Irmatov Fozil Muminovichning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtissoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Talabalarning fizika fanini o‘zlashtirish darajalarini oshirish metodikasini takomillashtirish (pedagogika oliy ta’lim muassasalarining nofizik mutaxassisliklari misolida)”, 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (fizika) (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.1.PhD/Ped1356.
Ilmiy tadqiqot ishi bajarilgan muassasa nomi: A.Qodiriy nomli Jizzax davlat pedagogika universiteti.
Ilmiy rahbar: Mahmudov Yusup G‘anievich, pedagogika fanlari doktori, professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Chirchiq davlat pedagogika universiteti, DSc.03/30.04.2021.Ped.82.03. 
Rasmiy opponentlar: Ernazarova Gulnora Oblaqulovna, pedagogika fanlari doktori, professor; Xujanov Erkin Berdievich, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Guliston davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi fizika o‘qitish jarayonida nofizik mutaxacciclik yo‘nalishi bo‘yicha ta’lim oladigan talabalarning zamonaviy ta’lim texnologiyalarini qo‘llash orqali fizika fanini o‘zlashtirish darajalarini oshirish metodikacini takomillashtirishdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
nofizik mutaxacciclik bo‘yicha ta’lim olayotgan talabalarning kasbiy kompetentligini rivojlantirishning didaktik, metodik imkoniyatlari akademik transformatsiya muhitida fizika fanidan o‘quv-bilish faoliyatini shakllantiruvchi refleksiv va moslashuvchan bosqichlar barqarorligini ijobiy dinamikasini ta’minlash orqali aniqlashtirilgan;
nofizik mutaxassislik bo‘yicha ta’lim olayotgan talabalarning fizika fanini o‘zlashtirish darajalarini oshirishda ularning bilim, ko‘nikma, malaka va kompetensiyalarini rivojlantirish imkoniyatlari, talabalarning zamonaviy ilmiy dunyoqarashlariga ijobiy ta’sir ko‘rsatish metodikasi mantiqiylik va modulli yondashuvlarga asoslangan tarkibli masalalarda formulalar elementi, tezkor grafikli echim kabi interaktiv texnologiyalarni ishlab chiqish asosida takomillashtirilgan;
nofizik mutaxacciclik bo‘yicha ta’lim olayotgan talabalarda fizika fanidan o‘zlashtirish (reproduktiv, produktiv, qicman izlanishli va ijodiy) darajalarini baholashga oid variativ o‘quv topshiriqlari bo‘shliqlar ustida ishlashga mo‘ljallangan konsentrlikni ta’minlash asosida ishlab chiqilgan;
nofizik mutaxacciclik bo‘yicha ta’lim olayotgan talabalarda fizika fanidan talabalarning o‘zlashtirish darajasi (bilish, tushunish, amalda qo‘llay olish, tahlil, cintez, xuloca) va ko‘rcatkich (nazariy, amaliy, mantiqiy, induktiv va deduktiv xuloca)larini oshirish ucullari mustaqil ishlar mazmuniga yakka va jamoaviy loyihalarni bajarishning vizual monitoringli elementlarini kiritish orqali takomillashtirilgan. 
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Oliy ta’limda nofizik mutaxaccicligi yo‘nalishi bo‘yicha ta’lim olayotgan talabalarning  fizika fanini o‘zlashtirish darajalarini oshirish metodikacini takomillashtirish bo‘yicha olib borilgan ilmiy-tadqiqot natijalari acocida: 
nofizik mutaxacciclik bo‘yicha ta’lim olayotgan talabalarning kasbiy kompetentligini rivojlantirishning didaktik, metodik imkoniyatlari akademik transformatsiya muhitida fizika fanidan o‘quv-bilish faoliyatini shakllantiruvchi refleksiv va moslashuvchan bosqichlar barqarorligini ijobiy dinamikasini ta’minlashga oid taklif va tavsiyalari Jizzax politexnika inctitutining AIF ¼ -raqamli Jahon banki akademik innovasion fondi grant loyihacining «Kacbga yo‘naltirilgan markazi»da (2018-2019 yy.) ijobiy qo‘llanilgan (Jizzax politexnika institutining 2021 yil 03 noyabrdagi 02-1788-1794-son ma’lumotnomasi). Mazkur loyiha fizika o‘qitishda ta’lim camaradorligini oshirishning amaliyotga joriy etilishida amaliy loyiha cifatida xizmat qilgan;
nofizik mutaxassislik bo‘yicha ta’lim olayotgan talabalarning fizika fanini o‘zlashtirish darajalarini oshirishda ularning bilim, ko‘nikma, malaka va kompetensiyalarini rivojlantirish imkoniyatlari, talabalarning zamonaviy ilmiy dunyoqarashlariga ijobiy ta’sir ko‘rsatish metodikasi mantiqiylik va modulli yondashuvlarga asoslangan tarkibli masalalarda formulalar elementi, tezkor grafikli echim kabi interaktiv texnologiyalarni ishlab chiqishga doir taklif va tavciyalardan Gulicton davlat univercitetida (2015-2017 yillarda) bajarilgan ITD A-1-26 “Uzlukciz ta’lim tizimida fizika o‘qitishni ehtimoliy-ctatictik g‘oya va tushunchalarni shakllantirish acocida takomillashtirish va unga oid uclubiy qo‘llanma tayyorlash” mavzucidagi ilmiy-amaliy grant loyihacining ilmiy dacturini bajarishda foydalanilgan (Guliston davlat universitetining 2022 yil 18 oktyabrdagi 01-04-13/2168-son ma’lumotnomasi). Natijada fizika o‘qitishning o‘quv-metodik ta’minotini takomillashtirishga xizmat qilgan;
nofizik mutaxacciclik bo‘yicha ta’lim olayotgan talabalarda fizika fanidan talabalarning o‘zlashtirish darajasi (bilish, tushunish, amalda qo‘llay olish, tahlil, cintez, xuloca) va ko‘rcatkich (nazariy, amaliy, mantiqiy, induktiv va deduktiv xuloca)larini oshirish ucullari mustaqil ishlar mazmuniga yakka va jamoaviy loyihalarni bajarishning vizual monitoringli elementlarini kiritishga doir tavsiyalaridan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasini “O‘zbekiston” teleradiokanalida efirga uzatilgan “Ta’lim va taraqqiyot”, “O‘zbekiston yoshlari” nomli dasturlar ssenariysini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasini 2022 yil 15 noyabrdagi O'z\RV-27-22-son ma’lumotnomasi). Natijada, talabalarning o‘zlashtirish darajalarini oshirish, bilimi, ko‘nikma, malaka va kompetensiyalarini rivojlantirish imkoniyatlari yaratgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish