Isroilov Shuxrat Yuldashovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Markaziy nerv tizimida qo‘zg‘alishning tarqalish regulyatorikasini matematik modellashtirish», 05.01.07 – Matematik modellashtirish. Sonli usullar va dasturlar majmui (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.1.PhD/T2086.
Ilmiy rahbar: Xidirova Mohiniso Baxromovna, texnika fanlari doktori, katta ilmiy xodim.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Raqamli texnologiyalar va sun’iy intellektni rivojlantirish ilmiy-tadqiqot instituti.
Ilmiy kengash faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, Ilmiy kengash raqami: Raqamli texnologiyalar va sun’iy intellektni rivojlantirish ilmiy-tadqiqot instituti, DSc.13/30.12.2021.T.142.01.
Rasmiy opponentlar: Muxamedieva Dildora Kabilovna, texnika fanlari doktori; Palvanov Bozorboy Yusupovich, texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi markaziy nerv tizimi faoliyati regulyator mexanizmlarini tadqiq qilish uchun matematik model`, sonli hisoblash algoritmlari va dasturlar majmuasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
markaziy nerv tizimi va hayotiy muhim organlar o‘zaro bog‘liq faoliyatini hamda biologik qayta aloqa mexanizmlarini inobatga oluvchi biologik sxema ishlab chiqilgan;
biologik sxema asosida markaziy nerv tizimi va hayotiy muhm organlar o‘zaro bog‘liq faoliyati regulyatorikasi uchun kechikuvchi argumentli funksional-differensial tenglamalar tizimidan iborat matematik modeli ishlab chiqilgan;
mitotik bo‘linishni amalga oshiradigan glial hujayraning funksional holati regulyatorikasi asosida markaziy nerv tizimi birlamchi o‘simtasi paydo bo‘lishi va rivojlanishi regulyator mexanizmlarini tadqiq qilish matematik modeli ishlab chiqilgan; 
markaziy nerv tizimi va hayotiy muhim organlar o‘zaro bog‘liq faoliyati regulyator mexanizmlarining norma va patologik holatlari, dinamik xaos sohasidagi 
«r-windows» hamda «qora o‘rama» sohasini aniqlash masalasini echish uchun sonli hisoblash algoritmlari va dasturlar majmuasi ishlab chiqilgan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: 
Markaziy nerv tizimi  regulyatorikasini norma va patologiya holatlarda tadqiq qilish uchun ishlab chiqilgan matematik model`, sonli hisoblash algoritmlari va dasturiy vositalarni amalda joriy etilish natijalari:
markaziy nerv tizimi va asosiy hayotiy organlar o‘zaro bog‘liq faoliyatida normal va patologik holatlarni sonli tahlil qilish dasturiy vositasi Samarqand davlat tibbiyot inistitutining 1- klinikasida joriy qilingan (Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining 2022 yil 7 iyundagi 33-8/3505-son ma’lumotnomasi). Ilmiy tadqiqot natijasi markaziy nerv tizimi va asosiy hayotiy organlar o‘zaro bog‘liq faoliyatida normal va patologik holatlarni oldindan bashorat qilish va tashxis qo‘yish imkonini bergan; 
markaziy nerv tizimi va asosiy hayotiy muhim organlar o‘zaro bog‘liq faoliyatini norma va patologik holatlarda tadqiq qilgan holda dinamik xaos va «r-windows»lar mavjudligini aniqlash dasturiy vositasi “SHUKRONA MED CLINIC” tibbiy- diagnostika va davolash markazida joriy qilingan (Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining 2022 yil 7 iyundagi 33-8/3505-son ma’lumotnomasi). Ilmiy tadqiqot natijasida markaziy nerv tizimi va asosiy hayotiy  muhim organlar o‘zaro bog‘liq faoliyatida kuzatilishi mumkin bo‘lgan kasalliklarning turli patologik holatlarini oldindan bashorat qilish vaqtini 1.5-2 marta qisqartirish hisobiga erta tashxis qo‘yish imkonini bergan;
markaziy nerv tizimi birlamchi o‘simtalarining paydo bo‘lishi va rivojlanishini erta va tez aniqlash, glioma kasalligining patologik holatini baholash dasturiy vositasi «SHABNAM SHIFO-YOG’DUSI» MChJ xususiy klinikasida joriy qilingan (Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining 2022 yil 7 iyundagi 33-8/3505-son ma’lumotnomasi). Ilmiy tadqiqot natijasida markaziy nerv tizimi hujayralarining tartibsiz bo‘linishi  natijasida paydo bo‘ladigan glioma kasalligiga erta tashxis qo‘yish samaradorligini 4-6% ga oshirish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish