Ro‘ziev Ikrom Ergashevichning

falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Unumdorligi past, sug‘oriladigan bo‘z tuproqlardan unumli foydalanish omillari», 06.01.01–Umumiy dehqonchilik. Paxtachilik (qishloq xo‘jaligi fanlari).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.3.PhD/Qx146.

Ilmiy rahbar: Mirzajonov Qirg‘izboy Mirzajonovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor, akademik.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon qishloq xo‘jalik instituti.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Paxta seleksiyasi, urug‘chiligi va etishtirish agrotexnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti, DSc.27.06.2017.Qx.42.01.

Rasmiy opponentlar: O‘razmatov Nazir, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, katta ilmiy xodim; Iminov Abduvali Abdumannobovich, qishloq xo‘jaligi fanlari nomzodi, katta ilmiy xodim.

Yetakchi tashkilot: Samarqand qishloq xo‘jalik instituti.

Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.

II. Tadqiqotning maqsadi: Andijon viloyatining irrigatsiya eroziyasiga uchragan, unumdorligi past, sug‘oriladigan bo‘z tuproqlar sharoitida g‘o‘za bilan egat oralatib hamkor ekilganda yuqori hosil va iqtisodiy samara beradigan ekinlarni tanlash, etishtirish va ekinlarni  hamkor ekishning tuproq xossalariga ta’sirini aniqlashdan iborat.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

ilk bor yangi dehqonchilik tizimida irrigatsiya eroziyasiga uchragan, unumdorligi past, sug‘oriladigan bo‘z tuproqlar sharoitida g‘o‘za bilan egat oralatib hamkor ekilganda hosildorlikni oshiradigan va yuqori samaradorlikni ta’minlaydigan, shu bilan birga tuproq unumdorligini yaxshilaydigan maqbul ekin turlari aniqlangan;

g‘o‘zani boshqa ekinlar bilan hamkor ekin ekishning tuproqning agrokimyoviy va agrofizikaviy xossalariga ta’siri aniqlangan;

g‘o‘zani eryong‘oq, soya va boshqa ekinlar bilan hamkor ekilganda qo‘llanilgan mineral o‘g‘itlar, suv va boshqa tabiiy omillardan foydalanish samaradorligining oshishi isbotlangan;

g‘o‘zani boshqa ekinlar bilan hamkor ekishning ko‘saklar ochilishi, bir dona ko‘sakdagi paxta vazni, paxta hosili, birinchi terim salmog‘i hamda tolaning sifat ko‘rsatkichlariga ta’siri aniqlangan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.

Andijon viloyatining irrigatsiya eroziyasiga uchragan, unumdorligi past, bo‘z tuproqlari sharoitida g‘o‘zani boshqa ekinlar bilan egat oralatib hamkor ekish bo‘yicha olib borilgan tadqiqotlar natijalari asosida:

ekinlarni hamkor ekish bo‘yicha «Unumdorligi past erlardan unumli foydalanish omillari» bo‘yicha tavsiyanoma ishlab chiqilgan (Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi tomonidan 2017 yil 17 aprelda 05/03-02-532-raqam bilan ro‘yxatdan o‘tgan). Mazkur tavsiyanoma Andijon viloyati fermer xo‘jaliklarida g‘o‘za ekiladigan maydonlarda paxtaga qo‘shimcha hamkor ekinlar hosilini etishtirishda qo‘llanma sifatida hizmat qilgan;

g‘o‘za bilan hamkor ekish uchun maqbul ekin turlarini etishtirish texnologiyasi Andijon viloyati, Oltinko‘l tumanidagi fermer xo‘jaliklarida jami 99 gektar maydonda joriy etilgan (Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligining 2018 yil 8 yanvardagi 07/20-19-son ma’lumotnomasi). Buning natijasida fermer xo‘jaliklarida iqtisodiy samaradorlik o‘rtacha 10-15 foizga, rentabellik darajasi 18-20 foizga oshishiga erishilgan.  

Yangiliklarga obuna bo‘lish