Xakimov Sherali Qo‘zievichning

falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Bolalar va o‘smirlarda ko‘krak qafasi girdobsimon deformatsiyasini davolashning yoshga bog‘liq xususiyatlari», 14.00.22–Travmatologiya va ortopediya (tibbiyot fanlari).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.1.PhD/Tib99.

Ilmiy rahbar: Xodjanov Iskandar Yunusovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Respublika ixtisoslashtirilgan travmatologiya va ortopediya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Akademik V.Vohidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi va Toshkent tibbiyot akademiyasi, DSc.27.06.2017.Tib.49.01.

Rasmiy opponentlar: Akilov Xabibulla Ataullaevich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Djuraev Ahrorbek Mahmudovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.

Yetakchi tashkilot: «Sibir` davlat tibbiyot universiteti» oliy ta’lim federal davlat byudjet ta’lim muassasasi (Rossiya Federatsiyasi).

Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.

II. Tadqiqotning maqsaditashxislash va jarrohlik yo‘li bilan davolash usullarini takomillashtirish orqali bolalar va o‘smirlarda ko‘krak qafasi girdobsimon deformatsiyasini davolash natijalarini yaxshilashdan iborat.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

turli yosh guruhlariga mansub bolalar ko‘krak qafasi girdobsimon deformatsiyasida respirator tizim funksional buzilishlari shakllanishining patogenetik mexanizmlari aniqlangan;

girdobsimon nuqson sohasi elastikligining to‘rt parametrlari ko‘rsatkichlari tahlili asosida ko‘krak qafasi girdobsimon deformatsiyasini optimal tashxislash usuli ishlab chiqilgan;

bolalar yoshi, girdobsimon nuqson sohasi elastikligi va to‘sh suyagi rotatsiyasi darajasiga qarab, ko‘krak qafasi girdobsimon deformatsiyasi differensiallashgan davolash taktikasini tanlash uchun davolash-taktika algoritmi ishlab chiqilgan;

ko‘krak old devori rel`efining ideal qayta tiklanish prognozini yaxshilash va ko‘ks a’zolari anatomo-funksional imkoniyatlarini normallashtirish uchun yangi endofiksatordan foydalangan holda D. Nuss operatsiyasi modifikatsiyasi ishlab chiqilgan;

to‘sh-qovurg‘a kompleksini birvarakayiga barqaror fiksatsiyalovchi hamda bemorlarni jarrohlik amaliyotidan so‘ng funksional reabilitatsiyasini amalga oshirish imkonini beruvchi qurilma takomillashtirilgan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.

Ko‘krak qafasi girdobsimon deformatsiyasi mavjud bolalarda kasallikni tashxislash va davolash natijalarini yaxshilash bo‘yicha olib borilgan ilmiy tadqiqot natijalari asosida:

ishlab chiqilgan «Girdobsimon ko‘krak qafasini davolash qurilmasi» uchun Intellektual mulk agentligining foydali modelga patenti olingan (2013 yil, FAP 00825). Ko‘krak qafasi girdobsimon deformatsiyasi bo‘lgan bemorlarni jarrohlik yo‘li bilan davolash uchun taklif etilgan differensiallashgan usullarni qo‘llash va modifikatsiyalangan endofiksatordan foydalanish statsionar davolash muddatini 12 dan 8 kungacha qisqartirish va amaliyotdan keyingi asoratlarni 10% ga kamaytirish imkonini bergan;

bemorlar yoshi, patologik jarayon turi va og‘irlik darajasini hisobga olib, «Ko‘krak qafasi girdobsimon deformatsiyasini tashxislash va davolash taktikasini tanlash uchun dastur» ishlab chiqilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2016 yil 11 apreldagi 8N-d/25-son ma’lumotnomasi). Taklif etilgan davolash-profilaktika chora-tadbirlar majmuasi asoratlar ulushini hamda mazkur doiradagi bemorlarni davolash va reabilitatsiya qilishga sarflanadigan xarajatlarni kamaytirish imkonini bergan;

ko‘krak qafasi girdobsimon deformatsiyasi bo‘lgan bolalarda kasallikni tashxislash va davolash natijalarini yaxshilash yuzasidan olib borilgan dissertatsiya ishi natijasida olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash amaliyoti, xususan, Respublika ixtisoslashtirilgan travmatologiya va ortopediya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi va Navoiy viloyat bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining davolash-maslahat amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2016 yil 11 apreldagi 8N-d/25-son ma’lumotnomasi). Jarrohlik usuli bilan davolash hamda ko‘krak qafasi girdobsimon deformatsiyasi sohasi elastikligi ko‘rsatkichlari, to‘sh suyagi rotatsiyasi darajasi va bolalar yoshini inobatga olib ko‘rsatmalar ishlab chiqish qoniqarsiz natijalar ulushini 15% ga kamaytirish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish