Ibraximova Dilshoda To‘raevnaning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Ingliz va o‘zbek tillarida antroponimik birliklarning lingvistik xususiyatlari”, 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.4.PhD/Fil1513.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qarshi davlat universiteti.
Ilmiy rahbar: Jabborov Xo‘jamurod, filologiya fanlari doktori (DSc), dotsent.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Termiz davlat universiteti, PhD.03/31.03.2021.Fil.78.04. 
Rasmiy opponentlar: Xayrullaev Xurshidjon, filologiya fanlari doktori, dotsent; Qilichev Bayramali, filologiya fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat sharqshunoslik instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy va nazariy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi ingliz va o‘zbek tillarida antroponimik birliklarning lingvistik xususiyatlarini  ochib berishdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
tilshunoslikning jadal rivojlanayotgan, tilda o‘z ifodasini topayotgan va barqarorlashayotgan xalqlar madaniyatining til va madaniyatlar o‘rtasida namoyon bo‘lishi kishilar o‘rtasidagi munosabatlarning muayyan bir shakli sifatida antropotsentrik paradigma ekanligi asoslangan;
etimologik jihatdan antroponimlarning yasalish usullari va tarkibiy, leksik va semantik ota va o‘g‘il uchun bitta ism Baxtiyor Baxtiyor o‘g‘li, Louis the First (L`yuis Birinchi), Louis the Second (L`yuis Ikkinchi)  jihatdan o‘xshash va milliy mentalitet tomonlama ikkita aka-uka bitta ismga ega Styuart litl (ingliz tiliga xos) kabi farqli qirralari dalillangan;
ingliz va o‘zbek tillaridagi antroponimik birliklarning funksional vazifalari kasbi-kor, mavqe, mansab, unvon, ish qurollari nomlarini  nutqiy jarayonlarda voqelantirish vositalari va usullari orqali hissiy va ifodalovchi ekspressiv-emotsional xususiyatlari aniqlangan;
ism berishda qadimiy totemistik, animistik tasavvurlar, ko‘hna diniy aqidalar, sig‘inishlarning boshqa xil ko‘rinishlari, udumlar, keyinchalik esa din, xususan islom dini ta’limoti bilan aloqador bo‘lgan diniy, falsafiy qarashlar, e’tiqod va ishonchlarning diniy va falsafiy jihatdan  ob’ektiv borliqdagi narsa va hodisalar, tirik mavjudotlarning har birini alohida, yakkalab, donalab nomlash zarurati isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. “Ingliz va shhzbek tillarida antroponimik birliklarning lingvistik xususiyatlari” mavzusi bo‘yicha olib borilgan tadqiqot asosida olingan natijalar quyidagi ishlarda joriylangan:
tilshunoslikning jadal rivojlanayotgan, tilda o‘z ifodasini topayotgan va barqarorlashayotgan xalqlar madaniyatining til va madaniyat o‘rtasidagi namoyon bo‘lishi  kishilar o‘rtasidagi munosabatlarning muayyan bir shakli sifatida - antropotsentrik paradigma ekanligi asoslanganligiga oid  yangilikdan Samarqand davlat chet tillar institutida Evropa Ittifoqining TEMPUS dasturi 2014-2016 yillarga mo‘ljallangan Tempus Project 544161-TEMPUS-1-2013-1-UK-TEMPUS-JPCR aston University DeTEL “Developing the Teaching of European Languages: Modernizing Language Teaching through the development of blended Masters Programmes” loyihasi doirasidagi o‘quv jarayoni va xalqaro loyihalarni amalga oshirishda foydalanilgan (Samarqand davlat chet tillar institutining 2021 yil 24 avgustdagi 1759/30.02.01-son ma’lumotnomasi). Natijada o‘quv jarayonlarida ingliz va o‘zbek tillarida antroponimik birliklarning tarixiy-etimologik qatlamlari, shaxs nomlari yuzaga kelishida turli animistik, totemistik, ko‘hna aqidalar, diniy va falsafiy qarashlar bilan bog‘liq fikrlar singdirilgan;
ingliz va o‘zbek tillaridagi antroponimik birliklarning funksional vazifalari kasbi-kor, mavqe, mansab, unvon, ish qurollari nomlarini  nutqiy jarayonlarda voqelantirish vositalari va usullari orqali hissiy va ifodalovchi ekspressiv-emotsional xususiyatlari aniqlanganligiga oid yangilikdan O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot instituti tomonidan olib borilgan FA-F1-G003 “Hozirgi qoraqalpoq tilida funksional so‘z yasalishi”, FA-A1-G007 “Qoraqalpoq naql-maqollari lingvistik tadqiqot ob’ekti sifatida” mavzularidagi fundamental va ilmiy-amaliy loyiha ishlari uchun antroponimik birliklar til va madaniyatning o‘zaro aloqa vositasi sifatida namoyon bo‘lish imkoniyati haqidagi ma’lumotlardan foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limining 2021 yil 26 noyabrdagi 1701/260-son ma’lumotnomasi). Natijada tillarning qardosh va noqardoshligini aniqlash orqali ularning eng qadimiy tarixiy omillarini ochib berish imkoniyati yetakchilik qilishi yuzasidan keltirilgan fikrlar muhim manba bo‘lib xizmat qilgan.
ism berishda qadimiy totemistik, animistik tasavvurlar, ko‘hna diniy aqidalar, sig‘inishlarning boshqa xil ko‘rinishlari, udumlar, keyinchalik esa din, xususan islom dini ta’limoti bilan aloqador bo‘lgan diniy, falsafiy qarashlar, e’tiqod va ishonchlarning diniy va falsafiy jihatdan  ob’ektiv borliqdagi narsa va hodisalar, tirik mavjudotlarning har birini alohida, yakkalab, donalab nomlash zarurati isbotlanganligiga oid yangilikdan Samarqand davlat chet tillar instituti tomonidan 2014-2015 yillarda amalga oshirilgan I-204-4-5 “Ingliz tili mutaxassislik predmetlaridan axborot-kommunikatsion texnologiyalari asosida virtual resurslar yaratish va o‘quv jarayoniga joriy etish” nomli innovatsion tadqiqotlar loyihada antroponimik birliklarning belgilovchi tabiati, til va madaniyatning o‘zaro aloqa vositasi sifatida namoyon bo‘lish imkoniyatiga oid ma’lumotlardan virtual resurslar yaratish kabi xulosalarda foydalanilgan (Samarqand davlat chet tillar institutining 2021 yil 24 avgustdagi 1761/30.02.01-son ma’lumotnomasi). Natijada ushbu ikki til antroponimlarini shakllantirishning morfologik usullarida ham o‘xshash va farqli tomonlari ham ochib berilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish