Primov Abdulla Egamkulovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Qishloq xo‘jaligi ekinlarini diversifikatsiyalashning fermer xo‘jaliklari iqtisodiy samaradorligiga ta’sirini baholash”, 08.00.04-Qishloq xo‘jaligi iqtisodiyoti (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.4.PhD/Iqt1878.
Ilmiy rahbarining F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Rustamova Iroda Baxramjanovna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat agrar universiteti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” milliy tadqiqot universiteti, DSc.03/30.01.2020.I.10.03.
Rasmiy opponentlar: Nazarova Fotima Xakimovna, iqtisodiyot fanlari doktori; Tadjiev Abdusame Abduxamidovich, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti Samarqand filiali.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqcadi qishloq xo‘jaligi ekinlarini diversifikatsiyalashning fermer xo‘jaliklari iqtisodiy samaradorligiga ta’sirini iqtisodiy baholash bo‘yicha ilmiy asoslangan taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
qishloq xo‘jaligida ekinlar diversifikatsiyasi darajasini baholashda “Diversifikatsiya indeksi” (Diversity Index) usuli taklif etilgan, uning eng past, past, o‘rta, yuqori va eng yuqori me’zonlari ishlab chiqilgan;
fermer xo‘jaliklari daromadiga diversifikatsiya ta’sirini baholash bo‘yicha uslubiy yondashuv “instrument o‘zgaruvchi” (instrumental variables) omillarni qo‘llash asosida takomillashtirilgan;
qishloq xo‘jaligida ekinlarni diversifikatsiyalashni amalga oshirishda eng asosiy ta’sir etuvchi omillarni hisobga olgan holda daromadni oshirish, gender tengligini mustahkamlash, iqlim o‘zgarishi xatarlarini yumshatish va oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha istiqbolli amaliy xaritasi ishlab chiqildi;
respublikada ekinlar diversifikatsiyasini samarali tashkil etish hisobiga dehqonchilik mahsulotlari qiymati o‘sishining 2030 yilgacha bo‘lgan prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Qishloq xo‘jaligi ekinlarini diversifikatsiyalashning fermer xo‘jaliklari iqtisodiy samaradorligiga ta’sirini iqtisodiy baholash bo‘yicha olingan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar asosida:
viloyatlar kesimida diversifikatsiya darajasini hisoblagan holda hududlarni toifalarga ajratish bo‘yicha ishlab chiqilgan uslubiy yondashuv O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi tomonidan amaliyotga joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2021 yil 22 dekabr` №05/032-5095-son ma’lumotnomasi hamda Toshkent davlat agrar universiteti Ilmiy kengashi tomonidan 2022 yil 28 mayda tasdiqlangan uslubiy qo‘llanma). Natijada, diversifikatsiya darajasining respublika bo‘yicha yuqori ko‘rsatkichlari Toshkent, Samarqand va Farg‘ona viloyatlarida (mos ravishda 0,76, 0,74 va 0,73), past ko‘rsatkich Buxoro, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida (mos ravishda 0,64, 0,62 va 0,59) hamda o‘rtacha ko‘rsatkich 0,67 ni tashkil etgan;
Samarqand viloyati hududlarida fermer xo‘jaliklarining diversifikatsiya darajasiga ta’sir etuvchi omillar va ular orasidagi o‘zaro bog‘liqlikni baholash bo‘yicha berilgan taklif O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi tomonidan amaliyotga joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2021 yil 22 dekabr` №05/032-5095-son ma’lumotnomasi hamda Toshkent davlat agrar universiteti Ilmiy kengashi tomonidan 2022 yil 28 mayda tasdiqlangan uslubiy qo‘llanma). Natijada, hududda qayta ishlash korxonalari barqarorligining 1 foizga oshishi fermer xo‘jaliklari diversifikatsiya darajasini 12,7 foizga, fermer xo‘jaliklarida mavjud aktivlarning 1 foizga oshishi esa diversifikatsiya darajasini 4 foizga oshishi, qo‘shimcha sug‘orish tizimining hamda tarmoqda ekstenshn xizmatining 1 foizga oshishi fermer xo‘jaliklari diversifikatsiya darajasini mos ravishda 5,2 va 7 foizga oshirish imkonini berishi asoslangan;
Samarqand viloyati hududlarida fermer xo‘jaliklarida diversifikatsiyalash amaliyotini joriy etish hisobiga fermer xo‘jaliklari ishlab chiqarish samaradorligini oshirishning istiqbolli amaliy xaritasini qo‘llash bo‘yicha berilgan taklif O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi tomonidan amaliyotga joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2021 yil 22 dekabr` №05/032-5095-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklif bilan viloyatning Jomboy tumanidagi g‘alla-sabzavotchilikga ixtisoslashgan “Ma’murjon Isokov” fermer xo‘jaligining foydasini 160 500 ming so‘mga va Okdaryo tumanidagi paxta-g‘allachilikga ixtisoslashgan “Iqbol” fermer xo‘jaligining foydasini 358 400 ming so‘mga oshirishga erishilgan;
respublikada ekinlarni diversifikatsiyalashni samarali tashkil etish hisobiga dehqonchilik mahsulotlari qiymati o‘sishining 2030 yilgacha bo‘lgan prognozi bo‘yicha taqdim etilgan takliflar O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi tomonidan amaliyotga joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2021 yil 22 dekabr` №05/032-5095-son ma’lumotnomasi). Natijada, respublika qishloq xo‘jaligida 2030 yilga borib dehqonchilik mahsulotlarining qiymati 229164,8 mlrd.so‘mga yoki 2030 yilda 2021 yilga nisbatan 1,8 martaga oshishi prognoz qilingan.