Tagirova Mashxura Amiriddinovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Nano- va mikroqobiqlarda antioksidant fermentlarni immobillash», 02.00.04 - Fizik kimyo, 02.00.12 - Nanokimyo, nanofizika va nanotexnologiya (kimyo fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.3.PhD/K451.
Ilmiy rahbarlar: Muxamadiev Nurali Qurbonalievich, kimyo fanlari doktori, professor; Klyachko Natal`ya L`vovna, kimyo fanlari doktori, professor. 
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat universiteti. 
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat universiteti huzuridagi PhD.03/30.12.2019.K.02.05 raqamli ilmiy kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengash. 
Rasmiy opponentlar: Sidiqov Abdujalol Sidiqovich, kimyo fanlari doktori, professor; Ishanqulov Alisher Farmonovich, kimyo fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston milliy universiteti. 
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: immobillangan antioksidant fermentlar bilan katalazaning SLEAs mikrosferalari hamda nano o‘lchamli zarrachalarning olinish usullarini ishlab chiqish va ularning fizik-kimyoviy xossalarini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
vaterit matrisasi asosida katalaza SLEAs olinish usullari ishlab chiqildi va mikrozarrachalarning barqarorligini ta’minlashning maqbul sharoitlari aniqlangan;
mCat-SLEAs mikrosferalariga va nanozarracha yuzasida kovalent immobillangan ferment molekulasining konformatsiyasi va faolligiga quyi chastotali o‘zgaruvchan magnit maydonining ta’siri aniqlangan;
vaterit, katalaza, SS-Cat, Cat-SLEAs, mCat-SLEAs tizimlar hosil qilgan qo‘sh elektrik qavatlarning ξ-potensiallar qiymati mos ravishda  +9,16±0,42, -8,04±0,31, -20,50±0,86, -13,01±0,50 va -9,50±0,22 mV ga tengligi topilgan;
vodorod peroksidning katalaza bilan parchalanish reaksiyasi Mixaelis-Menten tenglamasiga bo‘ysunishi va reaksiya uchun KM=3,338, ϑmax=1719 mol/(l·s) ga tengligi asoslangan;
sintez qilingan biferment nanozarrachalarning gidrodinamik diametriga bufer tabiati va konsentratsiyasi, pH va fermentlarning boshlang‘ich molyar nisbatining ta’siri aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Nano- va mikrosferalarda antioksidant fermentlarni immobillash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
Cat-SLEAs va mCat-SLEAs vaterit mikrosferalari Moskva davlat universitetining “Nanomateriallar kimyoviy dizayni” laboratoriyasida dorivor preparatlarni etkazishda qo‘llanilgan (Moskva davlat universiteti huzuridagi “Nanozim” MChJning 2022 yil 12-oktyabrdagi 221012-son ma’lumotnomasi). Natijada, dori vositalarini maqsadli etkazib berish imkonini bergan;
superoksiddismutaza va katalazaning bienzim kompleksi “Direkt Kvant Texnolodji” MChJda amaliyotga joriy etilgan (“Direkt Kvant Texnolodji” MChJning 2022 yil 18 oktyabrdagi 22-10-18/DKT-son ma’lumotnomasi). Natijada, quyonlarda quruq ko‘z sindromini davolashning imkoniyati yaratilgan;
SOD1+katalaza kompleksi va katalaza bilan magnitli nanozarrachalar  kompleksini olish usullari “Integra DD” O‘zbekiston-Bolgariya qo‘shma korxonasida amaliyotga joriy etilgan (“Integra DD” O‘zbekiston-Bolgariya qo‘shma korxonasining 2022 yil 11 apreldagi 75-son ma’lumotnomasi). Natijada, B vitaminlarining nanokomplekslarini olish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish