Rustamova Dilraboxon Abduraximovnaning

falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Metaforik evfemizatsiyaning lingvokul`turologik va sotsiopragmatik aspektlari», 10.00.11–Til nazariyasi. Amaliy va kom`yuter tilshunosligi.

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.1.PhD/Fil109.

Ilmiy rahbar: Shahabitdinova Shohida Xoshimovna, filologiya fanlari doktori, professor.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon davlat universiteti.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Farg‘ona davlat universiteti, PhD.27.06.2017Fil.05.02.

Rasmiy opponentlar: Raupova Laylo Raximovna, filologiya fanlari doktori; Yusupova Shoira Batirovna, filologiya fanlari nomzodi, dotsent.

Yetakchi tashkilot nomi: Namangan davlat universiteti.

Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.

II. Tadqiqot maqsadi: evfemizatsiya hodisasining metaforik usulda hosil qilinishi va uning kognitiv aspektini tadqiq qilishdan iboratdir.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

odatdagi ifodalar bilan evfemik vositalar o‘rtasidagi gradual zidlanishlar fonida metaforik evfemizatsiyaning atovchi va ifodalovchi turlari aniqlangan;

denotativ – ob’ektga bog‘liq hamda konnotativ – munosabatga bog‘liq metaforizatsiyaning evfemizatsiyadagi milliy, madaniy va semantik xususiyatlari ko‘rsatilgan;

millatlararo va etnik muloqot vaziyatida evfemizatsiyaning olam lisoniy manzarasidagi o‘rni, ifoda vositalaridan samarali va oqilona foydalanish malakasini o‘stirishdagi roli, metaforik usullari, hosil bo‘lishining o‘xshashlik va farqlilik dialektikasi natijasi bo‘lgan kognitiv asoslari ochib berilgan;

milliy-madaniy stereotiplar va metaforizatsiyaning zohiran bog‘liq va yaqin bo‘lmagan so‘zlarni o‘zaro sistemaviy munosabatlarga kiritishdek munosabati, metaforik evfemizatsiyada milliy-madaniy tasavvurlarning roli ko‘rsatib berilgan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:

metaforik evfemizatsiyaning lingvokul`turologik va sotsiopragmatik aspekti tadqiqiga oid asosiy xulosalar Italiyaning Piza universiteti va “Kompyuter Lingvistikasi Laboratoriyasi” hamkorligidagi  til korpusini tuzish bo‘yicha olib borilgan “PAISA” nomli davlat grantida  foydalanilgan (Piza universitetining 2016 yil 14 dekabrdagi ma’lumotnomasi). Natijada loyiha doirasida yaratilgan til korpusiga kirgan birliklarning milliy-madaniy tavsifi yanada boyigan;

dissertatsiya tadqiqiga oid asosiy xulosalardan evfemizatsiyada kishilarning borliq va voqelikka munosabati uyg‘unligi va metaforik, metonimik, sinekdoxik, funksionimik, kinoyaviy asoslardagi evfemizatsiya usullarini nutqda qo‘llanilish o‘ziga xos jihatlarini tavsiflashda Andijon davlat universiteti o‘zbek tilshunosligi kafedrasida olib borilayotgan A-1-126 raqamli “Uzluksiz ta’limda o‘quvchilar til komponentligini shakllantirishning zamonaviy usullari” nomli loyihaning tildan foydalanish malakasini ta’minlash qismida foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2018 yil 3 fevraldagi 87-03-558-son ma’lumotnomasi). Natijada loyihaning nazariy asoslanishiga hamda ilmiy materiallar bilan ta’minlanishiga erishilgan;

tadqiqot natijalari hamda materiallaridan Andijon viloyat televideniesining “Nafosat”, “Nafis san’at” (19.09.2017) ko‘rsatuvida hamda “O‘zbek tili – davlat tili” (21.10.2017), “Yosh olimalar”, “Shukrona” eshittirishlarida foydalanilgan (Andijon viloyati Teleradiokompaniyasining 2018 yil 1 fevraldagi 09/09-03-son ma’lumotnomasi). Natijada ayollar nutq madaniyatida tabu va evfemizmlar o‘rnining yoritilishi ko‘rsatuv va eshittirishlar mazmundorligini oshirishga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish