Qurbonov Abdulla Ruxullaevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «O‘zbekiston sharoitida afrika laqqa balig‘ini (Clarias gariepinus) etishtirishning biologik va texnologik asoslari», 06.02.03–Xususiy zootexniya. Chorvachilik mahsulotlarini ishlab chiqarish texnologiyasi (qishloq xo‘jaligi fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.2.PhD/Qx74.
Ilmiy rahbar: Ashirov Murodilla Eshonkulovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Chorvachilik va parrandachilik ilmiy-tadqiqot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand qishloq xo‘jalik instituti, Chorvachilik va parrandachilik ilmiy-tadqiqot instituti, DSc.27.06.2017Qx/V.12.02.
Rasmiy opponentlar: Xolmirzaev Do‘stmuxammad, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor; Ruziev Raxmonqul Istamovich, qishloq xo‘jaligi fanlari nomzodi, katta ilmiy xodim.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat agrar universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: O‘zbekiston sharoitida laqqasimonlar (Clariidae) oilasiga mansub afrika laqqa balig‘ini introduksiya qilish, baliq chavoqlarini etishtirish, baliq mahsulotini ishlab chiqarish hamda biologik va texnologik xususiyatlarini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor O‘zbekiston xududida afrika laqqasini yil fasllariga bog‘liq holda mahsuldorlik ko‘rsatkichlari va sharoitga moslashish xususiyatlari aniqlangan;
turli texnologik sharoitlarda ushbu turga kiruvchi baliqning jinsiy etilishi, pushtdorligi, embrional rivojlanishi, gormonlardan foydalanib sun’iy ko‘paytirish texnologiyasi ishlab chiqilgan;
yirtqich tur hisoblangan afrika laqqasini sun’iy sharoitda oziqlantirishning muvofiqlashtirilgan resepti ishlab chiqilgan;
sun’iy havzalarda afrika laqqasini etishtirishning jadal texnologiyasi yaratilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
O‘zbekiston sharoitida afrika laqqa balig‘ini etishtirishning biologik va texnologik asoslari bo‘yicha olib borilgan ilmiy-tadqiqot natijalari asosida:
afrika laqqa balig‘ini etishtirish bo‘yicha «Istiqbolli baliq turlarini etishtirish» tavsiyanomasi ishlab chiqilgan («O‘zbekbaliqsanoat» uyushmasining 2017 yil 6 dekabrdagi 03/221-son ma’lumotnomasi). Mazkur tavsiyanoma afrika laqqa balig‘ini introduksiya qilish, ushbu turni etishtirishning biologik, texnologik asoslari va mahsuldorlik xususiyatlarini takomillashtirishga xizmat qilgan;
baliqlarni mahalliy sharoitda sun’iy urchitish, to‘la qiymatli oziqlantirish, parvarishlash va o‘stirish texnologiyalari Toshkent viloyati, Yangiyo‘l tumani Baliqchilik ilmiy-tadqiqot institutining tajriba xo‘jaliklarida, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Nukus tumani «Nukusbaliq» qo‘shma korxonasida hamda To‘rtko‘l tumanidagi «Antiqa» fermer xo‘jaligida joriy etilgan («O‘zbekbaliqsanoat» uyushmasining 2017 yil 6 dekabrdagi 03/222-son ma’lumotnomasi). Bunda afrika laqqasini 100 m2 suv havzasida jadal o‘stirish hisobiga baliqlarning an’anaviy texnologiyada o‘stirishga nisbatan samaradorlikni 13 foizga oshirish imkonini bergan.