Egamberdieva Nafisa Mustafaevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Alisher Navoiy badiiy-estetik merosining yoshlar dunyoqarashini yuksaltirishdagi ahamiyati”, 09.00.02 - Ong, madaniyat va amaliyot shakllari falsafasi (estetika) (falsafa fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.3.PhD/Fal475.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Navoiy davlat pedagogika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti, DSc.03/30.12.2019.F.02.02.
Ilmiy rahbar: G‘aybullaev Otabek Muxammadievich, falsafa fanlari doktori, professor.
Rasmiy opponentlar: Abdullaeva Nasiba Bo‘ronovna, falsafa fanlar doktori (DSc), dotsent; Tursunkulova Shaxnoza Tuychievna, falsafa fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD). 
Yetakchi tashkilot: Qarshi davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Alisher Navoiy badiiy-estetik merosining tarbiyaviy ahamiyati, yoshlar estetik dunyoqarishini yuksaltirishga qaratilgan nazariy-metodologik negizlar va konseptual asoslarini ishlab chiqishdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Alisher Navoiy badiiy-estetik merosidan o‘rin olgan go‘zallik, ulug‘vorlik, kulgililik, mo‘’jizaviylik, hayolilik singari umuminsoniy estetik kategoriyalari rivojlanishi dinamikasida yuzaga keladigan o‘zaro aloqadorlikning yoshlar dunyoqarashini yuksaltirishdagi korrelyasion ta’siri falsafiy jihatdan ochib berilgan;
Alisher Navoiy badiiy-estetik merosini shakllanishida birlamchi omil bo‘lgan badiiy-g‘oyaviy muhit va qulay ijtimoiy-tarixiy shart-sharoitlar (tipologik, qiyosiy, biografik, germenevtik)ning axloqiy-estetik idealni boyitishdagi aksiologik mohiyatini transformatsiyalashning kreativ ahamiyati ochib berilgan;
Alisher Navoiy ijodida badiiy-estetik mazmundagi asarlarni zamonaviylashtirish (usullari, vositalari, tizimlari)ning adabiy-estetik va ijtimoiy-falsafiy holati, bu jarayondagi ilmiy-uslubiy kamchiliklarning (ilmiy, ta’limiy, tashkiliy) falsafiy mazmundagi mafkuraviy immunitetni shakllanishi tabiati, siyosiy jarayonlardagi faoliyati, g‘oyaviy-ilmiy sabablari ochib berilgan; 
Alisher Navoiy nasriy asarlari badiiy-estetik boyligini yoshlar ongiga singdirishning konstruktiv (bunyodkorlik) ta’sirida vujudga keladigan bugungi zamonaviy ijtimoiy muhitdagi g‘oyaviy-badiiy va adabiy merosning umumestetik xususiyatlari (go‘zallik, ezgulik, haqiqat) bilan bog‘liqligi falsafiy jihatdan dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Alisher Navoiy badiiy-estetik merosining yoshlar dunyoqarashini yuksaltirishdagi ahamiyatini o‘rganish bo‘yicha ishlab chiqilgan takliflar asosida:
Alisher Navoiy badiiy-estetik merosidan o‘rin olgan go‘zallik, ulug‘vorlik, kulgililik, mo‘’jizaviylik, hayolilik singari umuminsoniy estetik kategoriyalari rivojlanishi dinamikasida yuzaga keladigan o‘zaro aloqadorlikning yoshlar dunyoqarashini yuksaltirishdagi korrelyasion ta’siri falsafiy jihatdan ochib berilganligiga oid taklif va tavsiyalardan Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazining PZ-20170930386 raqamli “O‘zbekistonda milliy qadriyatlar, diniy bag‘rikenglik, o‘zaro mehr-oqibat muhitini mustahkamlash va ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirishda falsafiy merosning o‘rnini ilmiy tadqiq etish asosida O‘zbekiston falsafasi tarixi (3 tomlik o‘zbek tilida) kitobining III tomini nashrga tayyorlash” mavzusidagi amaliy grant loyihasi ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazining 2021 yil 1 iyuldagi 20/08-818-son ma’lumotnomasi). Natijada, yoshlarning Alisher Navoiy badiiy-estetik merosiga ixlosmandlik tuyg‘ulari oshirishiga olib kelgan va shoirning badiiy-estetik tarbiyaga oid qarashlaridan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarda foydalanish imkoniyatlari kengaytirilishiga xizmat qilgan;
Alisher Navoiy badiiy-estetik merosini shakllanishida birlamchi omil bo‘lgan badiiy-g‘oyaviy muhit va qulay ijtimoiy-tarixiy shart-sharoitlar (tipologik, qiyosiy, biografik, germenevtik)ning axloqiy-estetik idealni boyitishdagi aksiologik mohiyatini transformatsiyalashning kreativ ahamiyatiga oid taklif va tavsiyalardan O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Samarqand viloyat bo‘limining 2021 yilga mo‘ljallangan loyihasini tuzishda, shu asosda 2021 yilda o‘tkazilgan “Kitobxon faol yoshlar”, “Zamonaviy virtual olamda yoshlarning mutoala madaniyati” va “She’riyatxonlik kechasi” tadbirlarining ssenariylarini tuzishda foydalanilgan (O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasining 2021 yil 22 noyabrdagi  01-03/1394-son ma’lumotnomasi). Natijada, yoshlar o‘rtasida Alisher Navoiy nasriy asarlarining g‘oyaviy-badiiy va estetik xususiyatlarini o‘rganishning ilmiy-nazariy asoslarini mustahkamlashga xizmat qilgan;
Alisher Navoiy ijodida badiiy-estetik mazmundagi asarlarni zamonaviylashtirish (usullari, vositalari, tizimlari)ning adabiy-estetik va ijtimoiy-falsafiy holati, bu jarayondagi ilmiy-uslubiy kamchiliklarning (ilmiy, ta’limiy, tashkiliy) falsafiy mazmundagi mafkuraviy immunitetni shakllanishi tabiati, siyosiy jarayonlardagi faoliyati, g‘oyaviy-ilmiy sabablari ochib berilganligiga oid taklif va tavsiyalardan O‘zbekiston Milliy universitetida bajarilgan OT-A1-98 raqamli “Jamiyatni isloh etish va modernizatsiyalash jarayonida estetik tarbiyani rivojlantirishning milliy asoslari” mavzusidagi amaliy loyihasini bajarishda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy universitetining 2021 yil 15 sentyabrdagi 04-11-2846-son ma’lumotnomasi). Natijada, Alisher Navoiy badiiy-estetik qarashlarining ta’lim va tarbiya jarayonida foydalanishning shakl, uslub va vositalarini ochib berishga xizmat qilgan;
Alisher Navoiy nasriy asarlari badiiy-estetik boyligini yoshlar ongiga singdirishning konstruktiv (bunyodkorlik) ta’sirida vujudga keladigan bugungi zamonaviy ijtimoiy muhitdagi g‘oyaviy-badiiy va adabiy merosning umumestetik xususiyatlari (go‘zallik, ezgulik, haqiqat) bilan bog‘liqligi falsafiy jihatdan dalillanganligiga oid tavsiyalardan Samarqand viloyati teleradiokompaniyasining 2021 yil 7 iyun` kuni efirga uzatilgan “Navoiyga ehtirom” ko‘rsatuvining ssenariysini tuzishda foydalanilgan (Samarqand viloyati teleradiokompaniyasining 2021 yil 17 iyundagi 09-09/259-son ma’lumotnomasi). Natijada, yoshlarni Alisher Navoiy badiiy-estetik merosi bilan yaqindan tanishtirish hamda davlat idoralari va jamoatchilik institutlarini mutafakkir badiiy-ijodiy merosini o‘rganish bo‘yicha o‘zaro hamkorlik aloqalarini yanada mustahkamlashga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish