Xoliqov Suyunjon Xamroqul o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Bo‘lg‘usi matematika o‘qituvchilarini tayyorlash jarayonida differensial tenglamalar modulini o‘qitish metodikasini takomillashtirish», 13.00.02 – Ta`lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (matematika) (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1.PhD/Ped2126.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Navoiy davlat pedagogika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Matematika instituti huzuridagi DSc.02/30.12.2019.FM.86.01 raqamli Ilmiy kengash asosida tuzilgan bir martalik Ilmiy kengash.
Ilmiy rahbar: Durdiev Durdimurod Qalandarovich, fizika-matematika fanlari doktori, professor. 
Rasmiy opponentlar: Karimov Erkinjon Turdimovich, fizika-matematika fanlari doktori, katta ilmiy xodim; Barakaev Murod, pedagogika fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Case-Studu texnologiyasi tamoyillari asosida bo‘lg‘usi matematika o‘qituvchilarini tayyorlash jarayonida differensial tenglamalarni o‘qitish samaradorligini oshirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
differensial tenglamalar modulini o‘qitishda talabalarning kommunikativ qobiliyatini rivojlantirish hamda turli vaziyatlarda muammolarni echish ko‘nikmasini shakllantirish algoritmi axborot texnologiyalari vositalari va o‘qitish texnologiyalari asosida takomillashtirilgan; 
oliy ta’lim tashkilotlarida differensial tenglamalar modulidan ma’ruza mashg‘ulotlarining o‘quv-tashkiliy tuzilmasi axborot texnologiyalari vositalari va Sase-Studu texnologiyasi o‘quv bosqichlari, hamda kreativ kompetentligiga ko‘ra integrasiyalash asosida takomillashtirilgan; 
oliy ta’lim tashkilotlarida o‘qitiladigan differensial tenglamalar moduli Sase-Studu texnologiyasi yordamida amaliy mashg‘ulotlar samaradorligi oshirilgan;
differensial tenglamalarga oid misol va masalalarni echishga mo‘ljallangan matematik amaliy paketlar va Sase-Studu texnologiyasi asosida talabalarning kompetensiyasini shakllantirish bo‘yicha ilmiy - metodik tavsiyalar ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarini joriy qilinishi. Bo‘lg‘usi matematika o‘qituvchilarini tayyorlash jarayonida differensial tenglamalar modulini o‘qitish metodikasini takomillashtirish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
differensial tenglamalar modulini o‘qitishda talabalarning turli vaziyatlarda muammolarni echish ko‘nikmasini shakllantirish algoritmidan OT-F4-02 rakamli «Matematik fizikaning holatlar to‘plami cheksiz bo‘lgan modellari termodinamikasi» mavzusidagi fundamental loyihada Bernulli, Rikkati, Lagranj, Klero teglamalarini echishda foydalanilgan (Buxoro davlat universitetining 2021yil 15 oktyabrdagi 01-2579-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijaning qo‘llanishi differensial tenglamalar modulini o‘qitishdagi metodik muammolarni bartaraf qilish imkonini bergan; 
Case-Study texnologiyasi asosida tayyorlangan differensial tenglamalar modulidan Chirchiq davlat pedagogika instituti va Navoiy davlat pedagogika institutlarida dars ishlanmalari sifatida  foydalanilgan (O‘zbekiston pedagogika ilmiy-tadqiqot instituti Qoraqalpog‘iston filiali 2022 yil 27 apreldagi 101-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijaning qo‘llanishi differensial tenglamalar modulidagi ma’ruza va amaliy  mashgulotlarida ta’lim sifatini  oshirish imkonini bergan. 

Yangiliklarga obuna bo‘lish