Navruzov Ernazar Botirovichning

falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Paxta yog‘i tarkibidagi gossipol miqdorini me’yorlashtirishni gigienik asoslash», 14.00.07–Gigiena (tibbiyot fanlari).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.2.PhD/Tib242

Ilmiy rahbar: Xudayberganov Anatoliy Sagatbaevich, tibbiyot fanlari doktori, professor.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Sanitariya gigiena va kasb kasalliklari ilmiy-tadqiqot instituti.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent tibbiyot akademiyasi, DSc.27.06.2017.Tib.30.03.

Rasmiy opponentlar: Ponomareva Lyudmila Aleksandrovna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Zaredinov Damir Arifovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.

Yetakchi tashkilot: Toshkent pediatriya tibbiyot instituti.

Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.

II. Tadqiqotning maqsadi: mamlakatimiz aholisining ovqatlanishida paxta yog‘ining ahamiyati hamda paxta yog‘idagi erkin gossipolning organizmga zaharli ta’sirini gigienik baholash va miqdorini me’yorlashtirishdan iborat.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

organizmning organ va tizimlarining faoliyatini, oqsillar, yog‘ va karbonsuvlar almashuvini boshqarish va faoliyatini oshirishga qaratilgan ovqat biologik faol qo‘shimchalarni ishlab chiqarish va me’yorlashtirishga qo‘yilgan sanitar-gigienik me’yor qoidalar ishlab chiqilgan;

aholini sog‘lom va xavfsiz oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlash, ularning tarkibidagi ovqat qo‘shimchalarni me’yorlashtirish va xavfsizligini ta’minlashga qo‘yilgan sanitar-gigienik qoida va me’yorlar ishlab chiqilgan;

turli xil tajriba hayvonlari uchun gossipolning zaharli xususiyatlarining me’yori miqdori, gossipolning zaharli ta’sir ko‘rsatish mexanizmi uning zaharlilik va o‘ziga xos ta’siri darajasining parametri isbotlangan;

gossipolning qoldiq miqdori paxta yog‘i xavfsizlik mezonlarining gigienik me’yorlari jumlasiga kiritishning zarurligi tibbiy-biologik jihatdan isbotlangan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.

Paxta yog‘i tarkibidagi gossipol miqdorini me’yorlashtirishni gigienik asoslash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar:

organizmning organ va tizimlarining faoliyatini, shuningdek karbonsuvlar, yog‘lari va oqsillar almashuvining boshqarish va faoliyatini oshirishga qaratilgan tibbiy biologik faol moddalar bilan ta’minlashni nazorat qilishga qaratilgan «Ovqatga biologik faol qo‘shimchalarni ishlab chiqarish va me’yorlashtirishga qo‘yilgan gigienik talablar» tasdiqlangan (0258-08-sonli SanQvaM) tasdiqlangan. Mazkur qonuniy hujjat aholining salomatligida salbiy o‘zgarishlarni keltirib chiqarmaydigan biologik faol ovqat qo‘shimchalarini ishlab chiqish, iste’mol miqdori, saqlash va tarqatish talablari bo‘yicha sanitariya me’yor va qoidalarini takomillashtirishga xizmat qilgan;

aholining sog‘lom va xavfsiz oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlash, ularning tarkibidagi ovqat qo‘shimchalarni me’yorlashtirish va xavfsizligini ta’minlash maqsadida «Oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligiga qo‘yilgan gigienik talablar» tarkibida tasdiqlangan (0283-10-sonli SanQvaM) tasdiqlangan. Mazkur takliflar oziq-ovqat mahsulotlari tarkibida mavjud bo‘lgan mikotoksinlar, zamburug‘lar, og‘ir metall tuzlari va vitaminlarning iste’molga yaroqlilik miqdori, saqlash  va tarqatish talablari bo‘yicha sanitariya me’yor va qoidalarini takomillashtirishga xizmat qilgan;

aholining turli qatlamlari orasida tashqi muhit salbiy omillar ta’sirini kamaytirish va kasalliklar oldini olish bo‘yicha ishlab chiqilgan takliflar «Ovqat qo‘shimchalarini ishlab chiqarish va me’yorlashtirishga qo‘yilgan gigienik talablar» (0296-11-sonli SanQvaM) tasdiqlangan. Mazkur takliflar  paxta moyini ishlab chiqarishda qo‘llaniladigan texnologik qo‘shimchalar me’yorlarini takomillashtirishga xizmat qilgan;

paxta yog‘ining xavfsizligi belgilangan gigienik talablar uni tozalash, neytrallashtirish, hidsizlantirish jarayonida uning sifatini yaxshilash va buzilishining oldini olish bo‘yicha ishlab chiqilgan «Paxta yog‘ining xavfsizligini ta’minlashga bo‘lgan gigienik talablar» uslubiy qo‘llanmasi sog‘liqni saqlash amaliyotiga joriy qilingan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2017 yil 4 oktyabrdagi 8n-d/30-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy qo‘llama paxta yog‘i tarkibida gossipolning 0,1 mg/kg darajada ilmiy asoslangan yo‘l qo‘yilishi mumkin bo‘lgan miqdorini  ta’minlashga xizmat qilgan;

paxta yog‘i tarkibidagi gossipol miqdorini me’yorlashtirishni gigienik asoslash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar respublika Davlat sanitariya epidemiologiya nazorati markazlari, «O‘zbekoziqovqatxolding» xolding kompaniyasi korxonalarining, «Yog‘ tahlil servis» MChJning ish faoliyatiga joriy qilingan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2017 yil 6 dekabrdagi 8n-z/47-son ma’lumotnomasi). Olingan ilmiy natijalarning amaliyotga joriy qilinishi oziq-ovqat mahsulotlari sifati va xavfsizligiga gigienik talablar bo‘yicha me’yoriy-huquqiy bazani takomillashtirish, paxta yog‘ining sifati va xavfsizligini nazorat qilishni yaxshilash, aholi orasida alimentar kasalliklar rivojlanishining tahlikasini pasaytirish, sog‘lom ovqatlanish masalalari bo‘yicha gigienik bilimlari darajasini oshirish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish