Mamatov Mamadjan Ahmadjanovichning

fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Tasavvuf ta’limotining tarixiy-falsafiy mohiyati», 09.00.03–Falsafa tarixi, 07.00.04–Dinshunoslik.

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.1.DSc/Fal11.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Farg‘ona davlat universiteti.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent islom universiteti, DSc.27.06.2017.Tar/F/Fil.14.01.

Rasmiy opponentlar: Nurmatova Mukarram Ahmedovna, falsafa fanlari doktori, professor; Shodiev Rustam, falsafa fanlari doktori, professor, Astanaqulov Ikromiddin, tarix fanlari doktori, professor.

Yetakchi tashkilot:Buxoro davlat universiteti.

Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.

Tadqiqotning maqsadi: tasavvuf ta’limotining tarixiy-falsafiy mohiyati, uning islom madaniyati va sivilizatsiyasi taraqqiyotida tutgan o‘rni, undagi yuksak ma’naviy va diniy-axloqiy fazilatlarni shakllantirishga qaratilgan g‘oyalarning mohiyatini ochib berish, shu asosda tasavvuf ta’limotidagi pozitiv tajribalardan samarali foydalanishning ijtimoiy usullarini yaratishdan iborat.

Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

tasavvuf ta’limotining tarixiy-madaniy, falsafiy determinantlari ta’riflarini ishlab chiqish;

ontologik omillari va mifologik manbalarini aniqlash;

tarixiy-falsafiy va ma’naviy-axloqiy jihatdan umuminsoniy qadriyatga aylangan diniy meros ekanini asoslash;

tasavvuf ta’limotining genezisi hamda ma’naviy hayotda tutgan o‘rni va xususiyatlarini ko‘rsatish;

tasavvuf ta’limotida dunyoqarash konsepsiyasini aniqlash;

so‘fiyona va o‘zga dunyoqarash shakllarining o‘zaro bog‘liqligini ochish, tabiatga, insonga va jamiyatga ma’naviy, diniy-falsafiy munosabatni sinergetika fanining o‘z-o‘zini tashkillash, nochiziqlilik, bifurkatsiya, fluktuatsiya, attraktorlar, xaosdan tartiblanishga, dissipativ holat va unga qaytish omillari asosida tasavvuf ta’limoti mohiyatini falsafiy nuqtai nazardan asoslash;

Markaziy Osiyodagi tariqatlar shakllanishining ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va ma’naviy-madaniy sabablari tahlili asosida ulardagi ortodoksal islom va tasavvuf ta’limotining o‘zaro munosabatlari tarixi va hozirgi holatini yoritish;

yoshlarda yuksak ma’naviyat ko‘nikmalarini shakllantirishda jahon hamjamiyati tomonidan orttirilgan tajribalarni umumlashtirish, umuminsoniy va milliy ilmiy-falsafiy va diniy qadriyatlar asosida fuqarolik jamiyati qurishning dolzarb masalalar echimiga yo‘naltirilgan faoliyatni yanada takomillashtirishga doir tavsiyalar ishlab chiqish.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:

Mashhur so‘fiylar hayoti, ijodi va meroslarini tadqiq etishga oid taklif va tavsiyalar buyuk muhaddis Abu Iso Termiziyning boy ilmiy-falsafiy merosini o‘rganish va xotirasini abadiylashtirishda foydalanilgan. Dissertatsiyadagi mumtoz tasavvufning tarixiy-falsafiy mohiyatini keng ommaga etkazish, soxta tariqatchilikning oldini olish to‘g‘risidagi xulosalar asosida O‘zbekiston Musulmonlari idorasi qoshida guruh tuzilib, aholi o‘rtasida ma’ruza va suhbatlar o‘tkazilgan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitaning 2016 yil 1 dekabrdagi 6136-son ma’lumotnomasi). Natijada ilmiy ishdagi taklif va mulohazalar ommaviy ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarni diniy bag‘rikenglik tamoyillariga mos ravishda ishlab chiqilishiga xizmat qilgan;

tasavvuf ta’limotining tarixiy-falsafiy mohiyatini o‘rganish prinsiplari va uning zamonaviy konsepsiyasi, so‘fiylikda komil inson shaxsini shakllantirishda ustoz-shogird munosabatlaridagi qat’iy intizom, tarbiya bosqichlari haqidagi ilmiy yangiliklar «O‘zbekiston» telekanalining ko‘rsatuvlari orqali yoritilgan; ilmiy-amaliy tavsiyalar «Hidoyat sari», «Navoiy olami», «Munosabat», «Suhbatdosh» ko‘rsatuvlarini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining 2017 yil 26 iyuldagi 05-35/3300-son va «O‘zbekiston» teleradiokanali davlat unitar korxonasining 2016 yil 12 maydagi ma’lumotnomalari). Natijada respublikada diniy munosabatlarni konsolidatsiyalashtiruvchi konstruktiv institutlarning shakllanishiga hamda ijtimoiy-siyosiy barqarorlikning mustahkamlanishiga erishilgan;

tasavvuf tarixida yuz bergan ziddiyatlar bugungi kunda ham ro‘y berayotgani hamda e’tiqod masalalarida ma’naviy tarbiya va targ‘ibot ishlarining yangi usullari to‘g‘risidagi ilmiy natijalar va undagi faktologik materiallardan «Falsafa tarixini o‘rganish asosida yoshlarni ma’naviy-axloqiy tarbiyalash mexanizmini tadqiq etish», «Rahbar ma’naviyati: muammo va echimlar» mavzusidagi innovatsiya loyihalarining amalga oshirilishida foydalanilgan (Respublika Ma’naviyat va ma’rifat kengashining 2017 yil 26 iyuldagi 01/02-593-son ma’lumotnomasi). Natijada ushbu nazariy takliflar O‘zbekiston Respublikasida milliy ma’naviyat konsepsiyasini xalqaro demokratik standartlar asosida ishlab chiqilishi hamda aholi o‘rtasida targ‘ibot tadbirlarini hozirgi zamon talablariga mos ravishda amalga oshirish imkonini bergan;

so‘fiylar, shoirlar, olimlarning so‘fiylik tarixidagi munosib o‘rinlari to‘g‘risidagi ilmiy natijalardan «Milliy g‘oyaning innovatsion targ‘ibot texnologiyalari va yoshlarni axborot-psixologik xurujlardan himoya qilishning zamonaviy usullari», «Milliy g‘oya tarixi va nazariyasi» nomli bakalavrlar uchun o‘quv-uslubiy qo‘llanmada, «Mafkuraviy jarayonlarning milliy o‘zlikka salbiy ta’sirining oldini olish bo‘yicha olib borilgan ilmiy tadqiqot natijalari asosida xrestomatiyani tayyorlash va chop etish» mavzusidagi innovatsiya loyihasining amalga oshirilishida, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016 yil 17 maydagi 07/1-318-sonli bayoni 1, 13-bandlari, 2016 yil 7 maydagi 90-sonli bayoni 7-bandi, 2016 yil 23 martdagi 43-sonli bayonining ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (Respublika Ma’naviyat va ma’rifat kengashining Milliy g‘oya va mafkura ilmiy-amaliy markazining 2016 yil 24 may 232-son ma’lumotnomasi). Natijada O‘zbekistonda istiqomat qiluvchi turli millat vakillari ongiga baynalmilallik, diniy bag‘rikenglik, aqidaviy plyuralizm, mul`tikul`turalizm g‘oyalarini singdirish imkonini bergan;

yoshlar diniy va ma’naviy tarbiyasiga oid ilmiy takliflar va mulohazalardan «Ommaviy madaniyat va yoshlar ma’naviyati», «Diniy ekstremizm va terrorizm – yoshlar kelajagiga tahdid» mavzularida o‘tkazilgan ommaviy tadbirlarda, broshyura va tarqatma materiallarida keng foydalanilgan («Kamolot» yoshlar ijtimoiy harakati Markaziy Kengashining 2016 yil 28 noyabrdagi 12-13/2553-son ma’lumotnomasi). Natijada yoshlar o‘rtasida amalga oshirilgan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarni ilmiy asosda yo‘lga qo‘yishga va sifatini oshirishga, o‘sib kelayotgan avlodni diniy bag‘rikenglik, ma’naviy poklik, jamiyatimizda hukm surayotgan tinch, osoyishta hayot uchun shukronalik va ogohlik ruhida tarbiyalashga hamda komil inson obrazini shakllantirishga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish