Axmedova Saidaxon Ergash qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Eksperimental gepatitda kalamush jigari mitoxondriyasi disfunksiyasini korreksiyalashning yangi aspektlari», 03.00.08 – Odam va hayvonlar fiziologiyasi (biologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.2.PhD/V608.
Ilmiy rahbar: Asrarov Muzaffar Islamovich, biologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: O‘zbekiston milliy universiteti huzuridagi Biofizika va biokimyo instituti, DSc.03/30.12.2019.V.01.13.
Rasmiy opponentlar: Nasirov Kabil Erkinovich, bilogiya fanlari doktori, professor; Xushmatov Shunqor Sadullaevich, biologiya fanlari doktori. 
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat pedagogika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: kalamush jigari mitoxondriyasi funksional parametrlariga Helichrysum maracandicum o‘lmaso‘t o‘simligi polifenol ekstraktlarining ta’sir mexanizmlarini va toksik gepatit sharoitida mitoxondriya disfunksiyasini ekstraktlar bilan korreksiyalashning yangi aspektlarini  tadqiq qilishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
in vitro sharoitida H.maracandicum ekstraktlarining antioksidantlik va antiradikallik faolliklari hamda ular orasidagi korrelyasion bog‘liqlik isbotlangan; 
toksik gepatit sharoitida kalamush tana va jigar massasining o‘zgarishlariga helmar 1 hamda helmar 2 ekstraktlarining samarali ta’siri aniqlangan;
H.maracandicum ekstraktlarining CCl4 intoksikatsiyasi sharoitida kalamush jigari mitoxondriyalarining PTP sini ochilishini ingibirlashi hamda hujayra antioksidant tizimi fermentlari faolliklari o‘zgarishlarini korreksiyalashi isbotlangan;
helmar 1 va helmar 2 ekstraktlari organizmning CCl4 intoksikatsiyasida jigar mitoxondriyasi membranalarida Fe2+/sitrat tizimi bilan indusirlangan LPO jarayonini ingibirlashi hamda OF samaradorligini oshirishi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: 
H.maracandicum ekstraktlarini TG sharoitida jigar mitoxondriyasi disfunksiyasini korreksiyalash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
TG sharoitida mitoxondriya disfunksiyasini korreksiyalash OT-F6-2 fundamental loyihasida supramolekulyar komplekslarning neyrodegenerativ xususiyatlarini aniqlashda foydalanilgan ( O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022 yil 8 iyundagi №89-05-31-sonli ma’lumotnomasi). Natijalar yuqori neyrodegenerativ xususiyatga ega bo‘lgan supramolekulyar kompleksni tanlab olishga imkonini bergan;
TG da mitoxondriya disfunksiyasini korreksiyalash Belarus` Milliy Fanlar akademiyasi Fiziologiya institutida amaliy ahamiyatga ega bo‘lgan turli birikmalarning gepatotoksik ta’sirini baholashda foydalanilgan (Belarus` Milliy Fanlar akademiyasi Fiziologiya institutining 2022 yil 12 apreldagi ma’lumotnomasi). Natijalar polifenol birikmalarni TGda gepatoprotektor sifatida qo‘llash imkonini bergan;
H.maracandicum ekstraktlarini korreksiyalovchi ta’siri bo‘yicha olingan natijalar, Poless davlat universitetida «Izuchenie fiziko-ximicheskix svoystv i biologicheskoy aktivnosti prirodnix i ximicheski i fermentativnoy poluchennix soedineniy s sel`yu poiska veshhestv, predstavlyayushhix prakticheskiy interes dlya ximii, medisini i sel`skogo xozyaystva» mavzusidagi ITIda biomembranalarga stabil ta’sir etuvchi moddalarni aniqlashda foydalanilgan (Belarus` Respublikasi Poless davlat universitetining 2022 yil 22 apreldagi ma’lumotnomasi). Natijalar universitetda polifenollar biofaolligini aniqlash hamda odam va hayvonlar fiziologiyasi bo‘yicha tadqiqotlarni rivojlantirish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish