Bekmuratov Dilshod Qasimovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Belgilar va ob’ektlarning munosabatini baholashga asoslangan timsollarni tanib olish algoritmlari», 05.01.03 – «Informatikaning nazariy asoslari» (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.3.PhD/T2371.
Ilmiy rahbarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Mamatov Narzillo Solidjonovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Raqamli texnologiyalar va sun’iy intellektni rivojlantirish ilmiy-tadqiqot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Raqamli texnologiyalar va sun’iy intellektni rivojlantirish ilmiy-tadqiqot instituti, DSc.13/30.12.2021.T.142.01.
Rasmiy opponentlar: Mirzaev Nomaz, texnika fanlari doktori, katta ilmiy xodim; Dadaxanov Musoxon Xoshimxonovich texnika fanlari falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot nomi: Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi belgilar va ob’ektlarning munosabatini baholashga asoslangan timsollarni tanib olish algoritmlarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
o‘quv tanlanma sinflari xatosiz va xatoli ajralishini inobatga olgan holda timsollarni tanib olishda belgilangan sifat va ishonchlilikni ta’minlash uchun belgilar fazosi o‘lchamining yuqori chekli qiymatini aniqlash protsedurasi ishlab chiqilgan;
har bir sinfga xos bo‘lgan alohida belgilar va belgilar birikmasini inobatga olgan holda ularni turlarga ajratish qoidasi ishlab chiqilgan;
yuqori chekli qiymatga ega bo‘lgan belgilar fazosi asosida belgilar, belgilar birikmasini shakllantirish algoritmlari ishlab chiqilgan;
belgilangan sifat va ishonchlilikni inobatga olgan holda belgilar va ularni birikmasiga mos hal qiluvchi qoidalarni qurish algoritmlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: Belgilar va timsollarning munosabatini baholashga asoslangan timsollarni tanib olish algoritmlari asosida yaratilgan dasturiy majmua asosida:
o‘quv tanlanmadan har bir sinfga xos 3 ta tipli alohida belgilar fazosini hosil qilish algoritmlari asosida yaratilgan dasturiy majmua «O‘zbekiston temir yo‘llari» aksiyadorlik jamiyati logistikani rivojlantirish va raqamlashtirish Bosh boshqarmasida xodimlarni maxsus xonalarga kirish-chiqishini nazorat qilishda ikki omilli autentifikatsiyalash uchun joriy qilingan («O‘zbekiston temir yo‘llari» AJ 2022 yil 31 avgustdagi № 03/12-115-sonli ma’lumotnomasi). Natijada dasturiy majmua maxsus xonalarga kirish-chiqishni nazorat qilishda ikki omilli autentifikatsiyalash orqali ushbu xonalarning xavfsizlik darajasini oshirishni ta’minlaydi hamda kirish-chiqishni nazorat qilishga sarflanadigan vaqtni o‘rtacha 10% ga qisqartirish imkonini bergan;
o‘quv tanlanmadan har bir sinfga xos 2, 3-tipli belgilar birikmasining alohida belgilar bilan birgalikdagi fazosini hosil qilish algoritmlari asosida yaratilgan dasturiy majmua Texnika va texnologik nazorat boshqarmasi «Qamchiq» tonneli ishlarini koordinatsiyalash va boshqarish xizmatining kirish-chiqishini nazorat qilishda ikki omilli autentifikatsiyalash uchun joriy qilingan («O‘zbekiston temir yo‘llari» AJ 2022 yil 31 avgustdagi № 03/12-115-sonli ma’lumotnomasi). Natijada dasturiy majmua soxta yuz tasvirlarini aniqlashdagi aniqligi 95% dan kam bo‘lmagan yuz tasviri bo‘yicha shaxsni identifikatsiyalashda xavfsizlik darajasini aniqlashni yanada oshiradi hamda yuz tasviri bo‘yicha shaxsni identifikatsiyalashda xavfsizlik darajasini aniqlashga sarflanadigan vaqtini o‘rtacha 25% ga qisqartirishga, bu esa kirish-chiqish nazorat punktlarida xavfsiz o‘tkazish qobiliyatini 1,2 barobarga oshirish imkonini bergan.