Raxmatullaeva Anor Qayrullaevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtissoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i “Biologiyani o‘qitishda o‘quvchilar iqtidorini aniqlash mexanizmlarini takomillashtirish (8-9 sinflari misolida)”, 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (biologiya) (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.2.PhD/Ped2582.
Ilmiy tadqiqot ishi bajarilgan muassasa nomi: Chirchiq davlat pedagogika universiteti.
Ilmiy rahbar: Mardanov Shukurullo Qo‘ldoshevich, pedagogika fanlari doktori, professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Chirchiq davlat pedagogika universiteti, DSc.03/30.04.2021.Ped.82.03.
Rasmiy opponentlar: Ximmataliev Do‘snazar Omonovich, pedagogika fanlari doktori, professor; Qaraxonova Lobarxon Musoxonovna, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Qo‘qon davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi umumta’lim maktablarida biologiya fanini o‘qitishda iqtidorli o‘quvchilarni aniqlash mexanizmlarini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
biologiyani o‘qitish jarayonida iqtidorlilikni baholashning kognitiv, amaliy, diagnostik bosqichlari 8-9 sinf iqtidorli o‘quvchilar uchun fanni o‘zlashtirishni qulaylashtirishning intellektual, kommunikativ, kreativ va qayta aloqa mexanizmlarini differensial metodik kontekstda aniqlashtirish asosida takomillashtirilgan;
umumta’lim maktablarida biologiya fanini o‘qitish jarayonida o‘quvchilarda iqtidorlilikni aniqlash modeli dars, darsdan tashqari mashg‘ulotlar va mustaqil ish samaradorligini oshirishning o‘lchamlilik, shaxsga yo‘nalganlik kabi integrativ-diagnostik mezonlarini ochiqlik, shaffoflik kabi ob`ektiv monitoring tamoyillari bilan mobil-yaratuvchanlik munosabatida optimallashtirish asosida takomillashtirilgan;
o‘quvchilar iqtidorini biologiyadan fanga oid kompetensiyalar tahlilida aniqlash va rivojlantirishga yo‘naltirilgan didaktik ta’minot o‘quvchilarning mustaqil ishlarini tezkor baholash jarayonida QR kodli topshiriqlar, “Bilimdonlar o‘yini”, “Kahoot-it” va IQ testlaridan akademik-kreativ munosabatda foydalanish asosida takomillashtirilgan;
o‘quvchilarda iqtidor darajalarini baholashning kognitiv, kreativ va diagnostik mezonlari kreativlik, ilmiy tadqiqotlarga moyillik va shaxslararo munosabatlarning rivojlanganligini tahlil qilishning reglament, topshiriq murakkabligi, natijadorlik kabi kvalimetrik instrumentlarini fanni egallash va kasbga yo‘nalganlik muhitiga motivatsion-maqsadli yo‘nalganlikda kiritish asosida aniqlashtirilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Umumta’lim maktablarida biologiya fanini o‘qitish jarayonida o‘quvchilarning iqtidorini aniqlash mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
umumta’lim maktablarida biologiya fanini o‘qitish jarayonida o‘quvchilarda iqtidorlilikni aniqlash modeli dars, darsdan tashqari mashg‘ulotlar va mustaqil ish samaradorligini oshirishning o‘lchamlilik, shaxsga yo‘nalganlik kabi integrativ-diagnostik mezonlarini ochiqlik, shaffoflik kabi ob`ektiv monitoring tamoyillari bilan mobil-yaratuvchanlik munosabatida optimallashtirishga doir tavsiyalaridan “Biologiyani o‘qitish texnologiyalari va loyihalash” nomli o‘quv qo‘llanma ishlab chiqilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021 yil 25 dekabrdagi 538-son buyrug‘i). Natijada biologiya fanini o‘qitish jarayonida hamda darsdan tashqari o‘quv faoliyatda o‘quvchilarda mustaqil ishlash kompetensiyalarini takomillashtirish imkonini bergan, tirik organizmlar va hayvonot olamiga oid bilimlari rivojlantirilgan;
o‘quvchilarda iqtidor darajalarini baholashning kognitiv, kreativ va diagnostik mezonlari kreativlik, ilmiy tadqiqotlarga moyillik va shaxslararo munosabatlarning rivojlanganligini tahlil qilishning reglament, topshiriq murakkabligi, natijadorlik kabi kvalimetrik instrumentlarini fanni egallash va kasbga yo‘nalganlik muhitiga motivatsion-maqsadli yo‘nalganlikda kiritish asosidagi tavsiyalaridan T.N. Qori Niyoziy nomidagi O‘zbekiston pedagogika fanlari ilmiy tadqiqot institutida (2019-2021 yy.) bajarilgan I-OT-2019-8 “Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining tabiiy (fizika va biologiya) fanlari uchun yangi avlod elektron o‘quv metodik qo‘llanmalarini yaratish va o‘quv jarayoniga joriy etish” mavzusidagi innovatsion loyihani bajarishda foydalanilgan (T.N. Qori Niyoziy nomidagi O‘zbekiston pedagogika fanlari ilmiy tadqiqot institutining 2022 yil 1 noyabrdagi 01/15-09/250-son ma’lumotnomasi). Natijada o‘quvchilarning biologiyadan elektron ta’lim resurslaridan foydalanish imkoniyatlari oshirilgan hamda ularning tirik organizmlar olamiga oid bilim, ko‘nikma va malakalarini rivojlantirishga erishilgan;
biologiyani o‘qitish jarayonida iqtidorlilikni baholashning kognitiv, amaliy, diagnostik bosqichlari 8-9 sinf iqtidorli o‘quvchilar uchun fanni o‘zlashtirishni qulaylashtirishning intellektual, kommunikativ, kreativ va qayta aloqa mexanizmlarini differensial metodik kontekstda aniqlashtirishga oid taklif va tavsiyalaridan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasini “O‘zbekiston” teleradiokanalida efirga uzatilgan “Ta’lim va taraqqiyot”, “O‘zbekiston yoshlari” nomli dasturlar ssenariysini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasini 2022 yil 1 avgustdagi 04-36-1213-son ma’lumotnomasi). Natijada umumta’lim maktablarida o‘quvchilarning biologiya fanidan iqtidori aniqlangan va ularning tirik organizmlar olamiga oid bilimlari rivojlantirilgan.