Abdiraxmanova Feruza Eshkabilovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Yor-yor marosim qo‘shiqlarining janriy xususiyatlari va badiiyati”, 10.00.08 – Fol`klorshunoslik (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.1.PhD/Fil1189.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zR FA O‘zbek tili, adabiyoti va fol`klori instituti.
Ilmiy rahbar: Eshonqulov Jobbor Solievich, filologiya fanlari doktori, professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zR FA O‘zbek tili, adabiyoti va fol`klori instituti, DSc.30.08.2018.Fil46.02.
Rasmiy opponentlar: Jumanazarov Umrzoq Abdurazzoqovich, filologiya fanlari doktori, professor; Ro‘zieva Mohichehra Yoqubovna, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent
Yetakchi tashkilot: Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: ilmiy va amaliy va ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi o‘zbek xalq yor-yorlarining o‘ziga xos janr xususiyatlari, tarixiy-genetik asoslari va hududiy o‘ziga xosligi, badiiyati hamda yor-yor ijrochiligi an’anasining tarixiy-fol`kloriy jarayondagi holatini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Yor-yor atamasining etimologik asosi qadimgi turkiylar tilida “ir”, “yir”, “jir” kabi “qo‘shiq” ma’nosida qo‘llanilganligi va kelib chiqishi o‘lib tiriluvchi tabiat kul`tlari bilan bog‘liqligi, tadrijiy rivoji turkiy xalqlar poetik tafakkuri va badiiy-estetik an’analari bilan mushtarak jihatlarga egaligi ochib berilgan;
Yor-yorning so‘z magiyasi bilan chambarchas bog‘liqligi, insonning balog‘at yoshi bilan bog‘liq xatna to‘yi va nikoh to‘yi marosimlarida kuylanuvchi to‘y yor-yorlari hamda insonning vafoti bilan bog‘liq motam marosimida go‘shangaga kira olmagan, to‘ydan oldin vafot etgan qiz yoki yigit uchun aytiladigan motam yor-yorlari o‘zbek marosim fol`klori tarkibidan o‘rin olganligi va yor-yorning o‘ttizdan ortiq ijro yo‘llarda kuylanishi asoslangan;
Yor-yorlarning ijro o‘rni keyinchalik kengayganligini oilaviy-maishiy marosimlarning boshqa marosimlariga, ya’ni xatna to‘yi, xotin oshi kabi marosimlarga ko‘chganligi, mazmunan bir-biridan farqlanishi, jonli ijro holatida to‘y jarayoniga moslab badiha qilish, to‘y egalari va to‘y vositalarining yangilanishida namoyon bo‘lishi bilan yangidan-yangi variantlar yuzaga kelishiga omil bo‘layotganligi dalillangan;
Yor-yor namunalaridagi yetakchi motivlar, obrazlar tizimi, badiiy san’at va badiiy qurilishi masalalari janr xususiyati bilan bog‘liqligi, yor-yorlar yuzaga kelishiga asos bo‘lgan poetik modellar shakllanishida himoyalash vositasi hisoblangan chimildiq, tumor, olov, isiriq, pichoq, oltin va soch bilan bog‘liq qadimgi ishonch-e’tiqodlar hamda matnlarida turli miflarning izlari mavjud bo‘lgan poyga, ko‘pkari, it, xo‘roz, qo‘chqor urishtirish, “Oltin qoboq otish” kabi o‘yinlar orqali arxaik miflarning mavjudligi oydinlashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbek fol`klorida Yor-yor janrining o‘ziga xos xususiyatlari, tarixiy-genetik asoslari, hududiy o‘ziga xosligi, areal farqlanishi, tasnifi va poetikasini tadqiq etish jarayonida chiqarilgan ilmiy-nazariy xulosalar va olingan natijalar asosida nikoh to‘yi marosimlarida kuylanuvchi to‘y yor-yorlari hamda motam marosimida chimildiq ko‘rmay vafot etgan qiz yoki yigitga kuylanuvchi motam yor-yorlari o‘zbek marosim fol`klori tarkibidan o‘rin olganligi va yor-yorning o‘ttizdan ortiq ijro yo‘llarda kuylanishi, keyinchalik ijro o‘rni kengayganligi, oilaviy-maishiy marosimlarning boshqa marosimlariga, ya’ni xatna to‘yining xotin oshi kabi marosimlariga ko‘chganligi, mazmunan bir-biridan farqlanishi, jonli ijro holatida to‘y jarayoniga moslab badiha qilishga doir materiallar va ilmiy-nazariy qarashlaridan O‘zR FA O‘zbek tili, adabiyoti va fol`klori institutida bajarilgan OT-F1-76 “O‘zbek xalq ijodi yodgorliklari” 100 jildligini nashrga tayyorlash va uni tekstologik o‘rganish masalalari” fundamental ilmiy loyihasida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining 2022 yil 24 martdagi 3/1255-658-son ma’lumotnomasi). Natijada “O‘zbek xalq ijodi yodgorliklari” 100 jildligini nashrga tayyorlash va uni tekstologik o‘rganish masalalari” jildligi tarkibidagi (36-65-jildlar) o‘zbek xalq qo‘shiqlari nomli jildlarga doir ilmiy izohlar tayyorlash xususan, Yor-yor qo‘shiqlari matnlarini saralash, turli variantlarini jamlash va badiiy jihatdan mukammal namunalar asosida tayanch matnlar bazasini yaratishga erishilgan;
Yor-yor atamasining etimologik asosi qadimgi turkiylar tilida “ir”, “yir”, “jir” kabi “qo‘shiq” ma’nosida qo‘llanilganligi va kelib chiqishi o‘lib tiriluvchi tabiat kul`tlari bilan bog‘liqligiga doir ilmiy-nazariy qarashlardan Alisher Navoiy nomidagi Davlat adabiyot muzeyida bajarilgan P3-20170920167 “Alisher Navoiy nomidagi Davlat adabiyot muzeyida saqlanayotgan toshbosma asarlarning elektron katalogini yaratish va nashrga tayyorlash” amaliy loyihasida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining 2022 yil 24 martdagi 3/1255-658-son ma’lumotnomasi). Natijada XIX asr boshlariga qadar yozilgan qo‘lyozma va toshbosma asarlarda Yor-yor namunalari haqidagi qimmatli ma’lumotlar va namunalar borligi oydinlashtirilgan;
Yor-yor qo‘shiqlarining oilaviy-maishiy marosimlarda tutgan o‘rni, genezisi, areal va janriy xususiyatlari, urf-odat va an’analar bilan bog‘liqligi, Yor-yorlardagi yetakchi motivlar, obrazlar tizimi, badiiy san’at va badiiy qurilishi masalalari janr xususiyati bilan bog‘liqligi, yor-yorlar yuzaga kelishiga asos bo‘lgan poetik modellar shakllanishida himoyalash vositasi hisoblangan chimildiq, tumor, olov, isiriq, pichoq, oltin va soch bilan bog‘liq qadimgi ishonch-e’tiqodlar hamda matnlarida turli miflarning izlari mavjudligiga doir ilmiy qarashlardan “O‘zbekiston tarixi” telekanalidagi “Taqdimot”, “Etno”, “Mahzan”, “Xayrli tong”, “Hamma uchun” ko‘rsatuvlarida hamda “O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi” va “Yoshlar” radiosi eshittirishlari ssenariylarini tayyorlashda foydalanilgan (Milliy teleradiokompaniyaning 2021 yil 7 apreldagi 02-10-519-son, 2022 yil 29 iyuldagi 02-30-1202-son va 2022 yil 19 sentyabrdagi 02-31-1530-son ma’lumotnomalari). Natijada teletomoshabin hamda radioeshittirish muxlislari o‘zbek xalq Yor-yorlari haqida yangi ma’lumotlarga ega bo‘lgan.