Madatov Ravshan Mamasolievichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Klaster yondashuv asosida “Rivojlanish biologiyasi”ni o‘qitish metodikasini takomillashtirish”, 13.00.02 – Ta’lim tarbiya nazariyasi va metodikasi (biologiya) (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.3.PhD/Ped3810.
Ilmiy rahbar: Saparov Kalandar Abdullaevich, biologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat pedagogika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Qoraqalpoq davlat universiteti, PhD.03/30.12.2019.V.20.04.
Rasmiy opponentlar: Maxmudov Yusup G‘anievich, pedagogika fanlari doktori, professor; Serekeeva Gulayim Abdigalievna, biologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Jizzax davlat pedagogika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi klaster yondashuv asosida “Rivojlanish biologiyasi”ni o‘qitish metodikasini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
pedagogika oliy ta’lim muassasalarida o‘qitiladigan “Rivojlanish biologiyasi”ni xorijiy, MDH davlatlari va mamlakatimizda klaster yondashuv asosida o‘qitish sifati va samaradorligi ochib berilgan;
talabalarning kasbiy kompetentligini rivojlantirishda klaster yondashuv modeli ishlab chiqilgan va tadqiqiy tekshirilgan hamda ochiq kodli dasturiy ta’minot tizimi  (tahlil, dizayn, marketing va boshqalar) ishlab chiqilgan;
“Rivojlanish biologiyasi”ni klaster yondashuv asosida o‘qitishda fanlar integratsiyasini amalga oshirish metodikasi  takomillashtirilgan;
“Rivojlanish biologiyasi” bo‘yicha klaster yondashuvga asoslangan dars ishlanmalari yaratilgan va amaliyotga joriy etilgan, olingan natijalarni matematik statistika metodlari yordamida tahlil qilgan holda bo‘lajak biologiya o‘qituvchilari kasbiy kompetentligini takomillashtirishga oid ilmiy asoslangan xulosa va tavsiyalar ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Pedagogika oliy ta’lim muassasalarida “Rivojlanish biologiyasi”ni klaster yondashuv asosida o‘qitish metodikasini takomillashtirishga oid olingan ilmiy natijalar asosida:
xorijiy, MDH davlatlari va mamlakatimizda klaster yondashuv asosida o‘qitishning natijadorlik darajasi tahliliga oid takliflar “Rivojlanish biologiyasi” darsligi mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021 yil 18 avgustdagi 356-son buyrug‘i, 356/7-006-raqamli nashr guvohnomasi). Natijada, talabalarning “Rivojlanish biologiyasi”dan integratsiya va klaster yondashuv asosida o‘zlashtirgan bilim, ko‘nikma, malaka va kompetensiyalarini amalda qo‘llay olishini rivojlantirish imkoniyatlari kengaytirilgan;
talabalarning kasbiy kompetentligini shakllantirishda klaster yondashuv modelini ishlab chiqish va tadqiqiy tekshirish hamda ochiq kodli dasturiy ta’minot tizimini  (tahlil, dizayn, marketing va boshqalar) ishlab chiqishga oid takliflardan PZ-20170923121 – “Ta’lim muassasalarida hamkorlik asosida pedagogik faoliyatni rivojlantirish” amaliy loyihasi doirasida belgilangan vazifalarni bajarishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi Vazirligi, Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining 2022 yil 10 avgustdagi 02-07-2126/04-son dalolatnomasi). Natijada, talabalarning bilim, ko‘nikma, malaka va kompetensiyalarini rivojlantirish hamda ta’lim samaradorligini oshirish imkoniyati yaratilgan;
“Rivojlanish biologiyasi”ni klaster yondashuv asosida o‘qitishga qaratilgan ishlanmalarni yaratish va amaliyotga tatbiq etish orqali olingan natijalar matematik statistika metodlari yordamida tahlil qilingan, klaster yondashuvga asoslangan holda bo‘lajak biologiya o‘qituvchilari kasbiy kompetentligini takomillashtirishga oid ilmiy asoslangan takliflar PZ-20170923121 raqamli “Ta’lim muassasalarida hamkorlik asosida pedagogik faoliyatni rivojlantirish” nomli amaliy loyiha doirasida belgilangan vazifalarni bajarishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi Vazirligi, Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti 2022 yil 10 avgustdagi 02-07-2126/04-son dalolatnomasi). Natijada, rivojlanish biologiyasi bo‘yicha klaster yondashuvga asoslangan dars ishlanmalarni yaratish va amaliyotga tatbiq etish imkoniyati kengaytirilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish