Dusmatov Xikmatullo Xaitboevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Askiya matnining lingvostilistikasi», 10.00.01 – O‘zbek tili.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.2.PhD/Fil169.
Ilmiy rahbar: Mamajonov Alijon, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Farg‘ona davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Farg‘ona davlat universiteti, PhD.27.06.2017Fil.05.02.
Rasmiy opponetlar: Odilov Yorqinjon Rahmonalievich, filologiya fanlari doktori. Rahimov Usmonjon Ergashevich, filologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot nomi: Qo‘qon davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqot maqsadi: askiya matnining semantik-struktur tahlili orqali askiyachilar nutqining o‘ziga xosligi, o‘zbek tilida so‘z o‘yinlarining ifoda imkoniyatlari hamda ko‘rinishlarini yoritishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligida:
askiyachilarning so‘zdan mohirona foylanish, ijro va uslubiy mahorati ochib berilgan;
askiyachilar nutqi hozirjavoblik va so‘z o‘yini orqali namoyon bo‘lishi asoslangan;
payrovlarda kelishilgan mavzu bo‘yicha nutqiy musobaqa qilish, sohaga oid atamalar bilan so‘z o‘yini kombinatsiyalarini amalga oshirishning fonetik, leksik, morfologik, sintaktik-stilistik yo‘llari ko‘rsatib berilgan;
nutq tovushlari, so‘zlar, ohang va to‘xtam kabi vositalarning kulgi qo‘zg‘atishdagi roli ko‘rsatib berilgan;
askiyachilar nutqida gap komponentlarining noodatiy sintagmalanishi izohlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
O‘zbek askiyachilari nutqini tadqiq etish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
askiya matni lingvostilistikasi yuzasidan asoslangan nazariy xulosalar, hozirgi o‘zbek tilidagi 30 dan ortiq (vavag‘, ustun, etaksiz, yoqmoq, amiri, issiq-sovuq, oshiq-ma’shuq, g‘ulu, gursketdi, bosvoldi, umrboqiy, quruq, askiya, so‘zamol, badihago‘y, laqab, mutoyiba, payrov, raqib, uchiriq, shama, qochirim, harif, so‘z o‘yini, zakiy, zako, hozirjavob, lutf, so‘zana, pona, qo‘noq, haqqush, uloq, olmurut, kaptar, qantak, muqim, nizom kabi) leksemalarning ma’nolarini izohlash, leksemalarning yangi aniqlangan ma’nolari izohini berish hamda umumiy ma’nosi bilan kontekstual ma’nolari o‘rtasidagi asimmetrik dualizm (nomutanosiblik)ni asoslashda FA – F8-34 raqamli «O‘zbek tili leksikasi va terminologiyasining rivojlanish tamoyillari» mavzusidagi fundamental loyihada foydalanilgan (Fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qo‘mitasining 2016 yil 23 noyabrdagi FTK-0313/835-son ma’lumotnomasi). Natijada lug‘aviy birliklarning ma’nolari boyigan, izohlari mukammallashgan;
askiyachilar nutqining o‘ziga xosligi, askiya matnida so‘z o‘yinlarining ifoda imkoniyatlari hamda ularning ko‘rinishlariga oid xulosalardan Xalq ijodiyoti va madaniy-ma’rifiy ishlar respublika ilmiy-metodika markazi saytini nomoddiy madaniy merosga oid materiallar bilan boyitishda, respublikamizda mavjud askiyachilik maktablarining umumiy maqsad va vazifalarini bajarishda foydalanilgan (Xalq ijodiyoti va madaniy-ma’rifiy ishlar respublika ilmiy-metodika markazining 2017 yil 6 fevraldagi 01-06-33-son ma’lumotnomasi). Natijada askiya nomoddiy madaniy meros sifatida YuNESKOning Reprezentativ ro‘yxatiga kiritilgan hamda askiyachilarning mahoratini oshirish, iste’dodli yosh so‘z ustalarini kamol toptirish, o‘zbek askiyachilik maktabining nazariy va amaliy jihatlarini shakllantirishga erishilgan.