorlash kursi ishlarida ijtimoiy-psixologik portretini tuzish hamda baholash bo‘yicha faoliyatlari samaradorligini oshirishga yordam berilgan;
talaba kasbiy tasavvurlarining shakllanganlik darajasini shaxs profilida ifodalanishiga ko‘ra ijtimoiy-psixologik portretning psixologlarda kasbiy o‘zlikni anglashni motivasion soha bilan o‘zaro adaptiv rivojlanishi orqali «Talaba-psixologlar ijtimoiy-psixologik portreti xaritasi» ishlab chiqish zarurati dalillangan ma’lumotlar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv ilmiy markazining 2020 yil 26 avgustdagi PM-9-son buyrug‘i asosida «Ontogenez psixologiyasi va differensial psixologiya» moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv ilmiy markazining 2020 yil 26 avgustdagi PM-9-son ma’lumotnomasi). Natijada, kurs tinglovchilarining ijtimoiy-psixologik portretning komponentlarini mazmunini tahlil qilish bilan bog‘liq faoliyat samaradorligi oshirilgan.