Raxmataliev Muzaffar Eshdavlatovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Parrandachilik tarmog‘ida innovatsion faoliyat samaradorligini oshirish yo‘llari”, 08.00.04-Qishloq xo‘jaligi iqtisodiyoti (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.4.PhD/Iqt795.
Ilmiy rahbarining F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Umarov Suxrob Rustamovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” milliy tadqiqot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” milliy tadqiqot universiteti, DSc.03/30.01.2020.I.10.03.
Rasmiy opponentlar: Rustamova Iroda Baxramdjanovna, iqtisodiyot fanlari doktori; Sadullaev Ulug‘bek Norqulovich, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot nomi: Samarqand davlat veterinariya medisinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqcadi parrandachilik tarmog‘ida innovatsion faoliyat samaradorligini oshirish yo‘llari bo‘yicha ilmiy tavsiyalar va amaliy takliflar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
parrandachilik korxonalarida innovatsion ishlanmalarni joriy etish darajasini “past” (0-0,37), “o‘rtacha” (0,37-0,67) va “yuqori” (0,67-1) baholash mezonlari asosida aniqlash bo‘yicha uslubiy yondashuv takomillashtirilgan;
parrandachilik korxonalari tarkibida “Innovatsion ishlanmalarni ishlab chiqarishga joriy etish bo‘limi”ni tashkil etish asoslangan;
innovatsion texnologiyalar, naslli sermahsul parranda krosslarini joriy etish va parrandachilik ozuqa komponentlari importi xarajatlarining 20 foizi, innovatsion texnika va texnologiyalarni joriy etishda 35 foizgacha davlat tomonidan subsidiyalash mexanizmlari taklif etilgan;
korxonalarda ozuqa sifati va ta’minotini yaxshilash asosida parrandachilik mahsulotlarini ishlab chiqarishning 2030 yilgacha bo‘lgan prognoz parametrlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Parrandachilik tarmog‘ida innovatsion faoliyat samaradorligini oshirish yo‘llari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
parrandachilik korxonalarida innovatsion ishlanmalarni joriy etish darajasini aniqlash bo‘yicha uslubiy yondashuv Surxondaryo viloyati Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish boshqarmasida amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasining 2022 yil 23 maydagi 04/22-1044-son ma’lumotnomalari). Natijada mamlakatimizda parrandachilik korxonalari rahbar va xodimlarining innovatsion ishlanmalarni ishlab chiqarishga joriy etish xohishi darajasi o‘rtacha 0,62-0,65 (o‘rtacha (0,37-0,67))ga teng ekanligi aniqlangan;
parrandachilik korxonalari tarkibida “Innovatsion ishlanmalarni ishlab chiqarishga joriy etish bo‘limi”ni tashkil etish taklifi “Parrandasanoat” uyushmasi tizimidagi tashkilotlarda joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasining 2022 yil 23 maydagi 04/22-1044-son ma’lumotnomasi). Natijada parrandachilik korxonalarida innovatsion ishlanmalar ishlab chiqarishga tadbiq etilib, korxonaning daromadi oshishiga xizmat qiladi;
innovatsion texnologiyalar, naslli sermahsul parranda krosslarini joriy etish, zamonaviy texnologiyalar va ozuqa komponentlari importi xarajatlarini davlat tomonidan rag‘batlantirish mexanizmlari bo‘yicha taklifi “Surxondaryo viloyatini sanoat, qishloq xo‘jaligi va xizmat ko‘rsatish sohalarini rivojlantirish bo‘yicha investisiya loyihalarining parametrlari” chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasining 2022 yil 23 maydagi 04/22-1044-son ma’lumotnomasi). Natijada, parrandachilik sub’ektlari naslli sermahsul parranda krosslarini joriy etish va parrandachilik ozuqa komponentlari importi xarajatining 20 foizi, innovatsion texnika va texnologiyalarni joriy etish xarajatining 35 foizgacha miqdorda davlat tomonidan subsidiya berish orqali rag‘batlantiriladi;
korxonalarda ozuqa sifati va ta’minotini yaxshilash asosida parrandachilik mahsulotlarini ishlab chiqarishning 2030 yilgacha bo‘lgan prognoz parametrlari “2022-2026 yillarda Surxondaryo viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning shahar va tumanlar kesimidagi maqsadli ko‘rsatkichlar parametrlari” dasturining 26.1 va 26.2 bandlarida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasining 2021 yil 30 iyuldagi 02/23-1319-son, 2022 yil 23 maydagi 04/22-1044-sonli ma’lumotnomalari). Natijada, parrandachilik tarmog‘ida zamonaviy ozuqalarni qo‘llash asosida 2030 yilga borib, mamlakatimizda parrandalar bosh soni 144189,2 ming boshdan ortiqni tashkil etishi, shuningdek, 154999,1 mln. donadan ortiq tuxum, 402962,1 ming tonna parranda go‘shti etishtirilishi prognoz qilingan.