Ashurova Nasiba Batirovnaning

fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Barqaror iqtisodiy o‘sishni ta’minlashda soliqqa tortish mexanizmini takomillashtirish», 08.00.07–Moliya, pul muomalasi va kredit (iqtisodiyot fanlari).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.2.DSc/Iqt44.

Ilmiy maslahatchi: Tashmatov Shuxrat Amonovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Navoiy davlat konchilik instituti.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi va Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.27.06.2017.I.15.01.

Rasmiy opponentlar: Olimjonov Odil Olimovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Toshmurodova Buvsara Egamovna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Al`mardonov Muxammadi Ibragimovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.

Yetakchi tashkilot: G.V.Plexanov nomidagi Rossiya iqtisodiyot universiteti Toshkent shahar filiali.

Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.

IITadqiqotningmaqsadi: O‘zbekistonda iqtisodiy o‘sish barqarorligini ta’minlashda tadbirkorlik sub’ektlari faoliyatini soliqqa tortish mexanizmini takomillashtirishga qaratilgan nazariy-uslubiy hamda amaliy yo‘naltirilgan taklif va tavsiyalarni ishlab chiqishdan iborat.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

soliqlarni hisoblash va undirish mexanizmini maqbullashtirishda soliq hisobotlarini kameral nazoratdan o‘tkazish jarayonida tadbirkorlik sub’ektlari tomonidan aniqlashtirilgan soliq hisobotlari taqdim etish tartibi takomillashtirilgan;

tadbirkorlik sub’ektlarining nooziq-ovqat iste’mol tovarlari bilan ichki bozorni ta’minlashdagi rolini oshirish va ichki bozordagi ushbu mahsulotlarga bo‘lgan talabni qondirish maqsadida nooziq-ovqat iste’mol tovarlari ishlab chiqarishning kengaytirilishini rag‘batlantirish bo‘yicha berilgan soliq imtiyozlarining muddatini uzaytirish zaruriyati asoslangan;

real sektor korxonalarida soliq imtiyozlari bo‘yicha bo‘shayotgan mablag‘lardan maqsadli foydalanishni ta’minlash va mahalliylashtirish dasturi bo‘yicha berilgan soliq imtiyozlari hisob siyosatining yuritilishi natijasida mahsulot tannarxini pasaytirishga erishilgan;

tadbirkorlik sub’ektlariga soliq imtiyozlari taqdim etish natijasida bo‘shagan mablag‘larni jamlash hamda ularni zarur investisiya miqdoriga etgunga qadar kelgusi davrga o‘tkazish yo‘li bilan ishlab chiqarishni modernizatsiyalash va texnologik yangilashga yo‘naltirish taklifi asoslangan;

tadbirkorlik sub’ektlarini soliqqa tortishda qo‘shilgan qiymat solig‘ining xususiyatlari, uni hisoblash usuli va byudjet daromadlarini shakllantirish borasidagi ilmiy-nazariy qarashlar bo‘yicha mustaqil mualliflik yondashuvi ishlab chiqilgan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.

Barqaror iqtisodiy o‘sishni ta’minlashda soliqqa tortish mexanizmini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:

raqobatbardosh yuqori sifatli mahalliy nooziq-ovqat iste’mol tovarlari ishlab chiqarishni ko‘paytirish va turlarini kengaytirishni rag‘batlantirish, ichki iste’mol bozorini to‘yintirish, tayyor nooziq-ovqat tovarlari ishlab chiqaruvchi yangi mahalliy korxonalarni tashkil etish hamda mavjudlarini modernizatsiyalash, texnik va texnologik jihatdan qayta jihozlash, buning asosida bandlikni ta’minlash, aholi daromadlari va farovonlik darajasini oshirish maqsadida soliq imtiyozlarining amal qilish muddatlarini uzaytirish yuzasidan berilgan takliflar soliqqa tortish amaliyotiga tatbiq etilgan (Davlat soliq qo‘mitasining 2016 yil 26 iyuldagi 16/1-15839-son ma’lumotnomasi). Buning natijasida 2016 yil birinchi yarim yillik ma’lumotlariga ko‘ra, respublika bo‘yicha berilgan imtiyozlardan foydalanuvchi tadbirkorlik sub’ektlarining soni o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 341 taga ko‘payib, 32,1 mln. so‘m miqdordagi soliq imtiyozlari sifatidagi qo‘shimcha mablag‘larning mazkur sub’ektlar ixtiyorida qoldirilishi va faoliyatlarini rivojlantirish uchun qayta investisiya qilinishiga zamin yaratgan;

tadbirkorlik sub’ektlari tomonidan taqdim etilgan soliq hisobotlarining kameral nazorat natijalari bo‘yicha aniqlashtirilgan soliq hisobotini topshirishdagi mas’uliyatini oshirish yuzasidan tafovutlar kelib chiqqanda tavofutni yuzaga kelish asoslarini yoki aniqlashtirilgan soliq hisobotini belgilangan muddatda taqdim etmaganda soliq to‘lovchining banklardagi hisob varaqlari bo‘yicha operatsiyalarni to‘xtatib turish to‘g‘risidagi ariza bilan sudga murojaat qilish bo‘yicha huquqni soliq idoralariga berish taklifi amaliyotga joriy etilgan (Davlat soliq qo‘mitasining 2016 yil 26 iyuldagi 16/1-15839-son ma’lumotnomasi). Natijada aniqlashtirilgan soliq hisobotlarini belgilangan muddatda taqdim etmaydigan soliq to‘lovchilarning soni o‘tgan yilning mos davriga nisbatan keskin kamayib, 288 tani tashkil etdi. O‘z navbatida kameral nazorat natijasida davlat byudjetiga 128,0 mln. so‘m qo‘shimcha mablag‘lar tushumiga erishilgan;

xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarga soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar bo‘yicha bo‘shagan mablag‘larni muayyan maqsadlarga yo‘naltirish sharti bilan berilgan imtiyozlar miqdorini jamlash hamda jamlangan summani ishlab chiqarishni modernizatsiyalash va texnik hamda texnologik yangilash uchun zarur investisiya miqdoriga etgunga qadar kelgusi davrga o‘tkazish taklifi amaliyotga joriy etilgan (Davlat soliq qo‘mitasining 2012 yil 20 avgustdagi 16/1-086-son ma’lumotnomasi). Buning natijasida korxona uchun zarur bo‘lgan yangi texnika va texnologiyani o‘zi xohlagan vaqtda sotib olish imkoniyati yaratilgan;

mahalliylashtirish davlat dasturi bo‘yicha mahsulot ishlab chiqaruvchi korxonalarda tannarxni pasaytirishga va maqsadi ko‘rsatilmagan soliq imtiyozlari bo‘yicha bo‘shayotgan mablag‘lar hisobini yuritishga doir amaliy takliflar iqtisodiyotning real sektor korxonalarida amaliyotga joriy etilgan («Navoiyazot» aksiyadorlik jamiyatining 2016 yil 10 iyundagi 14-4011-son va «Sho‘rtanneftegaz» unitar sho‘’ba korxonasining 2012 yil 12 iyundagi ma’lumotnomalari). Natijada soliq imtiyozlaridan to‘g‘ri foydalanish hisobiga ushbu korxonalar ixtiyorida qoldiriladigan foyda hajmining tegishli ravishda 273,0 mln. so‘m hamda 32,4 mln. so‘mga oshishiga erishilgan;

tadbirkorlik sub’ektlarini soliqqa tortishda qo‘shilgan qiymat solig‘ining xususiyatlari, uni hisoblash usuli va byudjet daromadlarini shakllantirish borasidagi ilmiy-nazariy qarashlar «Yuridik shaxslarni soliqqa tortish» fani bo‘yicha darslikka kiritilgan (15.08.2012 y.; №332/1). Mazkur ilmiy natijalardan darslikda foydalanish tadbirkorlik sub’ektlarini soliqqa tortishda qo‘shilgan qiymat solig‘ining o‘ziga xos xususiyatlarini ochib berishga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish