Axmedov Shahriyor Egamnazarovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Qashqadaryo vohasi tuproq-iqlim sharoitlarida deflyasion jarayonlar, ularga qarshi kurashishning nazariy va amaliy ahamiyati», 06.01.01–Umumiy dehqonchilik. Paxtachilik (qishloq xo‘jaligi fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.2.PhD/Qx81.
Ilmiy rahbar: Mirzajonov Qirg‘izboy Mirzajonovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor, akademik.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qarshi muhandislik - iqtisodiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Paxta seleksiyasi, urug‘chiligi va etishtirish agrotexnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti, DSc.27.06.2017.Qx.42.01.
Rasmiy opponentlar: Salomov Shavkat Turabovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, katta ilmiy xodim; Norqulov Usmon, qishloq xo‘jaligi fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Samarqand qishloq xo‘jalik instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Qashqadaryo viloyatining taqirsimon tuproqlari sharoitida shamol eroziyasiga qarshi kurash orqali tuproqning meliorativ holatini yaxshilash va uni unumdorligini saqlash hamda oshirish, yuqori va sifatli paxta hosili olish agrotexnik tadbirlarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor shamol eroziyasidan Qashqadaryo viloyatining Kitob, Shahrisabz, Yakkabog‘, Dehqonobod va Chiroqchi tumanlari shamol eroziyasidan zararlanmasligi, Qamashi, G‘uzor, Qarshi, Nishon tumanlari shamol eroziyasidan o‘rtacha zararlanishi va Muborak, Mirishkor, Koson va qisman Kasbi tumanlari kuchli zararlanishi aniqlangan;
deflyasiya jarayonlari ro‘y beradigan sug‘oriladigan taqirsimon tuproqlarning genetik-morfologik ko‘rsatkichi, agrofizikaviy va agrokimyoviy xossalari hamda meliorativ holati aniqlangan;
kuchli shamol eroziyasiga uchraydigan hududlarda kulis uchun ekilgan oq jo‘xori va kungaboqarning tuproq va g‘o‘zani shamol eroziyasidan himoya qilishi ilmiy asoslangan;
shamol eroziyasiga uchraydigan hududlardagi taqirsimon tuproqlar sharoitida g‘o‘zani parvarishlashning maqbul agrotexnikasi yaratilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Qashqadaryo viloyatining taqirsimon tuproqlari sharoitida shamol eroziyasiga qarshi agrotexnik tadbirlarni ishlab chiqish bo‘yicha olib borilgan tadqiqot natijalari asosida:
taqirsimon tuproqlarda shamol eroziyasiga qarshi kulis (to‘siq) sifatida oq jo‘xori ekib, uning tezligini kamaytirish hamda tuproq va g‘o‘zani himoya qilish bo‘yicha ishlab chiqilgan agrotexnik tadbirlar 2014–2016 yillarda Qashqadaryo viloyatining Koson tumanidagi «Ilk orzular mahsuli», «Imkoniyat darajasida» va «Chiroqchi ravnaq-baxt» fermer xo‘jaliklarida jami 80 gektar paxta maydoniga joriy etilgan (Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligining 2017 yil 10 noyabrdagi 02/20-582-son ma’lumotnomasi). Shamol eroziyasidan himoya qilinishi natijasida paxta hosildorligi 4-5 sentnerga ortgan;
shamol eroziyasiga qarshi kulis (to‘siq) sifatida kungaboqar ekini ekib tuproq va g‘o‘zani himoya qilish bo‘yicha ishlab chiqilgan agrotexnik tadbirlar Qashqadaryo viloyatining Koson tumanidagi «Xolmatov Jumaniyoz», «Zohid Jaxongirovich» fermer xo‘jaliklarida jami 45 gektar paxta maydoniga joriy etilgan (Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligining 2017 yil 10 noyabrdagi 02/20-582-son ma’lumotnomasi). Natijada kulislar orasidagi mikroiqlim maqbullashgan, tuproq namligi yaxshilangan, sug‘orish suvi tejalgan va gektaridan 4-5 sentnergacha qo‘shimcha paxta hosili olingan.