Usmonov Shuxrat Urazali o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Oyoq ortopedik kasalliklari bilan og‘rigan bolalarda osteoporozni tashxislash va davolash», 14.00.22–Travmatologiya va ortopediya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.1.PhD/Tib98.
Ilmiy rahbar: Djuraev Axrorbek Maxmudovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Respublika ixtisoslashtirilgan travmatologiya va ortopediya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Akademik V.Vohidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi va Toshkent tibbiyot akademiyasi, DSc.27.06.2017.Tib.49.01.
Rasmiy opponentlar: Shotursunov Shoxaydar Shoalievich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Zolotova Natal`ya Nikolaevna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Rossiya Federatsiyasi Sog‘liqni saqlash vazirligi G.I. Turner nomli bolalar ortopedik ilmiy-tekshirish instituti federal davlat byudjet muassasasi (Rossiya Federatsiyasi).
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: oyoq ortopedik kasalliklari bo‘lgan bolalarda osteoporoz va osteopeniyaning chastotasi va kechish xususiyatlarini o‘rganish va ularni kompleks tashxislash, davolash va profilaktika usullarini optimallashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
tug‘ma va orttirilgan ortopedik kasalliklarning suyak asoratlari bo‘yicha amaliyotlardan so‘ng qo‘llaniluvchi oyoqlar immobilizatsiyasi uchun moslama ishlab chiqilgan;
bolalarning yoshi va jinsiga bog‘liq ravishda oyoqlar osteoporoz bilan kasallanish chastotasi o‘rganilgan hamda tug‘ma va orttirilgan ortopedik kasalliklarda suyak asoratlarining rivojlanish ehtimolligi aniqlangan;
suyak asoratlari shakllanishining yetakchi xavf omillari va patogenetik mexanizmlari, klinik shakllari va ularning kechish xususiyatlari aniqlangan, shular asosida osteoporoz profilaktikasi va korreksiyasining optimal taktikalari ishlab chiqilgan;
oyoq ortopedik kasalliklari bo‘lgan bolalarda kal`siy-fosfor almashinuvi holati o‘rganilgan va suyak to‘qimasi mineral zichligi baholangan;
bolalarda oyoq ortopedik patologiyasini hisobga olgan holda osteoporozning ishchi tasnifi ishlab chiqilgan;
eksperimental tekshiruvda kal`siydoks-antidiatezin preparati ta’sirida postimmobilizatsion osteoporozda suyak to‘qimasi regeneratsiyasining muddatlari belgilangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Oyoq ortopedik kasalliklari bo‘lgan bolalarda osteoporoz va osteopeniyani davolash natijalarini yaxshilashga bag‘ishlangan tadqiqot bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
ishlab chiqilgan «Oyoqlar immobilizatsiyasi uchun moslamasi»ga Intellektual mulk agentligining foydali modelga patenti olingan (2017 yil, FAP 01225). Taklif etilgan moslamani tug‘ma va orttirilgan ortopedik kasalliklarning suyak asoratlari bo‘yicha qo‘llash oyoqlar adekvat fiksatsiyasiga erishish va bolalarni erta faollashtirish imkonini bergan;
oyoqlar tug‘ma va orttirilgan ortopedik kasalliklari bo‘lgan bolalarda osteoporozning ishlab chiqilgan tashxislash mezonlari va konservativ davolash va profilaktika usullari, shuningdek, val`gus deformatsiyalari va suyak to‘qimasi mineral zichligi kamayganida taktikani tanlash algoritmi uslubiy qo‘llanmalar shaklida sog‘liqni saqlash amaliyotiga tatbiq etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2017 yil 9 noyabrdagi 8n-d/48-son ma’lumotnomasi). Taklif etilgan davolash-profilaktika chora-tadbirlari majmuasi asoratlar chastotasini qisqartirish, ushbu bemorlar guruhini davolash va reabilitatsiyasiga xarajatlarni kamaytirish imkonini bergan;
oyoq ortopedik kasalliklari bo‘lgan bolalarda osteoporoz va osteopeniyani davolash natijalarini yaxshilash bo‘yicha bajarilgan dissertatsiya ishining olingan ilmiy natijalari sog‘liqni saqlash amaliy faoliyatiga, xususan, Respublika ixtisoslashtirilgan travmatologiya va ortopediya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining «Bolalar ortopediyasi» bo‘limi, Respublika bolalar ortopediya markazi, Buxoro va Xorazm viloyat ko‘p tarmoqli kasalxonalari amaliy faoliyatiga (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2017 yil 15 noyabrdagi 8n-d/56-son ma’lumotnomasi) tatbiq etilgan. Oyoq ortopedik kasalliklari bo‘lgan bolalarda osteoporoz va osteopeniyani tashxislash va davolashga taklif etilgan kompleks yondashuvning qo‘llanishi davolashning «yaxshi» natijalar chastotasini 29,3% dan 72,6% gacha yaxshilash imkonini bergan.