Toshturov Shuxrat Eshonqulovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya ishi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘zbekiston Respublikasining BMT global dasturlaridagi ishtiroki tarixi”, 07.00.01 - O‘zbekiston tarixi (tarix fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.1.PhD/Tar488.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Navoiy davlat pedagogika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Buxoro davlat universiteti, PhD.03/27.02.2020.Tar.72.07.
Ilmiy rahbar: Abdimo‘minov Oybek Bektemirovich, tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), katta ilmiy xodim. 
Rasmiy opponentlar: Mo‘minova Gavhar Esonovna, tarix fanlari doktori, professor; Ishquvatov Valiqul Turdievich, tarix fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat universiteti.
 Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi O‘zbekistonda BMTning Mingyillik rivojlanish maqsadlari hamda Barqaror rivojlanish maqsadlari global dasturlarining amalga oshirilishini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning  ilmiy yangiligi:
O‘zbekistonda BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlarining amalga oshirilishi doirasida mamlakatda kadrlar tayyorlash milliy dasturining hayotga tatbiq etilishi, bepul va majburiy umumiy ta’limning joriy etilishi, yalpi savodxonlik darajasining ko‘tarilganligi kabi yutuqlar bilan birga kambag‘allik amalda mavjud bo‘lsada, o‘rniga kam ta’minlanganlik tushunchasi qo‘llanilganligi, bu esa keyinchalik  qashshoqlik, gender tenglik, sog‘liqni saqlash sohalarida muammolarning yuzaga kelishiga olib kelganligi aniqlangan; 
mamlakatda kambag‘allikning oldini olish bo‘yicha 2000-2015 yillarda bandlikni ta’minlash, aholi turmush darajasini yuksaltirish uchun samarali mexanizmlar asosida normativ-huquqiy asoslar va yangi ish o‘rinlarni yaratish borasida tizimli ishlar yo‘lga qo‘yilmaganligi, 2017 yildan keyin mamlakatda kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha “mahallabay”, “xonadonbay”, “fuqarobay” ishlash “Ayollar daftari”, “Yoshlar daftari” va “Temir daftar”, “Har bir oila – tadbirkor” kabi yangi samarali milliy mexanizmlarning yo‘lga qo‘yilishi sababli hayot farovonligi, aholini ijtimoiy muhofaza qilish bosqichma-bosqich rivojlanib borganligi ochib berilgan;   
respublikada BRMga mos ravishda hududlarda “o‘sish nuqtalari”ni aniqlash, “drayver” loyihalarni amalga oshirish asosida mamlakatda kam ta’minlanganlikni qisqartirish samarali natijalar ko‘rsatganligi, qizlarni erta turmushga berishning oldini olish asosida milliy genofondni yaxshilash, huquqiy savodxonlik darajasini oshirish, siyosiy jarayonlardagi ishtirokini kengaytirish, xususan, parlamentda ayol deputatlar sonining ikki barorbar ortganligi, oliy ta’lim olish imkoniyatlarini kengaytirish orqali mamlakatning gender strategiyasi takomillashib borganligi asoslab berilgan;
kam ta’minlangan oilalarni “Ijtimoiy himoya yagona reestri” axborot tizimi orqali aniqlash, aholini ijtimoiy himoya qilish tizimini o‘zini o‘zi band qilish, tabirkorlikka yo‘naltirish orqali yanada takomillashtirish, BRMlaridan kelib chiqqan holda oziq-ovqat xavfsizligi masalasida fudshering tizimini yo‘lga qo‘yish dalillangan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbekiston Respublikasining BMT global dasturlaridagi ishtiroki tarixiga oid tadqiqoti asosida olingan ilmiy yangiliklar va amaliy takliflar asosida:
O‘zbekistonda BMTning Mingyillik rivojlanish maqsadlarining amalga oshirilishi doirasida mamlakatda kadrlar tayyorlash milliy dasturining hayotga tatbiq etilishi, bepul va majburiy umumiy ta’limning joriy etilishi, kam ta’minlanganlik, gender tenglik, sog‘liqni saqlash sohalariga oid masalalar O‘zR FA huzuridagi O‘zbekistonning eng yangi tarixi masalalari bo‘yicha Muvofiqlashtiruvchi-metodik markazda bajarilgan №OT-A1-31 “O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov zamondoshlari xotirasida” nomli amaliy loyihasining O‘zbekistonning tashqi siyosati va xalqaro munosabatlari qismini shakllantirishda foydalanilgan (O‘zR Fanlar akademiyasining 2021 yil 16 noyabrdagi 3/1255-3183-son ma’lumotnomasi). Natijalarning joriy qilinishi O‘zbekistonda BMTning 2000-2015 yillarda amalga oshirilgan Mingyillik rivojlanish maqsadlari global dasturi yuzasidan islohotlar natijalarini tahlil qilish va ko‘rsatib berish imkonini bergan;
kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha “mahallabay”, “xonadonbay”, “fuqarobay” ishlash kabi yangi milliy mexanizmlarning amaliyotga tatbiq etilishiga oid takliflar Vazirlar Mahkamasining “Mahallabay” ishlash tizimini amaliyotga joriy etish va aholining tadbirkorlik tashabbuslarini yanada qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2021 yil 19 martdagi 152-son qarorining 3-bandini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Yuridik ta’minlash boshqarmasining 2022 yil 31 martdagi 12/21-18-son dalolatnomasi). Natijalarning joriy etilishi aholi hayot farovonligini yuksaltirish haamda ijtimoiy himoya qilishga oid huquqiy asoslarni takomillashtirishga yordam bergan; 
BRMlaridan kelib chiqqan holda kam ta’minlangan oilalarni “Ijtimoiy himoya yagona reestri” axborot tizimi orqali aniqlash, aholini ijtimoiy himoya qilish tizimini o‘zini o‘zi band qilish, tabirkorlikka yo‘naltirish orqali yanada takomillashtirish, oziq-ovqat xavfsizligi masalasi to‘g‘risidagi takliflari Vazirlar Mahkamasining “Aholini ijtimoiy himoya qilish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2021 yil 21 oktyabrdagi 654-sonli Qarorining 4-bandini ishlab chiqishda inobatga olingan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Yuridik ta’minlash boshqarmasining 2022 yil 31 martdagi 12/21-18-son dalolatnomasi). Natijada kam ta’minlangan oilalarga moddiy yordam ko‘rsatish hamda kambag‘allik bilan kurashish ko‘lamini yanada kengaytirish chora-tadbirlariga oid qonunchilik bazasini takomillashtirishga xizmat qilgan;
BRMga mos ravishda hududlarda “o‘sish nuqtalari”ni aniqlash, “drayver” loyihalarni amalga oshirish asosida mamlakatda kam ta’minlanganlikni qisqartirish samarali natijalarga erishish uchun  BMT va uning tashkilotlari bilan birgalikda parlamentlar, vazirlik va idoralar, nodavlat notijorat tashkilotlari, fuqarolik jamiyati institutlari va ommaviy axborot vositalari vakillarining o‘zaro hamkorligiga oid takliflaridan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “2030 yilgacha bo‘lgan davrda Barqaror rivojlanish sohasidagi milliy maqsad va vazifalarni amalga oshirishni jadallashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 2022 yil 21 fevraldagi 83-sonli Qarorining 2-bandi, o‘ttiz ikkinchi xatboshisini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Yuridik ta’minlash boshqarmasining 2022 yil 31 martdagi 12/21-18-son dalolatnomasi). Natijada respublikamizda ta’lim, sog‘liqni saqlash, gender tengligi, ekologik barqarorlik kabi sohalar bo‘yicha olib borilayotgan ishlarni ilmiy jihatdan yangi ma’lumotlar asosida yoritish va tahlil qilish imkonini bergan. 

Yangiliklarga obuna bo‘lish