Shomuratov Shavkat Abduganievichning  

fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Prolongatsiyalangan ta’sirli silga qarshi preparatlarni molekulyar konstruksiyalash va ularning biologik xususiyatlarini o‘rganish», 02.00.10–Bioorganik kimyo (kimyo fanlari).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.3.DSc/K17.

Ilmiy maslahatchi: To‘raev Abbosxon Sobirxonovich, kimyo fanlari doktori, professor.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Bioorganik kimyo instituti.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Bioorganik kimyo instituti, O‘zbekiston Milliy universiteti, O‘simlik moddalari kimyosi instituti, DSc.27.06.2017.K/V/T.37.01.

Rasmiy opponentlar: Mavlyanov Saidmuxtar Maksudovich, kimyo fanlari doktori, professor; Raxmonberdiev Gappar Raxmonberdievich, kimyo fanlari doktori, professor; Sirov Vladimir Nikolaevich, tibbiyot fanlari doktori.

Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston kimyo-farmatsevtika ilmiy-tadqiqot instituti.

Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.

II.Tadqiqotning maqsadi: karboksimetilsellyuloza va poligalakturon kislotasini izoniazid, etambutol va rifampisin preparatlari bilan molekulyar konstruksiyalash orqali silga qarshi prolongatsiyalangan samarali ta’sir etuvchi preparatlar yaratishdan iborat. 

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

belgilangan molekulyar parametr va fizik-kimyoviy xususiyatlarga ega karboksimetilsellyuloza va poligalakturon kislotasi hosilalarini olish usullari ishlab chiqilgan;

karboksimetilsellyuloza va poligalakturon kislotasini silga qarshi preparatlar bilan modifikatsiyalash imkonini beruvchi reaksion faol dial`degid hosilalari olingan;

karboksimetilsellyuloza va poligalakturon kislotasi asosida makromolekula zanjiri bo‘ylab izoniazid, etambutol va rifampisin preparatlari tutuvchi silga qarshi makromolekulyar dorivor sistemalar sintez qilingan;

makromolekulyar sistemalarning silga qarshi faolligini ularning molekulyar ko‘rsatkichlariga (polimer-tashuvchining tabiati va molekulyar massasi, ta’sir etuvchi moddalar miqdori va boshqa) bog‘liqligi aniqlangan;

makromolekula zanjiri bo‘ylab silga qarshi bir necha preparatlar tutuvchi, organizmga nojo‘ya ta’siri kam va uzoq vaqt samarali ta’sir etuvchi dori vositalarini yaratish mumkinligi isbotlangan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.

Silga qarshi uzoq vaqt ta’sir ko‘rsatuvchi preparatlarni molekulyar konstruksiyalash, ularning tuzilishi va faolligini aniqlash, ular asosida yangi preparatlar yaratishbo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:

makromolekula zanjirida silga qarshi preparatlar tutuvchi yangi samarali dorivor vositasi farmatsevtika sanoati korxonalarida ishlab chiqarishga joriy qilingan («O‘zfarmsanoat» DAKning 2017 yil 7 noyabrdagi MD-06/3100-1-son ma’lumotnomasi). Natijada davomiy ta’sir qiluvchi, nojo‘ya ta’siri kam «Biomayrin» preparatini ishlab chiqarish va sil kasalligini davolash samaradorligini oshirish imkonini bergan;

sil kasaliga qarshi Biomayrin dori vositasini klinik sinovlarini o‘tkazish uchun «Dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnika ekspertizasi va standartizatsiyasi Davlat markazi» DUKning ijobiy xulosa olingan («Dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnika ekspertizasi va standartizatsiyasi Davlat markazi» DUKning 2017 yil 27 noyabrdagi 29/03-1655-son ma’lumotnomasi; 3 ta seriyada №010317, №020317 va №030317). Natijada silga qarshi prolongatsiyalangan ta’sirli, nojo‘ya ta’siri kam bo‘lgan yangi preparat yaratish imkonini bergan;

ishlab chiqilgan molekulyar konstruksiyalash usullaridan yangi prolongatsiyalangan dori vositalari olishda foydalanilgan (Kodjaeli universitetining (Turkiya) 2017 yil 22 yanvardagi ma’lumotnomasi). Natijada ta’sir vaqti uzaytirilgan va nojo‘ya ta’siri kam bo‘lgan antibakteril makromolekulyar sistemalar olish imkonini bergan;

polisaxaridlarni modifikatsiyalash va olingan hosilalarining molekulyar ko‘rsatkichlarini aniqlash natijalaridan 10 dan ortiq xorijiy yetakchi ilmiy jurnallarda yangi modifikatsiyalangan birikmalarni olish hamda ularning molekulyar ko‘rsatkichlari va strukturasini aniqlashda foydalanilgan (Journal of Catalysis, 2015, V. 330. ResearchGate, IF-7,27; Protection of Metals and Physical Chemistry of Surfaces, 2013, V 49, Issue 7, ResearchGate, IF-0,66; Polymer Journal, 2011, Vol. 33 Issue 1, ResearchGate, IF-1,38; Russian Journal of General Chemistry 2015. V. 85, ResearchGate, IF-0.553; va boshqalar). Natijalar modifikatsiyalangan polisaxaridlarning makromolekulyar parametrlarini aniqlash imkonini bergan;

molekulyar konstruksiyalash usullari ­– «Bioftizoetam» va «Biomayrin» peparatlaridan A11-T059 raqamli «Mahaliy xomashyolar asosida olingan yangi o‘simlik va sintetik immunomodulyatorlar polifunksional xossalarining tadqiqoti» mavzusidagi loyihada sintetik va o‘simlik preparatlarining eksperimental hayvonlar immunologik ko‘rsatkichlariga ta’sirini tadqiq etishda foydalanilgan (Fan va texnologiyalar agentligi 2017 yil 24 noyabrdagi FTK-0313/864-con ma’lumotnomasi). Natijalar sintetik va o‘simliklar asosida olingan qator preparatlarning eksperimental hayvonlar immun sistemasiga ta’sirini aniqlash imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish