Kenenbaev Erkin Toylibaevichning
fan doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Noverbal aloqa vositalaridagi evolyusion o‘zgarishlar (ijtimoiy tarmoqlarining rus tilidagi versiyalari asosida)”, 10.00.11 - Til nazariyasi. Amaliy va kompyuter lingvistikasi (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.3.PhD/Fil1399.
Ilmiy rahbar: Kulmamatov Dusmamat Sattarovich, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasalar nomi, IK raqami: Namangan davlat universiteti, PhD.03/04.06. 2020.Fil.76.04.
Rasmiy opponentlar: Akbarova Zuxra Akmaljonovna, filologiya fanlari doktori, dotsent; Mengliev Baxtiyor Rajabovich, filologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat chet tillari instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi internet ijtimoiy tarmoqlarning rus tili versiyalaridagi verbal vositalarning boshqa milliy axborot almashinuvining verbal vositalar bilan mazmunan bog‘liqligini, nomutannosib o‘rinlarini va bir-biriga funksional jihatdan o‘zaro ta’sirini kommunikatsiyaning noverbal komponent belgilari orqali ochib berishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
internetning ijtimoiy tarmoqlarida va yozma kommunikatsiyaning boshqa sohalarida noverbal lisoniy aloqa ramziy belgilaridan foydalanish zaruratining ortishi, ularning ijtimoiy-ma’rifiy hayotda muhim ahamiyat kasb etishi asoslangan;
“kommunikatsiya” va “muloqot”, “verbal kommunikatsiya” va “noverbal kommunikatsiya” tushunchalarining terminologik aniqligini aks ettirishdagi asosiy tamoyillari, ularning ilmiy hamjamiyatda qabul qilingan jihatlardagi o‘zaro bog‘liqlik mazmuniy-tarkibiy zanjiri talqinlarining ilmiy-nazariy asoslari ochib berilgan;
kommunikatsiya noverbal va verbal vositalarining jadallik va asta-sekinlik, bosqichma bosqich – evolyusion rivojlanishi og‘zaki va yozma muloqotning dialektik birliklar hamda tarixiy retrospektiv (avvalgi mavjud va hozirgi yaratilgan) jarayonlar orqali asoslab berilgan;
og‘zaki bo‘lmagan kommunikatsiyaning noverbal komponent belgilarining paydo bo‘lishidagi tarixiy-etimologik va mazmuniy-motivatsion sabablari, internet va ijtimoiy tarmoqlarda keng foydalanish uchun konnotativ ma’no sifatida yagona dekodlashni o‘rnatish va kiritish uchun zamonaviy axborot-kommunikatsiya vositalarining potensiali aniqlangan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Internetning ijtimoiy tarmoqlari rus tilidagi versiyalarida ishlatiladigan kommunikatsiya noverbal komponentlar belgilarini verbal vositalari bilan o‘zaro munosabat, ta’siri va almashinishi nuqtai nazaridan qo‘llanilishi ilmiy tadqiqot natijalari bilan bog‘liq:
internetning ijtimoiy tarmoqlarida va yozma kommunikatsiyaning boshqa sohalarida noverbal lisoniy aloqa ramziy belgilaridan foydalanish zaruratining ortishi, ularning ijtimoiy-ma’rifiy hayotdagi o‘rni hamda ahamiyati zamonaviy elektron axborot-kommunikatsiya talablari asosidagi xulosa va olingan ilmiy natijalar O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida bajarilgan A-1-209 “Madaniyatlararo va kommunikativ yondashuv nigohida magistratura mutaxassisligi bo‘yicha nazariy fanlardan ingliz tilida darslik va o‘quv qo‘llanmalar yaratish va o‘zbekcha-inglizcha-ruscha lingvistik terminlar lug‘atini tuzish” nomli amaliy loyiha doirasida foydalanilgan (O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining 2022 yil 14 iyundagi 01/382-son ma’lumotnomasi). Tadqiqot natijalari ijtimoiy tarmoqlarda qo‘llaniladigan noverbal kommunikatsiya zamonaviy xalqaro terminlar bo‘yicha o‘quv-uslubiy majmua yaratishda xizmat qilgan;
“kommunikatsiya” va “muloqot”, “verbal kommunikatsiya” va “noverbal kommunikatsiya” tushunchalarining terminologik aniqligini aks ettirishdagi asosiy tamoyillar, ularning ilmiy hamjamiyatda qabul qilingan jihatlardagi o‘zaro bog‘liqlik tarkibiy zanjiri talqinlarining ilmiy-nazariy asoslari ochib berilgan o‘rinlar hamda xulosalar 2017-2018- yillarda Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti huzurida bajarilgan bajarilgan OT-A1-018 “O‘zbek tili va uning tarjimasi bilan bog‘liq elektron va bank-moliya terminiarining ko‘p tilli lug‘atlarini yaratish” amaliy tadqiqot loyihasida foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2022 yil 14 iyundagi 04/1-2054-son ma’lumotnomasi). Tadqiqot natijalari noverbal kommunikatsiya vositalarini o‘rganish va tahlil qilishda ularning terminologik aniqligi proeksiyasida yangi manba va muhim ko‘maqchi bo‘lib xizmat qilgan;
kommunikatsiya noverbal va verbal vositalarining jadallik va asta-sekinlik, bosqichma bosqich – evolyusion rivojlanishini og‘zaki va yozma muloqotning dialektik birliklar hamda tarixiy retrospektiv jarayonlar haqidagi ilmiy materiallar O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi tomonidan 2021 yil 7 apreldan 30- aprelgacha efirga uzatilgan “Ta’lim va taraqqiyot” va “Millat va ma’naviyat” ko‘rsatuvlarida foydalanilgan (“Ozbekiston milly teleradiokompaniyasi” davlat unitar korxonasining 2021 yil 03 may 45-21-son ma’lumotnomasi). Natijada mazkur teleko‘rsatuv uchun tayyorlangan materiallarning ilmiy ommabopligi ta’minlangan.