Eshto‘xtarova Bibigul Bektoshevna
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Ingliz va o‘zbek tillarida “Head/bosh” komponentli frazeologik birliklarning lingvokul`turologik xususiyatlari”, 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.RhD/Fil1879.
Ilmiy rahbarning familiyasi, ismi, sharifi, ilmiy darajasi va unvoni: Siddiqova Iroda Abduzuxurovna, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston milliy universiteti, DSc.03/30.12.2019.Fil.01.10.
Rasmiy opponentlar: Galieva Margarita Rafaelovna, filologiya fanlari doktori, professor; Mamatov Abdug‘ofir Eshonqo‘lovich, filologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik
II. Tadqiqotning maqsadi ingliz va o‘zbek tillaridagi head-bosh komponentli frazeologik birliklarining lingvomadaniy xususiyatlarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ingliz va o‘zbek tillarida head-bosh komponentli frazeologik birliklar gap tarkibida kelganda ega, kesim, to‘ldiruvchi vazifalarida kelishi kabi struktural jihatlari aniqlanib, faqat ingliz tilida aniqlovchi vazifasida kelishi dalillangan;
chog‘ishtirilayotgan tillarda head-bosh komponentli frazeologik birliklarning frazeologik polisemiya, frazeologik sinonimiya va frazeologik antonimiya kabi semantik xususiyatlari mavjudligi asoslangan;
ingliz va o‘zbek tillarida paremiologik birliklarda stilistik vositalar faol qo‘llanilishi sababli tilshunoslikka «paremiostilema» termini kiritilishi asoslangan;
ingliz va o‘zbek tillaridagi head-bosh komponentli frazeologik birliklarning struktural-semantik jihatdan izomorfik, ma’no va mazmun ko‘lamda allomorfik va urf-odat, madaniyatni namoyish etganligi kabi o‘ziga xos xususiyatlari isbotlangan.
Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Ingliz va o‘zbek tillarida head-bosh komponentli frazeologik birliklarning lingvomadaniy tahlili bo‘yicha olib borilgan tadqiqot natijalari asosida:
ingliz va o‘zbek tillarida head-bosh komponentli frazeologik birliklar barchasi sentensema tarkibida kelganda asosan, ega, kesim, to‘ldiruvchi vazifasida, faqat ingliz tilida aniqlovchi vazifasida kelishga oid xulosalaridan Samarqand davlat chet tillari institutining Evropa Ittifoqi tomonidan Erasmus + dasturining 2020-2021 yillarga mo‘ljallangan 561624-ERR-1-2015-UK-EPPKA2-CBHE-SP-ERASMUS + CBHE IMEP: «O‘zbekistonda oliy ta’lim tizimi jarayonlarini modernizatsiyalash va halqarolashtirish» nomli innovatsion tadqiqotlar loyihasida foydalanilgan (Samarqand davlat chet tillari institutining 2022 yil 24 maydagi 1305/30.02.01-son ma’lumotnomasi). Natijada, innovatsion tadqiqot loyihasi asosida o‘qituvchilarning lingvistik va kommunikativlik qobiliyatini oshirish, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik sohalaridagi bilimini oshirish hamda ta’lim tizimi jarayonini mustahkamlash va xalqarolashtirish maqsadida yaratilgan uslubiy qo‘llanmalar ishlab chiqishda yangi yondashuv sifatida mazkur tadqiqot ishidagi tahlil natijalaridan foydalanilgan;
chog‘ishtirilayotgan tillarda head-bosh komponentli frazeologik birliklarning semantik xususiyatlariga ko‘ra ularda frazeologik polisemiya, frazeologik sinonimiya va frazeologik antonimiya hodisalariga oid xulosalardan, shuningdek ingliz va o‘zbek tillarida pareimologik birliklar, jumladan, maqollarda stilistik vositalarni faol qo‘llanilishi kuzatilganligini hisobga olib tilshunoslikka «paremiostilema» termini kiritilishiga oid xulosalardan Samarqand davlat chet tillar institutida Evropa Ittifoqining TEMPUS dasturi 2020-2021- yillarga mo‘ljallangan Tempus Project 544161- TEMPUS-1-2013-1-UK-TEMPUS-JPCR Aston University DeTEL «Developing the Teaching of European Languages: Modernizing Language Teaching through the development of blended Masters Programmes» loyihasida foydalanilgan (Samarqand davlat chet tillari institutining 2022 yil 24 maydagi 1306/30.02.01-son ma’lumotnomasi). Natijada ishlab chiqilgan tavsiyalar institutning o‘quv jarayoni va xalqaro loyihalarini amalda oshirishda foydalanilgan;
ingliz va o‘zbek tillaridagi head-bosh komponentli frazeologik birliklarning struktural-semantik jihatdan izomorfik, ma’no va mazmun ko‘lamda allomorfik va urf-odat, madaniyatni namoyish etganligi kabi o‘ziga xos xususiyatlariga oid xulosalardan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi «O’zbekiston» teleradiokanali DM «Madaniy-ma’rifiy va badiiy eshittirishlar» muharririyati tomonidan tayyorlangan «Adabiy jarayon» va «Ta’lim va taraqqiyot» nomli radioeshittirishlarni tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining 2022 yil 03 martdagi 04-36-509-son ma’lumotnomasi). Natijada, ingliz va o‘zbek tillarida head-bosh komponentli frazeologik birliklarning izomorf, allomorf va o‘ziga xos xususiyatlari borasidagi bahs-munozaralarga oydinlik kiritilgan.