Mo‘minova Ma’suda Baxtiyarovnaning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Tijorat banklari aktiv va passiv operatsiyalarini innovatsion boshqarish metodologiyasini takomillashtirish», 08.00.07 – Moliya, pul muomalasi va kredit (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.3.DSc/Iqt257.
Ilmiy maslahatchi: Karimov Norboy G‘anievich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/10.12.2019.I.16.01.
Rasmiy opponentlar: Alimardonov Ilxom Muzrobshoxovich, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent; Xoshimov Elmurod Abdusattorovich, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent; To‘raev Shavkat Shuxratovich, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Toshkent moliya instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi tijorat banklarida aktiv va passiv operatsiyalarni innovatsion boshqarish metodologiyasini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy-uslubiy taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
bank operatsiyalarini boshqarishda tijorat banki tarkibida innovatsion laboratoriya tashkil etish orqali tijorat banklarining moliya bozori ishtirokchilari bilan integratsiyasini takomillashtirish taklifi asoslangan;
tijorat banklari aktiv va passivlarini likvidlilik, daromad, risk tavsifi, muddatiga ko‘ra I (yuqori), II (o‘rta) va III (past) darajalardagi optimal allokatsiyasini shakllantirish orqali transformatsiya riskining oldini olish taklifi ilmiy asoslangan;
bank tizimida innovatsion mahsulotlardan foydalanish hamda bank tizimi innovatsion infratuzilmasi darajasi orqali hisoblab chiqilgan bank tizimi innovatsion indeksi asosida moliya sektorida davlat aktivlari ulushini pasaytirish orqali kreditlar hajmini 50 foizgacha oshirish hamda umidsiz kreditlar hajmini 17 foizga qadar pasaytirish taklifi asoslangan;
tijorat banklari aktiv va passiv operatsiyalarini innovatsion boshqarishda asosan yirik mijozlarni jalb etishni ko‘zda tutuvchi Privat banking tizimi tarkibiga kiruvchi bank xizmatlarining nisbatan moslashuvchan to‘plamini joriy etish orqali mijozlarni jalb etish va bank daromadlarini ko‘payish taklifi asoslangan;
innovatsion bank indeksining dasturiy, pessimistik va optimistik variantlari asosida 2026 yilga qadar prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Tijorat banklari aktiv va passiv operatsiyalarni innovatsion boshqarish metodologiyasini takomillashtirish bo‘yicha ishlab chiqilgan ilmiy takliflar va amaliy tavsiyalar asosida:
bank operatsiyalarini boshqarishda tijorat banki tarkibida innovatsion laboratoriya tashkil etish orqali tijorat banklarining moliya bozori ishtirokchilari bilan integratsiyasini takomillashtirish taklifi XAB «Trastbank» ni «Aktiv va passivlarni boshqarish» qo‘mitasining assosiy yo‘nalishlarini ishlab chiqishda foydalanilgan («Trastbank» xususiy aksiyadorlik bankining 2022 yil 5 apreldagi 01-2/1036-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning amaliyotga tatbiqi natijasida «Trastbank» xususiy aksiyadorlik bankining aktivlari darajasi 2021 yilda 2020 yilga nisbatan 8,3 foizga oshib 79 861 mlrd. so‘mni tashkil etgan;
tijorat banklari aktiv va passivlarini likvidlilik, daromad, risk tavsifi, muddatiga ko‘ra I (yuqori), II (o‘rta) va III (past) darajalardagi optimal allokatsiyasini shakllantirish orqali transformatsiya riskining oldini olish taklifi XAB «Trastbank» ni «Aktiv va passivlarni boshqarish» qo‘mitasi faoliyatining asosiy yo‘nalishlarini ishlab chiqishda foydalanilgan («Trastbank» xususiy aksiyadorlik bankining 2022 yil 5 apreldagi 01-2/1036-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning amaliyotga tatbiqi natijasida «Trastbank» xususiy aksiyadorlik bankining kreditlari 2020 yilda 2019 yilga nisbatan 1,2 foizga oshgani holda 65 598 mlrd. so‘mni, depozitlari 1 foizga oshgani holda 17 194 mlrd. so‘mni tashkil etgan;
bank tizimida innovatsion mahsulotlardan foydalanish hamda bank tizimi innovatsion infratuzilmasi darajasi orqali hisoblab chiqilgan bank tizimi innovatsion indeksi asosida moliya sektorida davlat aktivlari ulushini pasaytirish orqali kreditlar hajmini 50 foizgacha oshirish hamda umidsiz kreditlar hajmini 17 foizga qadar pasaytirish taklifi ATB «O‘zsanoatqurilishbank» ni faoliyatiga joriy qilingan («O‘zsanoatqurilishbank» aksiyadorlik tijorat bankining 2022 yil 19 apreldagi 17-06/2362-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga tatbiq etilishi natijasida bank passivlari tarkibida depozitlar salmog‘i 2021 yilda 2020 yilga nisbatan 1,3 foiz bandga oshib 11 437 mlrd. so‘mni tashkil etgan;
tijorat banklari aktiv va passiv operatsiyalarini innovatsion boshqarishda asosan yirik mijozlarni jalb etishni ko‘zda tutuvchi Privat banking tizimi tarkibiga kiruvchi bank xizmatlarining nisbatan moslashuvchan to‘plamini joriy etish orqali mijozlarni jalb etish va bank daromadlarini ko‘payish taklifi XAB «Trastbank» ni «Aktiv va passivlarni boshqarish» qo‘mitasi faoliyatining asosiy yo‘nalishlarini ishlab chiqishda foydalanilgan («Trastbank» xususiy aksiyadorlik bankining 2022 yil 5 apreldagi 01-2/1036-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning amaliyotga tatbiqi natijasida «Trastbank» xususiy aksiyadorlik bankining kapitali 2021 yilda 2020 yilga nisbatan 1 foizga oshib 13 873 mlrd. so‘mni tashkil etgan;
innovatsion bank indeksining dasturiy, pessimistik va optimistik variantlari asosida 2026 yilga qadar prognoz ko‘rsatkichlari ATB «O‘zsanoatqurilishbank» faoliyatiga joriy etilgan («O‘zsanoatqurilishbank» aksiyadorlik tijorat bankining 2022 yil 19 apreldagi 17-06/2362-son ma’lumotnomasi). Bu esa istiqbolda ATB «O‘zsanoatqurilishbank» ning prognoz ko‘rsatkichlarini shakllanishiga hamda qiyosiy taqqoslash imkoniyatlarini baholashga xizmat qilgan.