Bekchanova Moxiraxon Xudaybergan qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon 

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Quyi Amudaryo okrugi tunlam kapalaklarining (Noctuidae, Lepidoptera) faunasi, biologiyasi va ekologik xususiyatlari», 03.00.06 – Zoologiya (biologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.2.PhD/B317.
Ilmiy rahbar: Bekchanov Xudaybergan O‘rinovich, biologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Xorazm Ma’mun akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Qoraqalpoq davlat universiteti, PhD.03/30.12.2019.V.20.04.
Rasmiy opponentlar: Allamuratov Bauaddin, biologiya fanlari doktori, professor; Bekbergenova Zaxira Omirbekovna, biologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Quyi Amudaryo okrugi tunlam kapalaklari faunasini aniqlash, bioekologiyasini asoslash, zoogeografik tarqalish xususiyatlarini va ahamiyatini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor Quyi Amudaryo okrugi hududida tunlam kapalaklarining 12 kenja oila, 15 triba, 58 avlodga mansub 155 turi aniqlangan, shulardan, 15 turi O‘zbekiston faunasi uchun, 89 turi o‘rganilgan hudud faunasi uchun yangi tur sifatida qayd qilingan;
geografik tarqalishlari jihatidan 12 ta geografik kenglik va 20 ta geografik uzunlik areallari bo‘yicha guruhlanishi asoslangan.
Quyi Amudaryo okrugi tunlam kapalaklarining trofik aloqalari va ahamiyati ochib berilgan;
landshaftlar bo‘ylab tarqalishi jihatidan 6 ta ekologik mezonlarga taqsimlanishi asoslangan va 155 ta turning fenologiyasi ochib berilgan;
tunlam kapalaklarning estetik ahamiyatga ega guruhi aniqlangan va muhofaza qilinishi mumkin bo‘lgan turlari asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: 
Quyi Amudaryo okrugi tunlam kapalaklarining (Noctuidae, Lepidoptera) faunasi, biologiyasi va ekologik xususiyatlari yuzasidan olingan ilmiy natijalari asosida: 
Quyi Amudaryo okrugining turli biotoplarida tarqalgan tunlam kapalaklarining kamyob va yo‘qolib ketish havfi ostidagi turlarini muhofaza qilish bo‘yicha ishlab chiqilgan tavsiyalar Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish qo‘mitasi amaliyotiga joriy etilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish qo‘mitasining 2021 yil 8 oktyabrdagi 01/18-2156-son ma’lumotnomasi). Natijada, Quyi Amudaryo okrugi sharoitida himoyaga muhtoj 6 ta (Metoponrhis karakumensis (Gerasimov, 1931), Drasteriodes kisilkumensis (Ershov, 1874), Photedes erschoffi (Christoph, 1885), Aedia funesta (Esper, 1786), Moma alpium (Osbeck, 1778), Leucania palaestinae (Staudinger, 1897)) tunlam kapalaklar populyasiyalari holatini baholash va saqlab qilish imkonini bergan;
dissertatsiya ishida olib borilgan ilmiy tadqiqot natijalari asosida “Xorazm vohasi tunlam kapalaklari ekologiyasi”, “Quyi Amudaryo tunlam kapalaklari faunasi” nomli monografiyalar va “Qishloq xo‘jaligi zararkunanda tunlamlarining aniqlagichi” mavzusidagi amaliy tavsiyanoma ishlab chiqilib O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi senatining agrar, suv xo‘jaligi masalalari va ekologiya qo‘mitasi amaliyotiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublika Oliy majlisi senatining agrar, suv xo‘jaligi masalalari va ekologiya qo‘mitasi 2021 yil 15 dekabrdagi 10-11/5-son ma’lumotnomasi). Natijada, tunlam kapalaklarining tur tarkibini aniqlash, bioekologiyasini asoslash va zararli turlari populyasiyalarini monitoring qilish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish