Ubaydullaev Mamasidiq Maxammatsolievichning 
falsafa doktori (RhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Mahalliy xomashyo asosida elektrotexnika va metallurgiya sohalari uchun uglegrafitli materiallarni olish texnologiyasini ishlab chiqish », 05.02.01 - Mashinasozlikda materialshunoslik. Quymachilik. Metallarga termik va bosim ostida ishlov berish. Qora, rangli va noyob metallar metallurgiyasi. Kamyob, nodir va radioaktiv elementlar texnologiyasi (Quymachilik va metallarga ishlov berish texnologiyasi yo‘nalishi) ixtisosligi.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.2.PhD/T1592.
Ilmiy maslaxatchi: Karimov Shoirdjan Axralovich, texnika fanlari nomzodi, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat texnika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat texnika universiteti, DSc.03/30.12.2019.T.03.04.
Rasmiy opponentlar: Dunyashin Nikolay Sergeevich, texnika fanlari doktori, professor; Mamaraximov Xamza Mamadjanovich, texnika fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Andijon mashinasozlik instituti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi uglerodga boy bo‘lgan mahalliy xomashyo asosida elektrotexnika va metallurgiya sohalari uchun uglerodli va uglegrafitli materiallarni olish texnologiyasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
“Xorazm shakar” AJ korxonasining ikkilamchi xomashyosi bo‘lgan melassa moddasini yuqori haroratlarda ishlov berish orqali unda sodir bo‘ladigan hajmiy va strukturaviy fazalar o‘zgarishining kinetik asoslari bo‘yicha kokslanish texnologiyasi ishlab chiqilgan;
tarkibida 62% neft koksi, 18% kaolin va 20% melassa bo‘lgan yangi tarkib asosida elektr qarshiligi 780 mkOm∙m bo‘lgan uglerod asosli material ishlab chiqilgan;
ishlab chiqilgan tarkib asosida pechlar uchun  yuqori fizik-mexanik xossalarga hamda elektr qarshiligi hisobiga 2000 oS  haroratgacha qizib ishlay oladigan uglerod asosli qizdirish elementlarini olish texnologiyasi ishlab chiqilgan;
tarkibida 80% neft koksi va 20% melassaga ega bo‘lgan uglerodli materialga yuqori haroratlarda ishlov berish orqali unda sodir bo‘ladigan xajmiy va strukturaviy fazalar o‘zgarishining kinetik asoslari bo‘yicha grafitlash texnologiyasi ishlab chiqilgan; 
tarkibida 80% neft koksi va 20% melassaga ega bo‘lgan uglerodli materialni grafitlash asosida solishtirma elektr qarshiligiga 80 mkOm∙m, sirpanishdagi ishqalanish koeffisienti 0,16 bo‘lgan elektrotexnika sohasi uchun elektr-cho‘tkasini olish texnologiyasi ishlab chiqilgan. 
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Mahalliy xomashyo asosida elektrotexnika va metallurgiya sohalari uchun uglegrafitli materiallarni olish texnologiyasini ishlab chiqish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
uglerod asosli materiallar olish texnologiyasi joriy etildi (“Olmaliq KMK” AJ 2022 yil 10 iyundagi №AA-004270 sonli ma’lumotnomasi). Texnologiyani joriy etilishi natijasida elektr qarshiligi hisobiga ishlaydigan pechlar anoligiga nisbatan 25...30% iqtisodiy samaraga ega bo‘lgan uglerodli qizdirish elementini olish imkonini bergan;
yuqori solishtirma elektr qarshiligiga ega bo‘lgan uglerod asosli materialning yangi “Neft koksi, melassa, kaolin” tarkibi ishlab chiqarishga joriy etildi (“Olmaliq KMK” AJ 2022 yil 10 iyundagi №AA-004270 sonli ma’lumotnomasi). Tarkibni joriy etilishi natijasida materialga uzatiladigan elektr yuklama darajasini 1,5...2,0 barobarga oshirish imkonini bergan;
grafit asosli materiallarni olish texnologiyasi joriy etildi (“Olmaliq KMK” AJ 2022 yil 10 iyundagi №AA-004270 sonli ma’lumotnomasi). Texnologiyaning joriy etilishi natijasida grafit asosli elektrotexnik materiallarni olishdagi tannarxini 2,0...2,5 barobarga va ishlab chiqarishdagi energiya sarfini 1,3....1,5 barobarga kamaytirilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish