Adilov Behzod Abdullaevichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): «Qoraqalpog‘iston Ustyurti o‘simliklar qoplamining transformatsiyasi: nazariy va amaliy aspektlari», 03.00.05 – Botanika (biologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.2.DSc/B141.
Ilmiy maslahatchi: Shomurodov Xabibullo Fayzulloevich, biologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Botanika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Botanika instituti, DSc.02/30.12.2019.V.39.01.
Rasmiy opponentlar: Xasanov Furqat Orunbaevich, biologiya fanlari doktori, professor; Krestov Pavel Vital`evich, biologiya fanlari doktori, professor; Xamraeva Dilovar Tolibdjonovna, biologiya fanlari doktori, katta ilmiy xodim.
Yetakchi tashkilot: Namangan davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: tabiiy-antropogen o‘zgargan muhit fonida Qoraqalpoq Ustyurti o‘simliklar qoplami dinamikasini aniqlash hamda uni muhofaza qilish amaliy chora-tadbirlarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
iqlim o‘zgarishining trend ko‘rsatkichlari va noodatiy qurg‘oqchiliklar fonida Qoraqalpoq Ustyurtidagi alohida sintaksonlarning ta’sirchanlik tendensiyalari aniqlangan;
Orol dengizi qurishi bilan bog‘liq Sharqiy chink mezofit jamoalaridagi bioxilma-xillik indekslarining o‘zgarishi va sintaksonlarning chidamliligi aniqlangan;
fitotsenoz prediktorlari tarixiy va zamonaviy holatlarining o‘zaro mantiqiy aloqalari hamda o‘simlik qoplamining iqlim o‘zgarishiga javob yo‘llari asoslangan;
kelajakda iqlimning qurg‘oqchillanishi fonida tadqiqot hududi o‘simliklar qoplami rivojlanishining to‘g‘ri chiziqli modeli aniqlangan;
geologik davrlar iqlim anomaliyalarining Ustyurt edifikatorlari klimatik areallarining dinamikasi va tolerantlik darajasiga ta’siri asoslangan;
geoxronologik davrlar mobaynida edifikatorlar realizatsiyalashgan areallarining rivojlanish modeli va fundamental nishalarining divergensiyasi xususiyatlari aniqlangan;
transformatsiyani harakatlantiruvchi kuchlari, indikatorlari va xususiyatlari asosida Qoraqalpoq Ustyurti o‘simliklar qoplami dinamikasining asosiy mexanizmlari (qulaylik, tolerantlik va ingibirlanish) ochib berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Qoraqalpoq Ustyurti o‘simlik qoplami transformatsiyasining xususiyatlarini o‘rganish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
1 klimatip, 2 ta edafotip, 3 ta senotip, 5 ta formatsiya va 43 assotsiatsiyalarni o‘zida birlashtirgan Qoraqalpoq Ustyurtining zamonaviy tasnifi Qo‘ng‘irot davlat o‘rmon qo‘mitasi boshqarmasi amaliy faoliyatiga joriy etilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasining 2022 yil 05 aprelidagi №184-son ma’lumotnomasi). Natijada, o‘simliklarning kadastr ma’lumotlarini shakllantirish va o‘rmon xo‘jaligi fondi erlaridagi o‘simlik qoplamining raqamli platformasini yaratish imkonini bergan;
46 ta xarita birligidan iborat bo‘lgan «Qoraqalpoq o‘simliklar qoplamining xaritasi» va uning izohi Qo‘ng‘irot davlat o‘rmon qo‘mitasi boshqarmasi amaliy faoliyatiga joriy etilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasining 2022 yil 05 aprelidagi №184-son ma’lumotnomasi). Natijada, yaylov resurslarini inventarizatsiyalash va yaylov chorvachiligini rivojlantirish uchun istiqbolli konturlarni baholash imkonini bergan;
ishlab chiqilgan o‘simlik qoplami degradatsiyasi xillarining tasnifi va xususiyatlari, bundan tashqari, degradatsiyaga ta’sirchan jamoalarni muhofaza qilish bo‘yicha tavsiya etilgan amaliy chora-tadbirlar Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi amaliy faoliyatiga joriy etilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasining 2022 yil 05 aprel`dagi №01/18-1063-son ma’lumotnomasi). Natijada, iqlim o‘zgarishi va antropogen omillar ta’sirida shakllangan va o‘simlik qoplamiga ta’sir etuvchi hududiy xavf va tahdidlarni aniqlash hamda geologik-qidiruv ishlari oqibatlarini Ustyurt bioxilma-xilligiga ta’sirini yumshatish imkonini bergan;
tashkil etilgan doimiy monitoring maydonchalari va Sharqiy chink o‘simliklar qoplamining holati to‘g‘risidagi ma’lumotlar Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi amaliy faoliyatiga joriy etilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasining 2022 yil 05 aprel`dagi №01/18-1063-son ma’lumotnomasi). Natijada, ta’sirchan Sharqiy chink o‘simliklar qoplami ustida kuzatuvlar olib berish va ularni hududiy muhofaza qilish imkonini bergan.