Melanova Nazira Rashidovnaning

falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Hujayralardan glutation moddasining chiqish tizimini tadqiq qilish»,03.00.02–Biofizika va radiobiologiya (biologiya fanlari).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.2.PhD/V79.

Ilmiy rahbar: Sabirov Ravshan Zairovich, biologiya fanlari doktori, akademik.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Bioorganik kimyo instituti.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Bioorganik kimyo instituti, O‘zbekiston Milliy universiteti, O‘simlik moddalari kimyosi instituti, DSc.27.06.2017.K/V/T.37.01.

Rasmiy opponentlar: Aripov Taxir Fatixovich, biologiya fanlari doktori, akademik; Urmanova Gulbaxor Urunboevna, biologiya fanlari nomzodi, dotsent.

Yetakchi tashkilot: Andijon davlat universiteti.

Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.

II. Tadqiqotning maqsadi: hujayralardan glutation moddasining normal hamda gipoosmotik stress sharoitida chiqish jarayonini tavsiflash va ushbu jarayonda ion kanalllari va transporterlarning ishtirokini aniqlashdan iborat.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

timotsit sitozolidan hujayra tashqi muhitiga normal izotonik sharoitida hamda gipoosmotik stress ta’sirida katta miqdorda glutationning chiqishi ko‘rsatilgan va ushbu jarayon batafsil tavsiflangan, osmoreaktiv glutation chiqarilishining faollanish energiyasi aniqlangan;

timotsitlardan glutation chiqishida hajmga bog‘liq tashqi o‘tkazuvchan anion kanalining asosiy roli hamda SLCO/OATP va SLC22A/OAT transporterlarning sezilarli ishtiroki isbotlangan;

timotsitlardan gipoosmotik stress sharoitida glutation chiqishiga hujayra ichidagi s-AMFning roli aniqlangan;

osmotik stressga sezgir glutation transporti boshqa hujayralarda (eritrotsitlar va melanoma) ham mavjudligi va hujayra tashqarisidagi glutationning hujayra fiziologik funksiyalariga ta’siri isbotlangan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.

Hujayralardan glutation moddasining chiqish tizimini tavsiflash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:

 timotsitlardan glutation chiqishida hajmga bog‘liq tashqi o‘tkazuvchan anion kanalining asosiy roli bo‘yicha olingan ma’lumotlar xorijdagi impakt-faktori yuqori ilmiy jurnallarda ion kanallarning hujayraviy jarayonlarida ishtirokini tahlil qilishda  foydalanilgan (Cellular Physiology and Biochemistry 2013, V.32, ResearchGate, IF – 4.18; Pflugers Archiv-European Journal of Physiology 2016, V.468, ResearchGate, IF – 3.33; Journal of General Physiology 2015, V.146, ResearchGate, IF – 1.51). Ilmiy natijalarning qo‘llanilishi ion kanallari hujayra fiziologiyasidagi ishtirokini tavsiflash imkonini bergan;

timotsitlardan glutation chiqishida SLCO/OATP va SLC22A/OAT transporterlarning sezilarli ishtiroki bo‘yicha olingan ma’lumotlar xorijdagi impakt-faktori yuqori ilmiy jurnallarda transporterlarning hujayraviy jarayonlarida ishtirokini tahlili uchun foydalanilgan (Current Drug Metabolism 2015, V.468, ResearchGate, IF – 2.74; Pflugers Archiv-European Journal of Physiology 2016, V.468, ResearchGate, IF – 3.33;  Neurotoxicology 2014, V.41, ResearchGate, IF – 1.93;). Ilmiy natijalarning qo‘llanilishi transporterlarning hujayra fiziologiyasidagi ishtirokini tavsiflash imkonini bergan;

hujayralardan glutation moddasining chiqish tizimini tavsiflash bo‘yicha olingan ilmiy natijalardan F-5-06 raqamli «Ba’zi bir bioregulyatorlarning ta’sir mexanizmini o‘rganish» ilmiy loyihasida (2012–2016) hujayralar va organellaraga bioregulyator moddalarning ta’sirini tahlil qilishda hamda bioregulyator moddalarning organizmga ta’sir mexanizmlarini aniqlashda foydalanilgan (Fan va texnologiyalar agentligining 2017 yil 20 noyabrdagi FTA-02-11/1122-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalarning qo‘llanilishi bioregulyator moddalarning organizmga ta’sir mexanizmlarini aniqlash imkonini bergan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish