Rustamov Dilshodbek Abduvaxidovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Leksemalar milliy-madaniy xoslangan sememasining lingvomadaniy tadqiqi» 10.00.11 – Til nazariyasi. Amaliy va kom`yuter tilshunosligi.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.3.PhD/Fil290.
Ilmiy rahbar: Shahabitdinova Shohida Xoshimovna, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Farg‘ona davlat universiteti, PhD.27.06.2017Fil.05.02
Rasmiy opponentlar: Hakimov Muxammad Xo‘jaxonovich, filologiya fanlari doktori; Sa’dullaeva Nilufar Azimovna, filologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot nomi: Namangan davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqot maqsadi: turli sistemali tillar leksemalari semantik strukturasining milliy madaniy xoslanganligini asoslashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
leksemalar milliy-madaniy xoslangan sememalarining til egalari madaniy hayoti hamda milliy dunyoqarashi natijasi bo‘lgan lingvomadaniy xususiyatlari va kognitiv mohiyati asoslangan;
sememalarning pragmatik imkoniyatlarini namoyon etuvchi milliy, kognitiv jihatlarini ta’minlovchi mental, diskurs qurilishida leksema o‘rnini belgilovchi madaniy turlari aniqlangan;
sememalarning milliy va madaniy farqlanish omillari aniqlangan;
milliy-madaniy xoslangan semema ma’nosi nutqiy, individual va okkazional xarakterga ega bo‘lishi, davr o‘tishi bilan ijtimoiylashuvi natijasida lisoniy sathga o‘tishi asoslangan, lisoniylashuv bosqichlari ochib berilgan;
fe’l turkumidagi milliy-madaniy xoslangan leksemalarning lisoniy va nutqiy xususiyatlari diskursiv jihati yoritilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
leksemalar milliy-madaniy xoslangan sememasining lingvomadaniy tadqiqiga oid asosiy xulosalardan Italiyaning Piza universiteti va “Kompyuter lingvistikasi laboratoriyasi” hamkorligidagi til korpusini tuzish bo‘yicha olib borilgan “PAISA” nomli davlat grantida foydalanilgan (Piza universitetining 2016 yil 14 dekbrdagi ma’lumotnomasi). Natijada loyiha doirasida yaratilgan til korpusiga kirgan birliklarning milliy-madaniy tavsifi yanada boyigan;
Italiyaning Piza universiteti professori Roberto Peronining Piza universiteti filologiya, adabiyot va lingvistika fakul`teti magistrantlari uchun ma’ruzalarida dissertatsiyadagi milliy-madaniy xoslangan sememalarning kognitiv strukturasi haqidagi materiallardan foydalanilgan (Piza universitetining 2016 yil 15 dekbrdagi ma’lumotnomasi). Natijada ma’ruzalarning ilmiy asoslanganligi va amaliy unumdorligi ortgan;
leksemalarning milliy-madaniy sememalarini farqlash zaruriyatini asoslashda hamda fe’l turkumini nutqiy qo‘llanilishidagi o‘ziga xos jihatlarni tavsiflashda Andijon davlat universiteti o‘zbek tilshunosligi kafedrasida olib borilayotgan A-1-126 raqamli “Uzluksiz ta’limda o‘quvchilar til komponentligini shakllantirishning zamonaviy usullari” nomli loyihaning nutqiy kompetensiyani shakllantirish qismida foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2017 yil 23 dekbrdagi 89-03-3396-son ma’lumotnomasi). Natijada loyihaning nazariy asoslanishiga hamda ilmiy materiallar bilan ta’minlanishiga erishilgan.