Ravshanov Alisher Saydullaevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘zbekistonning zamonaviy irrigator kadrlar tayyorlash siyosatining ma’naviy-ma’rifiy tizimini takomillashtirish”, 09.00.09 – “Ma’naviy jarayonlar va texnologiyalar” (siyosiy fanlar).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1.PhD/Fa1709.
Ilmiy rahbar: Axmedov Xusniddin Aliqulovich, siyosiy fanlar doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Respublika Ma’naviyat va Ma’rifat Markazi huzuridagi ijtimoiy - ma’naviy tadqiqotlar instituti, DSc.03/30.06.2021.F.35.01.
Rasmiy opponentlar: To‘ychiev Berdiqul To‘raqulovich, falsafa fanlari doktori, professor; Gafurov Sarvarjon Mirzarasulovich, siyosiy fanlar doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat transport universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi hozirgi davrda zamonaviy irrigator kadrlar tayyorlash siyosatining mamlakatimizga xos tadriji va taraqqiyotining o‘ziga xosligi va uni hozirgi islohotlar davridagi ahamiyatini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
xalqaro va milliy tajribaning salohiyat, tafakkur, his tuyg‘u, kompetentlik, tezkor va o‘ziga xos fikrlash kabi kreativ sifatlarini rivojlantirish hamda birlashtiruvchi, etaklovchi va uyushtiruvchi singari konstruktiv tamoyillari ma’naviy barkamol irrigatorlar tayyorlash mexanizmini takomillashtirishning muhim omili ekanligi asoslangan;
etuk irrigator kadrlar tayyorlashda ma’naviy-ma’rifiy faoliyat samaradorligiga salbiy ta’sir etayotgan nigilizm, kosmopolitizm, ekzistensiya, prokrastinatsiya, “avlod sindromi” kabi muammolarni oldini olishda kasbiy o‘zini-o‘zi anglash, kasbiy rivojlanish, kasbiy mas’uliyatini oshirish uchun «kasbiy ma’naviyat», «kadrlarning kasbiy identikligi»ni takomillashtirish zaruriyati isbotlangan;
ma’naviy dunyoqarash va milliy qadriyatlarning simbiozlashuvi hamda tarixiy, ijtimoiy-amaliy manbalarning siyosiy asoslarini yaratilishi irrigator kadrlarda daxldorlik hissini shakllanishining muhim omili ekanligi ochib berilgan;
zamonaviy irrigator kadrlar tayyorlash jarayoni, uning mamlakatimizga xos tadriji, etuk kadr sifatida shakllanish va rivojlanishiga ta’sir etuvchi umumiy jihatlari, vujudga kelishi va takomil bosqichlari, ma’naviy-axloqiy qadriyatlarning o‘ziga xos xususiyatlari ijtimoiy-siyosiy nuqtai nazaridan ochib berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Bugungi kunda mamlakatimizda yangicha tafakkurga ega bo‘lgan zamonaviy irrigator kadrlar tayyorlash siyosatining ma’naviy-ma’rifiy tizimini takomillashtirishga oid ishlab chiqilgan ilmiy natijalar asosida:
etuk irrigator kadrlar tayyorlashda ma’naviy-ma’rifiy faoliyat samaradorligiga salbiy ta’sir etayotgan nigilizm, kosmopolitizm, ekzistensiya, prokrastinatsiya, “avlod sindromi” kabi muammolarni oldini olishda kasbiy o‘zini-o‘zi anglash, kasbiy rivojlanish, kasbiy mas’uliyatini oshirish uchun «kasbiy ma’naviyat», «kadrlarning kasbiy identikligi»ni takomillashtirish hamda mamlakatimiz ta’lim tizimiga xos ma’naviy-ma’rifiy omillarning yuksak malakali kadrlar tayyorlash jarayonidagi o‘rni va ahamiyati, jamiyatimiz taraqqiyotining yangi bosqichida etuk muhandis-irrigatorlar tayyorlashning ma’naviy-ma’rifiy tizimini yanada takomillashtirish bo‘yicha ilmiy asoslangan xulosalar, taklif va tavsiyalardan Madaniyat vazirligi huzuridagi Respublika madaniyat muassasalari faoliyatini tashkil etish ilmiy-metodik markazining «Milliy tarbiyaning zamonaviy ta’lim tizimi bilan uyg‘unlashuvi masalalari» mavzusidagi tadbirlarida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligining 2021 yil 30 martdagi 05-12-10-1707-son ma’lumotnomasi). Natijada, bu Markazning 2021 yilga mo‘ljallangan ish rejasiga binoan o‘tkaziladigan ma’naviy-ma’rifiy targ‘ibot tadbirlarining ma’ruza materiallarini tayyorlashga ham xizmat qilgan;
zamonaviy irrigator kadrlar tayyorlash jarayoni, uning mamlakatimizga xos tadriji, etuk kadr sifatida shakllanish va rivojlanishiga ta’sir etuvchi umumiy jihatlari, vujudga kelishi va takomil bosqichlari, ma’naviy-axloqiy qadriyatlarning o‘ziga xos xususiyatlariga oid ilmiy-amaliy taklif va tavsiyalardan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2020-2021 yillarda o‘tkazilgan targ‘ibot ishlarida, shuningdek, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi majlisining 2020 yil 3 martdagi 1-son bayonnomasining «Ilm, ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili» nomli 1-ilovasidagi ma’naviy-ma’rifiy ishlar natijadorligini oshirishga, aholining intellektual salohiyati va dunyoqarashini yuksaltirishga, mafkuraviy immunitetini mustahkamlashga doir chora-tadbirlar dasturining II.«Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar, qabul qilinayotgan qonun hujjatlarining mazmun va mohiyatini aholining keng qatlamlariga etkazishga qaratilgan targ‘ibot tadbirlari» nomli bo‘limida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda ham dissertatsiyada ilgari surilgan takliflar va tavsiyalardan foydalanilgan (Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2022 yil 15 iyundagi 02/02/1083-son dalolatnomasi). Natijada, targ‘ibot tadbirlari davomida aholining, ayniqsa, yoshlarning, ma’naviy-axloqiy va siyosiy-huquqiy dunyoqarashi yanada kengayishiga erishilgan;
xalqaro va milliy tajribaning salohiyat, tafakkur, his tuyg‘u, kompetentlik, tezkor va o‘ziga xos fikrlash kabi kreativ sifatlarini rivojlantirish hamda birlashtiruvchi, etaklovchi va uyushtiruvchi singari konstruktiv tamoyillari ma’naviy barkamol irrigatorlar tayyorlash mexanizmini takomillashtirishning muhim omillari hamda jamiyatimiz taraqqiyotining yangi bosqichida etuk muhandis-irrigatorlar tayyorlashning ma’naviy-ma’rifiy tizimini yanada takomillashtirishning samarali yo‘llari va imkoniyatlari to‘g‘risidagi ilmiy asoslangan xulosalar, takliflar va tavsiyalardan O‘zbekiston Milliy axborot agentligining muxbirlari «madaniyat», «ilm-fan», «siyosat», «jamiyat» ruknlari ostida berilgan bir qator axborot materiallarini tayyorlash va tahlil qilishda keng foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy axborot agentligining 2021 yil 30 martdagi 01-23/213-son ma’lumotnomasi). Natijada, mazkur ruknlarning sermazmun bo‘lishi va barchada ijobiy taassurot qolishini ta’minlashga xizmat qilgan;
ma’naviy dunyoqarash va milliy qadriyatlarning simbiozlashuvi, tarixiy, ijtimoiy-amaliy manbalarning siyosiy asoslarini yaratilishi irrigator kadrlarda daxldorlik hissini shakllanishining muhim omillari hamda mamlakatimiz ta’lim tizimiga xos ma’naviy-ma’rifiy omillarning yuksak malakali irrigator kadrlar tayyorlash jarayonidagi ahamiyati borasidagi tahliliy ma’lumotlardan, zamonaviy irrigator kadrlar tayyorlashning ma’naviy-ma’rifiy tizimining shakllanishiga doir ilmiy asoslangan xulosalardan O‘zbekiston Faylasuflari milliy jamiyati tomonidan 2020 yil 17 iyunda o‘tkazilgan «Yangi O‘zbekistonning ma’naviy taraqqiyot tamoyillarini amalga oshirish jarayonining dolzarb masalalari» mavzusidagi ilmiy-amaliy anjuman dasturini tayyorlash va ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Faylasuflari milliy jamiyatining 2021 yil 5 martdagi 11-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, anjuman materiallari OAKning dissertatsiyalarning asosiy natijalari chop etiladigan jurnallari qatoriga kiradigan «O‘zMU xabarlari» jurnalining 2019 yilgi maxsus sonida, «Falsafa va huquq» jurnalining 2020 yil 1-soni, 2020 yil 2-sonli sahifalarida chop etilib, bu o‘z navbatida, jurnallarning sermazmun bo‘lishi va amaliyot bilan bog‘liqligini yanada kuchaytirishga xizmat qilgan.