Qo‘qonboeva Shaxlo Rafikjonovnaning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtissoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i “Bo‘lajak fizika o‘qituvchilarining kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirish metodikasi (mustaqil ta’lim va pedagogik amaliyot asosida)”, 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (fizika) (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.4.PhD/Ped2104.
Ilmiy tadqiqot ishi bajarilgan muassasa nomi: Qori Niyoziy nomidagi O‘zbekiston Pedagogika fanlari ilmiy-tadqiqot instituti.
Ilmiy rahbar: Turdiev Narziqul Sheronovich, fizika-matematika fanlari nomzodi, dotsent, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan xalq ta’limi xodimi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Chirchiq davlat pedagogika universiteti,  DSc.03/30.04.2021.Ped.82.03. 
Rasmiy opponentlar: Tursunov Ikromjon Gulamjonovich, fizika-matematika fanlari doktori, professor; Qurbanov Mirzaahmad, pedagogika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Andijon davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi bo‘lajak fizika fani o‘qituvchilarining kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
bo‘lajak fizika o‘qituvchilarining kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirishning pedagogik shart-sharoitlari fizika fanini o‘qitishning nazariy, amaliy va  ko‘chma mashg‘ulotlar, keyslar banki kabi didaktik birliklarini mustaqil ta’limning akademik o‘zlashtirish darajalariga asoslangan kasbiy safarbarlik muhitida qo‘llash asosida aniqlashtirilgan;
bo‘lajak o‘qituvchilarning kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirish modeli tabiat va jamiyat qonuniyatlarini yaxlitlikda anglashga yo‘naltirilgan tadqiqotchilik harakatlari uyg‘unligi tamoyilini “maktab laboratoriyasi”ni tashkil etish talablari tarkibiga akademik transformatsiya muhitida kiritish asosida takomillashtirilgan;   
bo‘lajak fizika o‘qituvchilarining kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirish metodikasi mustaqil ta’lim va pedagogik amaliyotning axborotli, shaxsiy tajribaga yo‘nalganlik kabi integrativ imkoniyatlarini mujassamlovchi “Individual kasbiy rivojlanish” dasturidan talabalarning shaxsiy kuzatuv tajriba traektoriyasini modellashtirish jarayonida o‘zini-o‘zi tahlil va rivojlantirish transformatsiyasida qo‘llanilishiga ko‘ra takomillashtirilgan;
fizika o‘qituvchisiga xos kasbiy kompetensiyalarni modulli o‘qitish asosida rivojlantirishning didatik ta’minoti umumiy va kasbiy kompetensiyalarning optimallashtirilgan elementlarini talabalarda intensiv shakllantirishni ta’minlovchi  o‘quv topshiriqlarini kasbiy loyihalar konsentratsiyasi jarayonida fizik hodisalarni qulay o‘zlashtirishga adaptivlashtirish asosida takomillashtirilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Bo‘lajak fizika o‘qituvchilarining kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirish bo‘yicha ilmiy tadqiqot natijalari asosida:
bo‘lajak fizika o‘qituvchilarining kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirishning pedagogik shart-sharoitlari fizika fanini o‘qitishning nazariy, amaliy va ko‘chma mashg‘ulotlar, keyslar banki kabi didaktik birliklarini mustaqil ta’limning akademik o‘zlashtirish darajalariga asoslangan kasbiy safarbarlik muhitida qo‘llashga doir takliflardan T.N. Qori Niyoziy nomidagi O‘zbekiston pedagogika fanlari ilmiy tadqiqot institutida (2015-2017 y y.) bajarilgan PZ-2014-0910185149 – Umumiy o‘rta ta’lim tizimida o‘quvchilarning kompetensiyalarini shakillantirishga yo‘naltirilgan ta’lim texnologiyalari (T.N. Qori Niyoziy nomidagi O‘zbekiston pedagogika fanlari ilmiy tadqiqot institutining 2022 yil 25 iyundagi 02-07-1721/04-son ma’lumotnomasi). Natijada, bo‘lajak fizika o‘qituvchilarining kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirish imkoniyatlari oshgan;
bo‘lajak o‘qituvchilarning kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirish modeli tabiat va jamiyat qonuniyatlarini yaxlitlikda anglashga yo‘naltirilgan tadqiqotchilik harakatlari uyg‘unligi tamoyilini “maktab laboratoriyasi”ni tashkil etish talablari tarkibiga akademik transformatsiya muhitida kiritish asosidagi tavsiyalardan O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasini «O‘zbekiston» teleradiokanalida efirga uzatilgan «Ta’lim va taraqqiyot», «O‘zbekiston yoshlari» nomli dasturlar ssenariysini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasining 2022 yil 13 iyundagi 04-36-892-son ma’lumotnoma). Natijada, mustaqil ta’lim va pedagogik amaliyot uchun ishlab chiqilgan metodik tavsiyalar bo‘lajak fizika o‘qituvchilari kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirishga xizmat qilgan;
bo‘lajak fizika o‘qituvchilarining kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirish metodikasi mustaqil ta’lim va pedagogik amaliyotning axborotli, shaxsiy tajribaga yo‘nalganlik kabi integrativ imkoniyatlariga asoslangan “Individual kasbiy rivojlanish” dasturidan talabalarning shaxsiy kuzatuv tajriba traektoriyasini modellashtirish jarayonida qiyosiy tahlilli qo‘llash hamda fizika o‘qituvchisiga xos kasbiy kompetensiyalarni modulli o‘qitish asosida rivojlantirishning didatik ta’minoti umumiy va kasbiy kompetensiyalarning optimallashtirilgan elementlarini talabalarda intensiv shakllantirishni ta’minlovchi  o‘quv topshiriklarini kasbiy loyihalar konsentratsiyasi jarayonida adaptivlashtirishga doir tavsiyalar T.N. Qori Niyoziy nomidagi O‘zbekiston pedagogika fanlari ilmiy tadqiqot institutida (2011-2012 yy.) bajarilgan XT-ID-1-002 raqamli «O‘qituvchilarning kasbiy mahorat va kompetentligini rivojlantirish mexanizmi» nomli loyiha doirasidagi vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (T.N. Qori Niyoziy nomidagi O‘zbekiston pedagogika fanlari ilmiy tadqiqot institutining 2022 yil 25 iyundagi 02-07-1721/04-son ma’lumotnomasi). Natijada, fizika fanini o‘qitish jarayonida talabalarning kasbiy faoliyatga tayyorgarligining rivojlanishiga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish