Rasulova Azizaxon Muydinovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «O‘zbek tilining shart va to‘siqsizlik maydoni», 10.00.01–O‘zbek tili.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.2.PhD/Fil124.
Ilmiy rahbar: Iskandarova Sharifa Madalievna, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Farg‘ona davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Farg‘ona davlat universiteti, PhD.27.06.2017.Fil.05.02.
Rasmiy opponentlar: Nabieva Dilora Abduhamidovna, filologiya fanlari doktori; Qurbonova Muhabbat Matyakubovna, filologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot nomi: Namangan davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqot maqsadi: shart va to‘siqsizlik maydonining morfologik va sintaktik sathdagi ifodasini shakl va mazmun tomonidan uzviy bog‘liq holda ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
til sistemasida shart va to‘siqsizlik maydonlarining bir-birini taqozo etuvchi uzviy bog‘liqligi ochib berilgan;
shart va to‘siqsizlik munosabatini ifodalovchi turli sath birliklari funksional-semantik maydon sifatida yoritilgan;
shart va to‘siqsizlik munosabatini ifodalovchi birliklarda shart ma’nosining mavjudligi bilan bog‘liq umumiy, to‘siqsizlik ma’nosining ifodalanishida -sa-da, -sa ham singari qo‘shimchalarning uchrashi kabi xususiy jihatlar asoslangan;
o‘zbek tilshunosligida shart va to‘siqsizlik mazmunini ifodalovchi birliklarning grammatik sathdagi o‘rni va semantik tarkibi aniqlangan;
shart va to‘siqsizlik maydonini tashkil etgan yadro va chegara qismlar aniqlanib, shart mayli, shart bog‘lovchilari, shart va to‘siqsiz ergash gapli qo‘shma gaplar hamda boshqa birliklarning shakl va mazmun munosabatlari dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
O‘zbek tilining shart va to‘siqsizlik maydonini tadqiq etish asosida:
bir-biri bilan uzviy bog‘liq bo‘lgan shart va to‘siqsizlik maydonining integral va differensial belgilarini ochishga oid materiallardan A-1-61 raqamli «Ko‘rish imkoniyati cheklangan talabalar uchun tilshunoslik fanlari bo‘yicha audiokitob ta’minotini yaratish» mavzusidagi davlat amaliy granti loyihasi doirasidagi o‘quv qo‘llanma, uslubiy ko‘rsatmalar va ularning audiokitob shaklidagi nusxalarini tayyorlashda foydalanilgan (Oliy va o‘rta-maxsus ta’lim vazirligining 02-07-3154/04-son ma’lumotnomasi). Natijada leksemalar va sintaksemalar semantikasini yoritishda, ularning nutq jarayonidagi voqelanishini ko‘rsatishda ijobiy samara bergan;
shart va to‘siqsizlik maydonini tashkil etgan yadro va chegara qismlar aniqlanib, shart mayli, shart bog‘lovchilari, shart va to‘siqsiz ergash gapli qo‘shma gaplar hamda boshqa birliklarning shakl va mazmun munosabatlarini dalillashga oid materiallardan Sh.M.Iskandarovaning «Til sistemasiga maydon asosida yondashuv» nomli monografiyasini tayyorlashda foydalanilgan (Farg‘ona davlat universiteti kengashining 2007 yil 5-son bayonnomasi). Natijada monografiyaning ayrim qismlari ilmiy-nazariy jihatdan takomillashtirilgan;
shart va to‘siqsizlik maydoni birliklarining shakl va mazmun munosabatini o‘rganish materiallaridan 2015–2017 yillarda Farg‘ona viloyat teleradiokompaniyasining 2015–2016 yillarda «Ochiq muloqot», «Zamondosh», «Adabiy muhit», «Qadriyat», «Ma’naviyat – qalb ko‘zgusi» ko‘rsatuvlari hamda «Ma’naviyat», «Ziyo maskanlarida» nomli radioeshittirishlari ssenariylarini yaratishda keng foydalanilgan (Farg‘ona viloyat teleradiokompaniyasining 367-son ma’lumotnomasi). Natijada ushbu teleko‘rsatuvlar va eshittirishlar uchun tayyorlangan materiallar yangi qarashlar asosida mazmunan boyitilgan.