Xalitova Roza Alimovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Pedagogika oliy ta’lim muassasalarida genetika bo‘limini o‘qitish metodikasini takomillashtirish”, mavzusidagi dissertatsiya ishi, 13.00.02 – Ta’lim tarbiya nazariyasi va metodikasi (biologiya) (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.1.PhD/Ped2286. 
Ilmiy rahbar: Shaxmurova Gul`nara Abdullaevna, biologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat pedagogika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Qoraqalpoq davlat universiteti, PhD.03/30.12.2019.V.20.04.
Rasmiy opponentlar: Juginisov Tangirbergen Isaevich, biologiya fanlari doktori, dotsent; Karaxonova Lobar Musoxonovna, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori, katta ilmiy xodim.
Yetakchi tashkilot: Navoiy davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi pedagogika oliy ta’lim muassasasida “Genetika” bo‘limini o‘qitish metodikasini talabalarning tadqiqotchilik va loyihalashtirish faoliyati vositasida takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
oliy talim muassasalari talabalarining genetik savodxonligi va tadqiqotchilik kompetensiyalarini baholash “genetik savodxonlik”, “genetik kompetentlik”, “genom savodxonlik” tushunchalarining mohiyatini aniqlashtirish hamda ierarxik va izchillikda o‘qitish adekvatligini taminlash asosida takomillashtirilgan; 
bo‘lajak biologiya o‘qituvchilarining genetik savodxonligi va tadqiqotchilik kompetensiyalari tadqiqotchilik faoliyat va loyihalashga yo‘naltirish, kasbiy reabilitatsiya kabi usullarini uyg‘unlikda qo‘llash hamda oddiydan-murakkabga o‘tish prinsiplari ochib berilgan; 
 “Genetika” bo‘limini o‘qitishning tuzilmaviy-funksional modeli kasbiy va genetik madaniyatni shakllantirishga qaratilgan “Genetika” kursini realizatsiyalash hamda o‘quv harakatlari darajalarini nazariy va amaliy mashg‘ulotlar mazmuniga refleksiv diagnostika muhitida optimallashtirish tizimi ishlab chiqilgan; 
“Genetika” bo‘limini o‘qitish metodikasi tadqiqotchilik faoliyati va loyihalashtirish jarayonini istiqboldagi pedagogik maqsadlarga mos ravishda amaliy va mustaqil ishlash  ta’minoti mobilligini ta’minlash hamda unifikatsiyalash asosida takomillashtirilgan taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Bo‘lajak biologimya o‘qituvchilarini tayyorlash jarayonida genetik tadqiqotchilik va tadqiqotchilik kompetensiyalarini shakllantirishga qaratilgan  “Genetika” bo‘limini o‘qitish metodikasini takomillashtirish  bo‘yicha olingan natijalar asosida:
oliy talim muassasalari talabalarining genetik savodxonligi va tadqiqotchilik kompetensiyalarini baholash “genetik savodxonlik”, “genetik kompetentlik”, “genom savodxonlik” tushunchalarining mohiyatini aniqlashtirish hamda ierarxik va izchillikda o‘qitish adekvatligini taminlash asosida takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalardan A1-FK-010040 “Ta’limda salomatlikni saqlash – sog‘lom va barkamol avlodni tarbiyalashning samarali metodi (psixik, ma’naviy, reproduktiv salomatlikni saqlash)” loyihasi doirasida belgilangan vazifalarni amalga oshirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi Vazirligi, Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining 2022 yil 2 apreldagi 02-07-913/04-son dalolatnomasi). Natijada, pedagogika OTM talabalarining kasbiy tayyorgarlik tizimida “Genetika” bo‘limining didaktik imkoniyatlari kengaytirilgan;
bo‘lajak biologiya o‘qituvchilarining genetik savodxonligi va tadqiqotchilik kompetensiyalari tadqiqotchilik faoliyat va loyihalashga yo‘naltirish, kasbiy reabilitatsiya kabi usullarini uyg‘unlikda qo‘llash hamda oddiydan-murakkabga o‘tish prinsiplari  asosida takomillashtirishga oid amaliy taklif va tavsiyalardan “Genetika va evolyusion ta’limot (Genetika)” o‘quv qo‘llanmasini ishlab chiqish va joriy etishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021 yil 28 avgustdagi 375-son buyrug‘i, 375-044-raqamli nashr guvohnomasi). Natijada, tadqiqotchilik kompetensiyani, kasbiy genetik savodxonlikni shakllantirishga qaratilgan “Genetika” bo‘limini o‘qitish metodikasini tadqiqotchilik faoliyati vositasida takomillashtirishga erishilgan;
“Genetika” bo‘limini o‘qitish tuzilmaviy-funksional modeli kasbiy va genetik madaniyatni shakllantirishga qaratilgan “Genetika” kursini realizatsiyalash hamda o‘quv harakatlari darajalarini nazariy va amaliy mashg‘ulotlar mazmuniga refleksiv diagnostika muhitida optimallashtirish asosida takomillashtirish bo‘yicha amaliy taklif va tavsiyalar “Biologiya o‘qitish metodikasi” o‘quv qo‘llanmasi mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022 yil 17 martdagi 106-son buyrug‘i, 106-252-raqamli nashr guvohnomasi). Natijada, genetik savodxonlikni shakllantirishga ko‘maklashadigan tadqiqotchilik va loyihalash faoliyati vositasida bo‘lajak biologiya o‘qituvchilarini tayyorlash samaradorligini oshirishga erishilgan; 
“Genetika” bo‘limini o‘qitish metodikasi tadqiqotchilik faoliyati va loyihalashtirish jarayonini istiqboldagi pedagogik maqsadlarga mos ravishda amaliy va mustaqil ishlash  ta’minoti mobilligini ta’minlash hamda unifikatsiyalash asosida takomillashtirish bo‘yicha amaliy taklif va tavsiyalar “Genetikadan topshiriqlar to‘plami” (001186-sonli guvohnoma), “Genetika va va evolyusion ta’limot (Genetika) fanida loyihalash texnologiyasidan foydalanish” (004582-raqamli guvohnoma), «Genetika bo‘limi bo‘yicha laboratoriya mashg‘ulotlariga rahbarlik» (004583-raqamli guvohnoma) o‘quv-metodik qo‘llanmalari mazmuniga singdirilgan. Natijada, “Genetika” bo‘limini o‘rganishda tadqiqotchilik faoliyati va loyihalash texnologiyasidan foydalanish samaradorligini oshirishga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish