Fayzieva Feruza Ismatillaevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya ishi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Buxoro amirligida rus manzilgohlaridagi ijtimoiy, iqtisodiy va madaniy hayot (1868 – 1920 yy.)”, 07.00.01- O‘zbekiston tarixi (tarix fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.2.PhD/Tar.920.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Buxoro davlat universiteti, PhD.03/27.02.2020.Tar.72.07.
Ilmiy rahbar: Inoyatov Sulaymon Inoyatovich, tarix fanlari doktori, professor.
Rasmiy opponentlar: Haitov Shadmon Ahmadovich, tarix fanlari doktori, professor; Xoliqova Rahbar Ergashovna, tarix fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Qarshi davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi XIX asr oxiri – XX asr boshlarida Buxoro amirligi hududidagi rus manzilgohlari, ularning ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy hayoti masalalarini ochib berishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
amirlikdagi rus manzilgohlariga ko‘chib kelgan rus fuqarolariga dehqonchilik bilan shug‘ullanishlari uchun 2-3 desyatina er maydonlari ajratilib, “egalik edikti” shakllantirilganligi hamda ularga yashashlari uchun keng imtiyozlar (turar-joy, soliq, oziq-ovqat bilan ta’minlash) berilganligi mahalliy aholining noroziligiga sabab bo‘lganligi aniqlangan;
rus manzilgohlaridagi aholining qishloq xo‘jaligi sohasida mahalliy xalq bilan o‘zaro munosabatlar o‘rnatishi rus plugi bilan erni chuqur haydash, yuk tashishda telega va brichkalardan foydalanish, qish mavsumiga xashak jamg‘arish va chorva tuyog‘ini qisqartirish, lalmikor dehqonchilik bilan shug‘ullanish ko‘nikmasini shakllantirishga xizmat qilgani ochib berilgan;
amirlikdagi rus manzilgohlarida yashovchi xalqlarning mahalliy aholi ma’naviy qadriyatlariga nopisandlik bilan qarashi va hurmatsizlik qilishi holatlari boshqaruvdagi qonunbuzarliklar, ayirmachiliklar hamda suiste’molchiliklar bilan bog‘liq ekanligi aniqlangan;
amirlikda rus manzilgohlarida banklar, fabrika va zavodlar, temir yo‘llar qurilishi, yangi texnika hamda yangi ekin navlari kirib kelishi hudud aholisining iqtisodiy turmush tarzini yaxshilashga xizmat qilgani isbotlangan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Buxoro amirligida rus manzilgohlaridagi ijtimoiy, iqtisodiy va madaniy hayot masalalarini tadqiq etish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar, xulosa va takliflar asosida:
amirlikdagi rus manzilgohlariga ko‘chib kelgan rus fuqarolariga dehqonchilik bilan ham shug‘ullanishlari uchun 2-3 desyatina er maydonlari ajratilib, “egalik edikti” shakllantirilganligi hamda ularga yashashlari uchun keng imtiyozlar (turar-joy, soliq, oziq-ovqat bilan ta’minlash) berilganligi mahalliy aholining noroziligiga sabab bo‘lganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlardan hamda amirlikdagi rus manzilgohlarida yashovchi xalqlarning mahalliy aholi ma’naviy qadriyatlariga nopisandlik bilan qarashi va hurmatsizlik qilishi holatlari boshqaruvdagi qonunbuzarliklar, ayirmachiliklar hamda suiste’molchiliklar bilan bog‘liq ilmiy xulosalardan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Qatag‘on qurbonlari xotirasi davlat muzeyi ekspozisiyasining «Chor Rossiyasi mustamlakachiligi davri» nomli bo‘limini yangi ma’lumotlar bilan to‘ldirishda foydalanilgan (Qatag‘on qurbonlari xotirasi davlat muzeyining 2022 yil 30 martdagi 5-son ma’lumotnomasi). Taqdim etilgan arxiv hujjatlarining nusxalari, ushbu davrga oid manba va tarixiy asarlar, mavzuga oid chop ettirilgan ilmiy maqolalar hamda tarixiy ekspozisiyaning yanada qiziqarli va ta’sirchan bo‘lishida muhim ahamiyat kasb etgan;
amirlikda rus manzilgohlarida banklar, fabrika va zavodlar, temir yo‘llar qurilishi, yangi texnika hamda yangi ekin navlari kirib kelishi  hudud aholisining iqtisodiy turmush tarzini yaxshilashga xizmat qilgani hamda rus manzilgohlaridagi aholisining qishloq xo‘jaligi sohasida mahalliy xalq bilan o‘zaro munosabatlar o‘rnatishi rus plugi bilan erni chuqur haydash, yuk tashishda telega va brichkalardan foydalanish, qish mavsumiga xashak jamg‘arish va chorva tuyog‘ini qisqartirish, lalmikor dehqonchilik bilan shug‘ullanish ko‘nikmasini shakllantirishga xizmat qilgani to‘g‘risidagi ma’lumotlardan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi «O‘zbekiston» teleradiokanali “Madaniy-ma’rifiy va badiiy eshittirishlar” muharririyatinig “Ta’lim va taraqqiyot”, “O‘zbekiston yoshlari”, “Millat va ma’naviyat” dasturlari ssenariylarini (2021-2022 yillar) tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston MTRK, “O‘zbekiston” teleradiokanalining 2022 yil 22 apreldagi 04-36-746-son ma’lumotnomasi). Taqdim etilgan ma’lumotlar XIX asr oxiri – XX asr boshlarida Buxoro amirligi hududida tashkil etilgan rus manzilgohlarining ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy hayotini keng jamoatchilikka etkazib berish uchun xizmat qilmoqda.

Yangiliklarga obuna bo‘lish