Djandullaeva Munavara Saparbaevnaning

falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Mahalliy mineral va texnogen xomashyolar asosida qurilish qorishmasi bilan ilashish mustahkamligi yaxshilangan silikat g‘isht tarkiblarini va olish texnologiyasini asoslash», 02.00.15–Silikat va qiyin eruvchan nometall materiallar texnologiyasi (texnika fanlari).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.2.PhD/T255.

Ilmiy rahbar: Atakuziev Temurjon Azim o‘g‘li, texnika fanlari doktori, professor.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent kimyo-texnologiya instituti.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent kimyo-texnologiya instituti, DSc.27.06.2017.T.04.01.

Rasmiy opponentlar: Yunusov Mirjalil Yusupovich, texnika fanlari doktori, professor; Arifov Po‘lat Arifovich, kimyo fanlari nomzodi, katta ilmiy xodim.

Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat texnika universiteti «Fan va taraqqiyot» DUK.

Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.

II. Tadqiqotning maqsadi: mahalliy xomashyolar asosida qurilish qorishmasi bilan ilashish mustahkamligi yaxshilangan silikat g‘isht olish texnologiyasini ishlab chiqishdan iborat.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

distiller suspenziya shlamlari, ohakni so‘ndirish natijasida hosil bo‘lgan chiqindilar, karbonatli xomashyolarning qoldig‘i kabi soda sanoatining qattiq chiqindilarini mikroto‘ldiruvchi sifatida silikat g‘isht ishlab chiqarishda qo‘llash mumkinligi isbotlangan;

silikat g‘ishtning sement qorishmasi bilan ilashish mustahkamligining oshishiga karbonatli soda zavodi qattiq chiqindilarini saqlovchi silikat g‘isht bilan sement klinkerining kal`siy alyuminatlari orasida, kal`siy gidroksidi bilan kal`siy karbonatini mustahkam bog‘laydigan kal`siy gidrokarboalyuminatlarning 3CaO∙Al2O3∙CaCO3∙11H2O hosil bo‘lishi bilan kechadigan kimyoviy jarayonlar ta’sir ko‘rsatishi aniqlangan;

Karmana koni polimineral tuffit jinslari ohakli eritmadan Ca(OH)2 yutishi bo‘yicha yuqori aktivlikka ega bo‘lganligi sababli, ularni silikat g‘ishtlar ishlab chiqarishda gidravlik aktiv qo‘shimchalar sifatida foydalanish bo‘yicha ilmiy asoslar ishlab chiqilgan;

ohak-tuffitli bog‘lovchi asosida olingan silikat g‘ishtning qurilish qorishmasi bilan ilashish mustahkamligining oshishi silikat g‘ishtida, qorishma tarkibidagi kal`siy gidroksidini mustahkam bog‘laydigan qoldiq aktiv kremnezem va metakaolinitning mavjudligi va bunda g‘isht yuzasida hosil bo‘layotgan hosilalarning kristallari o‘sishi natijasida qorishma bilan silikat g‘isht adgeziyasi oshishi aniqlangan;

soda zavodining qattiq chiqindilarini saqlovchi kompozision ohak-kremnezemli bog‘lovchilar va ohak-tuffitli bog‘lovchilar asosida yuqori qurilish-texnik xossalarga ega bo‘lgan silikat g‘ishtlarning tarkiblari va olish texnologiyalari ishlab chiqilgan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.

Mahalliy mineral va texnogen xomashyolar asosida qurilish qorishmasi bilan ilashish mustahkamligi yaxshilangan silikat g‘isht olish texnologiyasini yaratish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:

coda zavodi qattiq chiqindilari bilan ohak-kremnezemli bog‘lovchi kompozisiyasi asosida silikat g‘isht ishlab chiqarish bo‘yicha texnik shartga o‘zgartirish kiritilgan va «O‘zstandart» agentligi tomonidan tasdiqlangan (Ts 379-2015). Natijada soda zavodi qattiq chiqindilari bilan ohak-kremnezemli bog‘lovchi kompozisiyasi asosida silikat g‘isht olish imkonini bergan;

tuffitlarga termik ishlov berish texnologik jarayoni «Qo‘shko‘pir silikat g‘isht zavodi» MChJda ishlab chiqarishga joriy qilingan («O‘zqurilishmaterialari» AJning 2017 yil 27 oktyabrdagi TM-01/03-4179-son ma’lumotnomasi). Natijada silikat g‘ishtlarning ilashish mustahkamligini 2,5 barobarga oshirish imkonini bergan;

soda zavodi qattiq chiqindilari va termik ishlov berilgan tuffitlarni qo‘llab silikat g‘ishtlar olish texnologiyasi «O‘zqurilishmaterialari» AJ tasarufidagi korxonalarda ishlab chiqarishga joriy qilingan («O‘zqurilishmaterialari» AJning 2017 yil 27 oktyabrdagi TM-01/03-4179-son ma’lumotnomasi). Natijada M150 va M200 markali qurilish-texnik xususiyatlari yaxshilangan silikat g‘ishtlarini ishlab chiqarish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish