Egamberdieva Aziza Mustafaevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Yoshlarda faol fuqarolik pozisiyasi va tashabbuskorlikni kuchaytirishda milliy g‘oyaning o‘rni», 09.00.05 – Milliy g‘oya targ‘iboti texnologiyalari (falsafa fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.3.PhD/Fal495.
Ilmiy rahbar: G‘aybullaev Otabek Muxammadievich, falsafa fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Navoiy davlat pedagogika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: O‘zbekiston Milliy universiteti, DSc.03/30.12.2019.F.01.14.
Rasmiy opponentlar: Ergashev Ibodulla, siyosiy fanlar doktori, professor; Abdullaeva Nasiba Bo‘ronovna, falsafa fanlar doktori, professor. 
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy-amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Yangi O‘zbekiston yoshlari ongida faol fuqarolik pozisiyasi va tashabbuskorlikni oshirishda mafkuraning integratsiyalovchi kuch sifatidagi ahamiyatini ochib berish va ularni takomillashtirishga yo‘nalgan targ‘ibot texnologiyalarining rolini asoslashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
yoshlar fuqarolik pozisiyasi va shaxsiy tashabbuslarining davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlanishida pragmatik-normativ, plyuralistik, deterministik xususiyatlarini namoyon bo‘lishi Yangi O‘zbekistonda ijtimoiy barqarorlik kafoloti hamda ular ongida vatanparvarlik, kelajakka ishonch tuyg‘usini shakllantirish omili ekanligi ochib berilgan;
davlat boshqaruvi tizimida amalga oshirilayotgan islohotlarning ratsional, sinergetik, dinamik darajalarini aks etishi yoshlarda fuqarolik pozisiyasi va tashabbuskorlikni oshirish, daxldorlik va vatanparvarlik tuyg‘usini shakllantirish, kasbiy kamolotga erishishning ijtimoiy ma’naviy  vositasi ekanligi asoslangan; 
fuqarolik pozisiyasi va tashabbuskorlik yangilanishlar jarayonida tadbirkorlik, ishbilarmonlik muhitining yoshlar dunyoqarashida kelajak istiqbollarini belgilash, shaxsiy manfaatlarning davlat manfaatlari bilan mutanosibligini ta’minlash va amaldagi qonun normalariga rioya qilishning muhim jihati ekanligi ochib berilgan;  
ommaviy axborot vositalaridan yoshlarning fuqarolik pozisiyasi va tashabbuskorligini davlat tomonidan rag‘batlantirishning mexanizmlari sifatida foydalanish, buzg‘unchi g‘oyalar ta’siriga tushgan yoshlarning ijtimoiy tarmoqlaridagi xabarlarni saralash, tanlash va ulardan foydalanish vositalarini takomillashtirishda ma’naviy-mafkuraviy, axborotli himoya bo‘lib, yoshlar ijodiy salohiyati kasbiy mahoratini oshirish  omili ekanligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Yoshlarda faol fuqarolik pozisiyasi va tashabbuskorlikni kuchaytirishda milliy g‘oyaning tutgan o‘rnini asoslash bo‘yicha olib borilgan tadqiqot natijalari asosida:
yoshlar fuqarolik pozisiyasi va shaxsiy tashabbuslarining davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlanishida pragmatik-normativ, plyuralistik, deterministik xususiyatlarini namoyon bo‘lishi Yangi O‘zbekistonda ijtimoiy barqarorlik kafoloti hamda ular ongida vatanparvarlik, kelajakka ishonch tuyg‘usini omili ekanligiga oid xulosalardan Milliy g‘oya, huquq ta’limi va ma’naviyat asoslari bakalavr ta’lim ijtimoiy-falsafa yo‘nalishida «Milliy g‘oya» nomli o‘quv qo‘llanma yaratishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 2 martdagi 89-03-914-son ma’lumotnomasi). Natijalar, qo‘llanma mazmunini boyitish, yoshlarda faol fuqarolik pozisiyasi va tashabbuskorlikni kuchaytirishda milliy g‘oyaning tutgan o‘rniga doir umumfalsafiy tavsiyalarni ishlab chiqishga xizmat qilgan;
davlat boshqaruvi tizimida amalga oshirilayotgan islohotlarning ratsional, sinergetik, dinamik darajalarini aks etishi yoshlarda fuqarolik pozisiyasi va tashabbuskorlikni oshirish, daxldorlik va vatanparvarlik tuyg‘usini shakllantirish, kasbiy kamolotga erishishning ijtimoiy ma’naviy  vositasi ekanligiga oid xulosalardan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 20170930369 raqamli «Globallashuv sharoitida tinchlik va barqarorlikka tahdid soluvchi g‘oyaviy, mafkuraviy va axborot xurujlariga qarshi kurashishning zamonaviy mexanizm va texnologiyalarini yaratish» amaliy loyihasida foydalanilgan (Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2020 yil 5 martdagi 02/022-238-son ma’lumotnomasi). Natijalar yoshlarning tinchlik va barqarorlikka tahdid soluvchi turli g‘oyaviy, mafkuraviy va axborot xurujlariga qarshi zamonaviy yondashuvlar va texnologiyalardan foydalanishda siyosiy hushyorlikga amal qilishiga xizmat qilgan;
fuqarolik pozisiyasi va tashabbuskorlik yangilanishlar jarayonida muhim omil sifatida yoshlar dunyoqarashida kelajak istiqbollarini belgilash, shaxsiy manfaatlarning davlat manfaatlari bilan mutanosibligini ta’minlash va  amaldagi qonun normalariga rioya qilishning muhim jihati ekanligiga oid xulosalardan O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Samarqand viloyat bo‘limining 2021 yilga mo‘ljallangan ish rejasining loyihasini tuzishda foydalanilgan (O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasining 2021 yil 23 noyabrdagi 02/022-238-son ma’lumotnomasi). Natijalar, yoshlarning kitobxonlik tanlovlarida yuqori darajada ishtirok etish, o‘zining shaxsiy pozisiyasini himoya qilish va ijodiy fikrlash malakalarini egallashiga xizmat qilgan;   
ommaviy axborot vositalaridan yoshlarning fuqarolik pozisiyasi va tashabbuskorligini davlat tomonidan rag‘batlantirishning mexanizmlari sifatida foydalanish, buzg‘unchi g‘oyalar ta’siriga tushgan yoshlarning ijtimoiy tarmoqlaridagi xabarlarni saralash, tanlash va ulardan foydalanish vositalarini takomillashtirishda ma’naviy-mafkuraviy, axborotli himoya bo‘lib, yoshlar ijodiy salohiyati kasbiy mahoratini oshirish  omili ekanligiga oid xulosalardan O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar agentligi faoliyatida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar agentligining 2022 yil 13 yanvardagi 3-13-23-87-son ma’lumotnomasi). Natijalar yoshlarning ommaviy axborot vositalari, ijtimoiy tarmoqlardagi  ma’lumotlarni saralash, tanlash va ulardan foydalanish malakalarini shakllantirishda tanqidiy yondashuvining shakllanishiga xizmat qilgan (O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar agentligining 2022 yil 13 yanvardagi 3-13-23-87-son ma’lumotnomasi). Natijalar yoshlarning ommaviy axborot vositalari, ijtimoiy tarmoqlardagi  ma’lumotlarni saralash, tanlash va ulardan foydalanish malakalarini shakllantirishda tanqidiy yondashuvining shakllanishiga xizmat qilgan. 

Yangiliklarga obuna bo‘lish