Abduraxmonova Ra’noxon Kosimovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Turli tizimdagi tillarda deyktik birliklarning tekst hosil qilish funksiyalari», 10.00.11–Til nazariyasi. Amaliy va kompyuter tilshunosligi.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.2.PhD/Fil221.
Ilmiy rahbar: Nabieva Diloro Abdulxamidovna, filologiya fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi:Andijon davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Farg‘ona davlat universiteti, PhD.27.06.2017Fil.05.02.
Rasmiy opponetlar: Usmonova Xuriniso Sharapovna, filologiya fanlari doktori, professor; Raximov Xurram Raximovich, filologiya fanlari doktori, professor (Germaniya).
Yetakchi tashkilot nomi: O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqot maqsadi: turli sistemadagi tillarda deyktik birliklarning matn hosil qilish funksiyasi hamda matnda deyksis ifodasini tasniflash va aniqlash, uning matnni tashkillashtirishdagi ahamiyatini aniqlash, sotsiolingvistik, pragmalingvistik, lingvokul`turologik aspektlarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagidan iborat:
turli tizimdagi tillarda deyktik xususiyatga ega bo‘lgan birliklarning shaxs, makon, zamonni ifodalovchi xususiy va tilning sathlariga tegishligigiga ko‘ra umumiy – morfemali, leksik, sintaktik jihatlari, deyktik birliklarning matn hosil qilishdagi ahamiyati dalillangan;
nemis adabiyotining yirik namoyandalari Y.V.Gyotening “Faust” va “Yosh Verterning iztiroblari”, H.Manning “Sodiq fuqaro”, F.Shillerning “Makr va muhabbat” va “Qaroqchilar” asarlarida qo‘llanilgan deyktik birliklarning o‘zbek tilida ifodalanishi yoritilgan;
deyktik birliklar orqali matn hosil qilish uslubi o‘rtasidagi mutanosiblikning tarjima uslubida aks etishi pragmalingvistik nuqtai nazaridan isbotlangan;
tildagi fonetik, leksik, morfologik, sintaktik sath birliklarining deyktik xususiyatlari turli tizimdagi tillar qiyosi misolida ko‘rsatilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Turli tizimdagi tillarda deyktik birliklarning tekst hosil qilish funksiyalari asosida:
tadqiqot natijalaridan A-1-126 raqamli “Uzluksiz ta’limda o‘quvchilar til kompetentligini shakllantirishning zamonaviy usullari“ mavzusidagi amaliy loyihani bajarishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2017 yil 25 dekabridagi 89-03-3397-son ma’lumotnomasi). Natijada o‘quvchilarning til kompetentligini shaklantirishda tarjima jarayonida so‘zning muqobil variantini topish usullarini ochib berishga xizmat qilgan;
tadqiqot natijalaridan A-1-39 raqamli “O‘zbek amaliy psixolingvistikasini yaratish dasturini ishlab chiqish“ mavzusidagi amaliy ilmiy-texnik tadqiqot grantida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2017 yil 25 dekabridagi 89-03-3397-son ma’lumotnomasi). Natijada deyktik funksiyalarni bajaruvchi so‘zlarning matnni rivojlanishidagi sharoit (situatsiya), o‘xshashlik (analogiya), farqlash (differensiatsiya), ta’sirchanlik, so‘zlovchi va tinglovchining ruhiy holati masalalari ilmiy dalillarga boy bo‘lishi ta’minlangan.