Bekova Nodira Baxodirovnaning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Sinnarizin, amlodipin va diltiazemning aseptik yallig‘lanish kechishiga ta’sirini qiyosiy o‘rganish», 14.00.17 – Farmakologiya va klinik farmakologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.2.PhD/Tib1363.
Ilmiy rahbar: Shukurlaev Qodir Shukurlaevich, tibbiyot fanlari doktori, dotsent. 
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent tibbiyot akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent tibbiyot akademiyasi, DSc.04/30.12.2019.Tib.30.02.
Rasmiy opponentlar: Karimov Mirvosit Mirvosiqovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Fayzieva Ziyoda Turaevna, tibbiyot fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Toshkent pediatriya  tibbiyot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi  kal`siy  kanallari blokatorlarini laboratoriya hayvonlarida o‘tkazilgan eksperimentda yallig‘lanish jarayonining kechishiga ta’sirini baholashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor kalsiy  kanallari blokatorlarini bir marta va takroriy qo‘llanilganda ularning antiflogogen faolligi nosteroid yallig‘lanishga qarshi preparat bilan qiyosiy aniqlangan;
yallig‘lanishning proliferativ bosqichida kalsiy kanallari blokatorlarini yallig‘lanish o‘chog‘idagi fiziologik faol moddalarga ta`siri aniqlangan;
kalsiy kanallari blokatorlarini ad’yuvant bilan chaqirilgan artritni profilaktikasi va davolashdagi samaradorligi aniqlangan;
ilk bor kalsiy kanallari blokatorlarini surunkali yallig‘lanish rivojlanishidagi patogenetik bo‘g‘inlarga ta’siri aniqlangan.    
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Kalsiy  kanallari blokatorlarini laboratoriya hayvonlarida o‘tkazilgan eksperimentda yallig‘lanish jarayonining kechishiga ta’sirini baholash natijalari asosida:  
eksperimentda yallig‘lanish jarayonlariga kalsiy  kanallari blokatorlarini ta’sirini baholash natijalari asosida ishlab chiqilgan “Kalsiy  kanallari blokatorlarini qo‘llanganda yallig‘lanishning ekssudativ va proliferativ fazalari kechishini o‘ziga xos xususiyatlari” nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 4 noyabrdagi 8p-z/1054-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma yallig‘lanish jarayonlarining patogenetik davo yondashuvini ishlab chiqishga imkon bergan; 
eksperimentda yallig‘lanish jarayonlariga kalsiy  kanallari blokatorlarini ta’sirini baholash bo‘yicha olingan tadqiqot natijalari Sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasining  Akademik S. Yu. Yunusov nomidagi O‘simlik moddalari kimyosi instituti va Toshkent tibbiyot akademiyasining Urganch filiali amaliyotiga tatbik  etilgan. (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yil 15 noyabrdagi 08-36003-son ma’lumotnomasi). Olingan ilmiy natijalar asosida yallig‘lanish jarayonlari negizida kalsiy  kanali blokatorlarini  samarali ko‘llash, ushbu dori vositalarini klinik sharoitlarda qo‘llashga imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish