Juraev Boxodir Turdalievichning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “XVI – XVIII asr o‘rtalarida Buxoro xonligining tarixshunosligi”,  07.00.01 – O‘zbekiston tarixi (tarix fanlari). 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.4.PhD/Tar393.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Termiz davlat universiteti.
Ilmiy rahbar: Tursunov Saypulla Narzullaevich, tarix fanlari doktori, professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa, IK raqami: Termiz davlat universiteti, PhD.03/30.12.2019.Tar.78.02.
Rasmiy opponentlar: G‘afforov Shokir Safarovich, tarix fanlari doktori, professor; Pardaev Toshkentboy Rajabovich, tarix fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi XVI-XVIII asr o‘rtalarigacha bo‘lgan davrda xonlik ijtimoiy va ma’naviy hayotidagi o‘zgarishlarni, xonlikning tarixshunosligi hamda o‘ziga xos xususiyatlarini ochib berishdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Buxoro xonligida hukmronlik qilgan shayboniylar va ashtarxoniylar sulolalaridan farq qiluvchi xonlikning hududiy joylashuvi, siyosiy boshqaruvi, dehqonchilik, chorvachilik, hunarmandchilik, harbiy tizimi, diniy muassasalari kabilar faoliyati dalillangan;
Shayboniylar, Boburiylar va Safaviylar o‘rtasidagi siyosiy munosabatlar, Ko‘chkunchixon, Abu Said, Ubaydullaxon hamda Abdullaxon II haqidagi ma’lumotlarning Seydi Rais, Antonio Jenkinson, Ivan Xoxlov kabi chet ellik tadqiqotchilar tomonidan yoritilganligi, Balx va uning atrofidagi hududlar “Balx davlati”, “Balx sultonligi”, “Balx xonligi” haqidagi vaqf hujjatlari, me’moriy obidalari, elchilik hujjatlari asosida aniqlangan; 
Eron shohi Tahmasb bilan savdo-sotiq va elchilik sohalarida diplomatik munosabatlarning kuchayganligi, Rossiya davlatining Buxoro, Balx, Xiva xonliklari bilan savdo-iqtisodiy va elchilik aloqalarini yo‘lga qo‘yganligi, tilla suvi yuritilgan po‘lat va mis tulunboslar, «iyakdan tikilgan va oltin qadalgan» sovutlar Buxoroda ishlab chiqarilganligi dalillangan; 
Buxoro xonligida hunarmandchilikning tikuvchilik, kulolchilik, temirchilik, qurolsozlik, zargarlik, qog‘oz va ganchkorlik san’ati, gulkorlik va naqqoshlik hunarlari, shuningdek, mineralogiya, o‘simlikshunoslik, muhandislik, irrigatsiya va melioratsiya, fiqhshunoslik, tilshunoslik kabi fanlarning taraqqiy etganligi aniqlangan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. “XVI-XVIII asr o‘rtalarida Buxoro xonligining tarixshunosligi” mavzusini o‘rganish yuzasidan to‘plangan ma’lumotlar asosida:
Buxoro xonligida hukmronlik qilgan shayboniylar va ashtarxoniylar sulolalaridan farq qiluvchi xonlikning hududiy joylashuvi, siyosiy boshqaruvi, dehqonchilik, chorvachilik, hunarmandchilik, harbiy tizimi, diniy muassasalari kabilar faoliyati hamda Eron shohi Tahmasb bilan savdo-sotiq va elchilik sohalarida diplomatik munosabatlarning kuchayganligi, Rossiya davlatining Buxoro, Balx, Xiva xonliklari bilan savdo-iqtisodiy va elchilik aloqalarini yo‘lga qo‘yganligi, tilla suvi yuritilgan po‘lat va mis tulunboslar, «iyakdan tikilgan va oltin qadalgan» sovutlar Buxoroda ishlab chiqarilganligi kabi ma’lumotlardan O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston tarixi” kanali ko‘rsatuvlari ssenariylarini yaratishda foydalanilgan (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston tarixi” kanalining 2022 yil 6 apreldagi 06-39-753-son ma’lumotnomasi). Bu esa Shayboniylar, Boburiylar va Safaviylar, Ko‘chkunchixon, Abu Said, Ubaydullaxon hamda Abdullaxon II lar hamda Movarounnahr va Shimoliy Afg‘onistondagi ijtimoiy-siyosiy holat haqidagi ma’lumotlarni aniqlashga xizmat qilgan; 
Shayboniylar, Boburiylar va Safaviylar o‘rtasidagi siyosiy munosabatlar, Ko‘chkunchixon, Abu Said, Ubaydullaxon hamda Abdullaxon II haqidagi ma’lumotlarning Seydi Rais, Antonio Jenkinson, Ivan Xoxlov kabi chet ellik tadqiqotchilar tomonidan yoritilganligi, Balx va uning atrofidagi hududlar “Balx davlati”, “Balx sultonligi”, “Balx xonligi” haqidagi vaqf hujjatlari, me’moriy obidalari, elchilik hujjatlari asosida aniqlanganligi hamda Buxoro xonligida hunarmandchilikning tikuvchilik, kulolchilik, temirchilik, qurolsozlik, zargarlik, qog‘oz va ganchkorlik san’ati, gulkorlik va naqqoshlik hunarlari, shuningdek, mineralogiya, o‘simlikshunoslik, muhandislik, irrigatsiya va melioratsiya, fiqhshunoslik, tilshunoslik kabi fanlarning taraqqiy etganligi kabi ma’lumotlardan  O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi faoliyatida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022 yil 18 fevraldagi 89-02-222-son ma’lumotnomasi). Natijada, Buxoro xonligi davrida ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy hayotdagi muhim voqea-hodisalarni o‘rganishga, ushbu manbalardan qadimgi va o‘rta asrlar davri hamda Buxoro xonligining ijtimoiy-iqtisodiy xo‘jalik tarixi, diplomatik munosabatlari yuksalganligini ilmiy-tarixiy jihatdan xolisona yoritishga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish