Nazirova Raxnamoxon Muxtorovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Mahalliy xomashyo asosida fosfor, kaliyli va azot, fosfor, kaliyli murakkab o‘g‘itlar olishning intensiv texnologiyasini ishlab chiqish», 02.00.13–Noorganik moddalar va ular asosidagi materiallar texnologiyasi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.3.PhD/T384.
Ilmiy rahbar: Tadjiev Sayfitdin Muxitdinovich, kimyo fanlari nomzodi, katta ilmiy xodim.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Umumiy va noorganik kimyo instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasalar nomi, IK raqami: Umumiy va noorganik kimyo instituti, Toshkent kimyo-texnologiya instituti, DSc.27.06.2017.K/T.35.01.
Rasmiy opponentlar: Namazov Shafoat Sattarovich, texnika fanlari doktori, professor; Nurmurodov To‘lqin Isamurotovich, texnika fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Namangan muhandislik-texnologiya instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: yuqori karbonatli MQ fosforitlarini qayta ishlab, yuqori samaradorlikka ega bo‘lgan konsentrlangan va ozuqa moddalari zarur nisbatdagi murakkab fosfor-kaliyli va azot-fosfor-kaliyli o‘g‘itlar olish texnologiyalarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
fosfat xomashyosini 75-93% konsentrlangan sul`fat kislota bilan parchalash jarayonini jadallashtirishning optimal ko‘rsatkichlari aniqlangan;
MQ fosforitlarini sul`fat va nitrat kislota eritmalari bilan parchalanish mahsulotlari, kaliy xlorid, ammoniy sul`fat, karbamid va ammoniy nitrat asosida PK- va NPK-o‘g‘itlar olishning texnologik rejimlari ishlab chiqilgan;
fosforitlarni parchalanish mahsulotlarini dastlabki neytrallash, kaliy va azotli o‘g‘itlar bilan aralashtirishda o‘zaro ta’sirlashuv sodir bo‘lmaydi va o‘g‘itlarning o‘ziga xosligi saqlanib qolishi isbotlangan;
yuqori karbonatli MQ fosforitlarini sul`fat va nitrat kislota eritmalari bilan parchalanish mahsulotlarini kaliy xlorid va azotli o‘g‘itlar bilan aralashtirish orqali PK- va NPK-o‘g‘itlar olish texnologiyalari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Yuqori karbonatli MQ fosforitlaridan PK- va NPK-o‘g‘itlar olish texnologiyasini ishlab chiqishning ilmiy natijalari asosida:
PK- o‘g‘it olishning samarador texnologiyasi «Samarqandkimyo» AJ amaliyotiga joriy etilgan («O‘zkimyosanoat» AJning 2018 yil 11 yanvardagi 01/3-158/P-son ma’lumotnomasi). Natijada hosidorlik 2–3 barobar oshish imkoniyatini bergan;
NPK-o‘g‘it olishning intensiv texnologiyasi «Samarqandkimyo» AJ amaliyotiga joriy etilgan ((«O‘zkimyosanoat» AJning 2018 yil 11 yanvardagi 01/3-158/P-son ma’lumotnomasi). Natijada 6,8 ming tonna o‘g‘it ishlab chiqarilib, murakkabo‘g‘itlar ishlab chiqarish hajmini 1,4 martaga oshirish imkonini bergan;
mahalliy xomashyo asosida ratsional texnologiya bilan donador murakkab o‘g‘itlar olish bo‘yicha IX-Respublika innovatsion g‘oyalar, texnologiyalar va loyihalar yarmarkasida «Elektrximzavod» AJ bilan 915/1-son xo‘jalik shartnomasi tuzilgan (2016 yil 12 may 915 raqam bilan ro‘yxatga olingan). Natijada fosfat xomashyosini parchalanish jarayoni 10–15 sutkadan 20–30 daqiqagacha qisqarib, qishloq xo‘jaligi ekinlari uchun tarkibida barcha ozuqa moddalari tutgan donador o‘g‘itlar olish imkoniyatini bergan.